Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining ro‘yxati
T/p | Faoliyat turining nomi | Yollanadigan
xodimlarning
cheklangan soni
(nafar) | 1. | Chakana savdo (Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining
1 - 5-bandlari) | 1 | 2. | Qonunchilikda belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati | 3 | 3. | Qonunchilikda belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati | 3 | 4. | Faoliyatning boshqa turlari* (Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining
38 - 46, 48-53, 55 - 64, 67, 69 - 71, 73 - 79, 81- 88-bandlari) | 2 |
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati”ning: 1. (Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish); 2. (Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish); 3. (Veterinariya faoliyati); 4. (Yuklarni avtomobil’ transportida tashish); 5. (O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish); 6. (Riyeltorlik faoliyati); 7.(Ekskursiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha turizm faoliyati) bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshiradigan xususiy tadbirkor faoliyatining asosiy turi bo‘yicha yordamchi ishlarni bajarish uchun bir nafar xodimni yollashi mumkin. Bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan xususiy tadbirkor, faoliyatning turlari sonidan qat’i nazar, 3 nafardan ko‘p bo‘lmagan xodimlarni yollash huquqiga yega. Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga uning har bir xodimi uchun yeng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash majburiyati yuklatiladi.
Shuning bilan birgalikda mamlakatimiz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida bir qancha soliq imtiyozlari belgilangan:
qishloq tumanlarida faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qarori bilan Qishloq tumanlarida, (bundan aholi soni 5 ming kishidan ko‘p bo‘lgan aholi punktlari mustasno) sartaroshxona, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish, poyabzal ta’mirlash faoliyatni, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi;
yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat’iy belgilangan soliq va yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan boshlab amalga oshirilishi;
“Hunarmand” uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga asosan, “Hunarmand” uyushmasining a’zolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etilishi;
shuningdek ushbu Farmonda, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi “Hunarmand” uyushmasining a’zolari yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etilish;
qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" uyushmasining a’zolari tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov ular o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lanishi;
xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qaroriga asosan Yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilishi;
mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli qaroriga binoan 2021 yil 1 yanvarga qadar belgilangan 18 ta faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod etilishi bo‘yicha soliq to‘lashdan imtiyozli huquqlar belgilab berilgan.
Bundan tashqari tadbirkorning moddiy ahvoli va soliqqa oid huquqbuzarlik qilish sharoitini inobatga olib, sud moliyaviy sanksiyani eng kam qismidan ham kamroq, biroq belgilangan eng kam miqdorning 25 foizidan kam bo‘lmagan holda qo‘llashga haqli ekanligi belgilandi. Ma’lumki, amaldagi Soliq kodeksining 114-moddasiga ko‘ra, kirim qilinmagan tovarlarni saqlash kirim qilinmagan tovar qiymati miqdorida jarima solishga sabab bo‘lar, shu bilan birga, kirim qilinmagan tovarlar to‘liq davlat daromadiga ham o‘tkazilar edi.
Amalga kiritilgan yangi Qonun normalariga binoan, qo‘zg‘atilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida kirim qilinmagan tovarlar davlat daromadiga o‘tkazilganda, Soliq kodeksida nazarda tutilgan yuqoridagi moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilmaydi.
Bundan qo‘riladigan asosiy maqsad aholi tadbirkorlariga moliyaviy jihatdan ijobiy ta’sir ko‘rsatish barobarida ijtimoiy turmush tarzini yaxshilash omilini yaratishdir. Paragrafni mavzu doirasida xulosa qiladigan bo‘lsak. Soliq ob’yektlarining barqaror bo‘lishi moliyaviy resurs manbalarini shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, axoli tadbirkorligini davlat moliyaviy resurslaridan keng miqiyosda ta’minlashga shart-sharoit yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |