19 Mavzu: Qishloq xo‘jalik adabiyotlarini targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Reja:
1 Qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika bazasi to‘g‘risida adabiyotlar targ‘iboti.
2 Qishloq xo‘jaligida ilmiy-bazaning ahamiyati.
AKM, ARM va kutubxonalarda qishloq xo‘jaligi adabiyotlarini targ‘ib qilish.
AKM, ARM va kutubxonalar qishloq xo‘jaligini rivojlanti- ruvchilariga yaqindan yordam bera oladigan birdan- bir muassasadir, chunki qonunlar, farmonlar, buyruqlar, adabiyotlar, ma’lumotlar mutaxasis xodim qo‘lida bo‘ladi. SHuning uchun qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, dehqon fermer, chorva fermerlar uchun alohida “Mutaxassislik kuni”, “Axborot kuni”, “Dehqon fermerlar sizlar uchun”, mavzularida tadbirlar o‘tkazish bilan qishloq xo‘jaligi xodimlariga ma’lumot, axborot beradi.
Qishloq xo‘jaligining eksport imkoniyatini oshirishda paxta etishtirish muhim rol’ o‘ynaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish ham sabzavotlar, mevalar, poliz mahsulotlari, uzum, chorva, qorako‘l va boshqalar. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish hisobiga ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jaligini mexanizastiyalash, elektrlash-tirish, kimyolashtirishda erishilgan yutuqlar ekinlar hosildorligini oshirish mehnat unumdorligini ko‘tarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikaning o‘zida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlaydigan sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi.
Qishloq xo‘jaligi texnika muassasalari uchun ilmiy ommabop tilda yozilgan adabiyotlarni targ‘ib qilib etkazish AKM, ARM va kutubxonalarning vazifasidir ARMlar qishloq xo‘jaligi xodimlarining har biri bilan yakka va ommaviy ishlarni olib borishi orqali ularga xizmat qiladi.
Mexanizastiya qishloq xo‘jaligining hamma sohalarini qamrab olmoqda hozirgi zamon shirkat xo‘jaliklari, dehqon fermer, chorva fermer xo‘jaliklari yirik mexinizastiyalashtirilgan xo‘jaliklar bo‘lib, ularda eng yangi texnologiyadagi traktorlar, kombaynlar, mashinalar, ozuqa tayyorlashga mo‘ljallangan zamonaviy mashinalar keng qo‘llanilmoqda, chorvachilik jarayonini mexanizastiyalashtirish amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mexanizatorlari –bular kombaynchi va traktorchi, tokarlar va chilangar, shofyor va tirkavuchlar, elektrotexnik va boshqalar. CHorvachilikda mutaxassis mexinizatorlar sut sog‘ish apparatlarida, avtosug‘orgich-larda, osma yo‘llarda, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, jun qirquvchi mashinalari va boshqa.
b) Mutaxasis xodimlar ana shu mexanizatorlarning turli guruhlari ishlab chiqarish va madaniy qiziqishlari va so‘rovlariga doir ishlarni alohida-alohida olib borish tufaylgina, axborot, Internet resurslari, kitob targ‘ibotini o‘z xo‘jalgida mexanizastiyaning konkret vazifalari va uning ta’sirchanligi bilan mustahkam bog‘liqligiga erishishlari mumkin. Ularning ko‘pchiligi qishloq va tuman aholisiga xizmat qiluvchi ARMlarining faol va talabchan kitobxonlaridir.
Mexanizatorlarga, agrotexnika, tuproqshunoslik, almashlab ekish haqida, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunudalar, kasalliklar, begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida, ilg‘or tajribalar, ularning iqtisodi haqida bilim beruvchi kitoblar kerak. ARMning ishi mexanizator, kombaynda, avtomashinada ishlay oladigan, keng profilli mexanizatorlarni tayyorlashga yordam berishdir. ARMlar xilma-xil turdagi maxsus adabiyotlar bilan ishlar ekinlar, mexanizatorlarning malakalarini oshirishga va bir necha kasbni egallab olishlariga yordam berishlari mumkin.
AKM, ARM va kutubxonalar Prezident asarlari, risolalari, nutq, ma’ruzalari, farmonlari, asarlari haqida yaratilgan mul’timedialari va Oliy Majlisning qonunlari,sessiya materiallari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Agrar xo‘jalik Vazirligining farmoyish va buyruqlari targ‘ib qilishlari, qishloq mehnatkashlarining ilg‘or, etakchi va tobora kuchayib borayotgan guruhi sifatida mexanizatorlarni milliy istiqlol g‘oyasi, madaniy va badiiy tarbiyalay olshga yordam beradigan kitoblar, axborotlar, Internet resurslari bilan ish olib borishlari kerak.
Qishloq va tuman aholisiga xizmat qiluvchi ARMlari yaqin atrofdagi qishloq professional-texnika bilim yurtlaridagi ishlarni tashkil etadilar. Ana shu bilim yurtlardagi (kasb-hunar kollejlaridagi) ishlarni tashkil etadilar. ARMlar tegishli kitoblarni, elektron ma’lumotlarni, Internet resurslarini targ‘ib qilib yosh fermer xo‘jaliklarga “Fermer bo‘lsang- yangi texnikani bil”, “Mashinalar- mohir qo‘llarga” nomli kitob ko‘rgazmalari, Web saxifalarni tashkil etib qishloq xo‘jaligi kasblariga muhabbat uyg‘otishga yordam berishlari kerak.
v) Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilmiy bazaning ahamiyati.
Respublikada qishloq xo‘jaligining ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. Ilmiyizlanishlar natijasida asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘lgan g‘o‘za, kanop, bug‘doy, arpa, sholi, meva, uzum, kartoshka, poliz ekinlari va boshqa tezpishar, serhosil navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi, dehqonchilikda ilg‘or agrotexnika tadbirlaori ishlab chiqildi, har bir ekinni etishtirish, ayniqsa paxtachilik uchun mashinalar tizimi yaratildi, ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stanstiyalari, tayanch punktlari tarmoqlari rivojlantirildi.
Qishloq xo‘jaligi ilmiy bazasi tomonidan yoqlangan ilmiy ishlar, tadqiqot ishlarini, tajriba almashish xulosalarini ilmiy ommabop asarlarni ARMlar qishloq aholisiga targ‘ib qilib etkazishlari kerak. Qishloq xo‘jaligidagi dehqon fermer, chorva fermer xo‘jaliklari ham hozirgi zamon talabiga javob beradigan mahsulot etishtirishi kerak uchun ishini ilmiy asosda bilishi tajribalar almashishi, kitob o‘qishi o‘qiganda ham izchil uzluksiz, mukammal o‘qishi kerak buning uchun ularga joy-joylarga borib, ishning mavsumiyligini hisobga olgan holda yordam berishi kerak. Ilmiy tadqiqot bazalari bilan bog‘langan holda dehqon fermerni, chorva fermerni, shirkatlarni yangiliklar, axborotlardan o‘z vaqtida xabardor qilishi ularga axborotni to‘g‘ri va tez etkazishi kerak.
g) Qishloq xo‘jalik adabiyotlarini AKM, ARM va kutubxonalarda targ‘ib qilish.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi, ilg‘or tajriba to‘g‘risidagi kitoblar bilan ishlash, ishlab chiqarishga yordam ko‘rsatishning eng ta’sirchan shakllaridan biridir.
Bu ishlar o‘z shirkat xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, chorva xo‘jaligi, kichik korxona servis xizmatlari amaliyotiga joriy qilinishi lozim bo‘lgan tajribalar bayon qilingan kitoblar bilan olib boriladi. U ayrim ixtisoslikdagi xodimlar orasida ularning o‘z mutaxassisligiga doir ilg‘or ish usullarini egallab olishga yordam tarzida alohida-alohida tashkil etiladi. Mutaxasis xodim xo‘jalik rahbarlari va mutaxassislar bilan birga hozirgi vaqtda o‘z xo‘jaligida, fermer xo‘jalik, shirkat xo‘jalikda qanday tajriba va qanday kitoblarni faol tarqatish kerakligini belgilaydi. Bular konkret masalalarga oid ikkita, uchta kitoblar bo‘lishi mumkin, mutaxasis xodim tegishli ixtisosdagi xodimlarni ana shu kitoblar bilan tanishtiradi.
Mutaxasis xodimlar bu kitobni shirkat xo‘jaliklari, dehqon fermer, chorva fermer xo‘jaliklari mutaxassislariga o‘qish uchun beradilar. ARMlarda ilg‘or tajriba kitobi doir kitob ko‘rgazmalari, Web saytlari tashkil etildi, AKM, ARM va kutubxona plakatlari tayyorlandi. Keyin esa mutaxassislar ishtirokida kitobni xo‘jaliklar orasida faol targ‘ib qilish ishlarini boshlab va kitobxonlar konferenstiyasi, guruh bo‘lib o‘qish, savol-javob kechasi, munozara, ma’lmotlarning elektron nusxasini CD/DVD kompakt dikslarda tarqatish, davra suhbati muhokama qilish hamda ilg‘or tajribadan xo‘jaliklar amaliyotida nimani joriy qilish mumkinligi va kerakligi haqida suhbatlar o‘tkaziladi. Ilg‘or xodimning kitob haqidagi eng ishonchli targ‘ibotdir. Ko‘pgina ARMlari kitoblarni ko‘rgazmali targ‘ib qilishda bu usul faol qo‘llaniladi. ARM kitobxonlar orasidan chiqqan ishlab chiqarish ilg‘orlarining suratlari va ularning o‘qigan kitoblari haqida fikr mulohazalari joylashtiradigan plakatlar,Web saxifalar, al’bom va papkalar ishlash keng tarqaldi
Do'stlaringiz bilan baham: |