Rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,04 Mb.
bet21/25
Sana07.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#754908
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
buvayda

3 bob buyicha xulosa.

Ushbu bobda aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish yo‘llari, soliqqa tortish va moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir etish masalalari hamda aholi tadbirkorligini rivojlantirishda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanishni takomillashtirish istiqbollari xususida bayon etilgan. Jumlada quyidagi xulosalar beriladi:



  • Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va o‘z vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablag‘lari hisoblanib, hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliqlardan tashkil topadigan soliq tizimini qo‘llaydi. Xuddi shunday mamlakatimizda ham ushbu tizimi aholi tadbirkorligida ham qo‘llanilib kelinayotganligi.

  • Aholi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlanganligi, daromadi yillik 100 million so‘mdan oshgan, ammo bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar 4 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘loviga o‘tishi va belgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laydilar.

Mamlakatimiz tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish maqsadida bir qancha soliq imtiyozlari belgilangan:

  • qishloq tumanlarida faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hukumatimiz qarorlari bilan Qishloq tumanlarida, sartaroshxona, yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha kiyim tikish, poyabzal ta’mirlash faoliyatni, jamoat hammomlarini tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2023 yil 1 iyulgacha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ozod etilishi;

  • “Hunarmand” uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi PF-5242-sonli Farmoniga asosan, “Hunarmand” uyushmasining a’zolari hunarmandchilik faoliyati mahsulotlari (tovar, ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan ozod etilishi;

  • shuningdek ushbu Farmonda, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi “Hunarmand” uyushmasining a’zolari yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan ozod etilish;

  • qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan "Hunarmand" uyushmasining a’zolari tomonidan yagona ijtimoiy to‘lov ular o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lanishi;

  • xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ-3856-sonli qaroriga asosan Yakka tartibdagi tadbirkorlar har bir yollangan xodimga to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilishi;

  • mikrokredit olgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-sonli qaroriga binoan 2021 yil 1 yanvarga qadar belgilangan 18 ta faoliyat turlari bo‘yicha yangi ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari mikrokreditlarni rasmiylashtirishda 6 oy muddatga qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod etilishi bo‘yicha soliq to‘lashdan imtiyozli huquqlar belgilab berilgan. Buvayda tuman axolisi uchun juda qulaylik tug‘diradi chunki tumanda hunarmadchilik bo‘yicha boy tajriba shakllangan.

Soliq ob’yektlarining barqaror bo‘lishi moliyaviy resurs manbalarini shakllantirish imkonini beradi. Shuningdek, axoli tadbirkorligini davlat moliyaviy resurslaridan keng miqiyosda ta’minlashga shart-sharoit yaratadi.

  • ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, shu jumladan ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishda davlat nazorati va qo‘magini mavjudligi.

Lekin har doim ham aholi tadbirkoriligini davlat tomonidan, davlat moliyaviy resurslari hisobidan moliyalashtirish tizimi har doim ham o‘zini oqlamasligi mumkin. Chunki yuqoridagi boblarimizda tilga olib o‘tganimizdek, o‘zida hohish istagi, qobiliyati bo‘lmagan axoli uchun mablag‘larning berilishi behudaga mablag‘ning havoga sovrilishi sabab bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib axoli tadbirkorligini rivojlantirishga davlat moliyaviy resurslarni shunday yo‘naltirishimiz kerakki. Sarflanadigan mablag‘larni samaradorlik darajasiz yuqori, moliyaviy mablag‘ning qaytarilish holatida xavfsizlik kafolatlangan bo‘lishi kerak.



Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish