18 Mavzu: Ekologiyaga doir adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Reja:
Ekologiyaga doir adabiyotlarni targ‘ib etish usullari
Ekologiyaga doir adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati
Respublikamiz Prezidenti barcha asarlarida, ma’ruzalarida, televidenie orqali chiqishlarida bugungi yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi asosida komil inson qilib tarbiyalashda tabiatni muhofaza qilishga, uni har tomonlama gullab yashnashiga intilish kayfiyatini shakllantirish lozimligini alohida ta’kidlab kelmoqdalar. SHuning uchun ham ekologiyaga doir adabiyotlarni targ‘ib etish AKM, ARM va kutubxonalarning vazifalaridan bo‘lib, ekologik muammoni hal qilishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirishda AKM, ARM va kutubxonalar ham faol qatnashmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni “Davlat ta’lim standarti” mazmunida “Ekologiya” maxsus fan sifatida kiritilganligini aytib o‘zi etarli. Bu davlat hujjatlarida inson salomatligini himoyalash, ekologik muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tabiatdan oqilona foydalanish, hududdagi tabiiy resurslardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘llarini ishlab chiqish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va u bilan aloqador bo‘lgan madaniy-tarixiy meroslarni asrab-avaylash hozirgi kunning dolzarb vazifalari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Albatta, bu vazifalarni amalga oshirishda bolalarni ekologik jihatdan tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Ekologik tarbiya orqali bolalarda tug‘ilgan zaminga, Ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi shakllantiriladi. Buning uchun AKM, ARM va kutubxonalarda ekologik tarbiyaning ta’sirchan vositalaridan oqilona foydalanish lozim.
Hozirgi davrda ekologiya va jamiyat, inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va ekologiya, atrof-muhit va inson salaomatligi kabilar eng dolzarb muammolardan bo‘lib hisoblanmoqda. Bu muammolar, albatta, ma’lum darajada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z echimini topadi, chunki bularning barchasi umumiy tarzda inson va tabiat munosabatida namoyon bo‘lib, ekologik madaniyatni takomillashtirish kabi masalalardandir.
Kitobxonlarning ekologik madaniyatini shakllantirish darajalari turlicha;
1.Dastlabki daraja- bu kitobxonga ruhiy-hissiy ta’sir etish. Bu targ‘ibot, ya’ni tabiatga muhabbat, uning go‘zalliklaridan zavq ola bilish, nabotot olamiga muhabbat tuyg‘usining paydo bo‘lishi-ruhiy-hissiy ta’sir bolalaik davridan boshlanadi.
2.Ikkinchi daraja- kitobxonda tabiatni asrash va unga oqilona munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdir. Bu ta’sir faol hayotiy munosabatda bo‘lish, ya’ni ma’naviy-ahloqiy yondashishdir.
3.Uchinchi tarbiyaviy ta’sir darajasi ekologik madaniyatni tarbiyalashni fan sohalari bilan qo‘shib targ‘ib etish, bunda bevosita yuqoridagi ruhiy-hissiy va ma’naviy-ahloqiy darajalar o‘sib, rivojlanib, kitobxonning keyingi hayotiga, uning mehnat va turmush faoliyatiga asos bo‘ladi.
Yozuvchi va shoirlar o‘z asarlarida hech qachon tabiat va inson munosabati masalasini chetlab o‘tmaganlar. Asarlarida ekologik tarbiya faqat tabiatni muhofaza qilish tarzida emas, balki insonparvarlik, inson tafakkurini rivojlantirish, ma’naviy-ahloqiy hislatlarni tarbiyalash kabi muhim muammolar bilan bog‘liq holda o‘z ifodasini topgan. Chunki san’atkorlar insonning o‘zini ham, tabiatning har bir zarrasi sifatida dunyoni o‘zgartiruvchi, uni boyituvchi nuqtai nazarda badiiy ifodasini yaratadilar.
Elbek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Pirimqul Qodirov, Abdulla Oripov, O‘.Usmonov, E.Usmonov, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, Zafar Diyor, SHukur Sa’dullo, Po‘lat Mo‘min, Qudrat Hikmat va boshqa ijodkorlarning ko‘plab she’rlari, nasriy asarlari bloki, bolalarga ahloqiy-estetik ta’siri doirasida tabiatga munosabatning u yoki bu jihatlari o‘z aksini topgan. AKM, ARM va kutubxonalarda badiiy adabiyotlar targ‘iboti orqali bolalarga tabiat qonuniyatlarini tushuntirish, uning sir-sanoati, mohiyatini anglash vositasida ma’naviy-ahloqiy takomillashuvi, o‘z-o‘zini tabiat bilan bog‘liqligini anglashi orqali umumbashariy hislat, ekologik madaniyat shakllantiriladi.
Demak, badiiy asarlarni o‘rganish jarayonida mutaxasis xodim tabiat falsafasi orqali uning mohiyatini badiiy vositalar yordamida foydalanuvchi ongiga etkazishda katta imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Har qanday millatning urf-odatlari, qadriyatlari, an’analari va udumlarida ekologik bilim beruvchi omillar jamlangan bo‘ladi.
Xalq ijodiyoti, jumladan, naql-maqollar, ertaklar va rivoyatlarning bolalarga ekologik tarbiya berishdagi imkoniyatlari beqiyos AKM, ARM va kutubxonalar bolalarga ekologik tushunchalar berishning o‘ziga xos imkoniyatlari, shart-sharoitlari, vositalari,omillari mazmun-mohiyati, ixchamliligi va ta’sirchanligi bilan tarbiyaviy jarayonda katta e’tiborga molik.
Ekologik tarbiyaning maqsadi rivojlanayotgan shaxsda ekologik ong va madaniyatni, yangi atrof-muhitga ma’suliyatli munosabatni shakllantirishdan iborat. AKM, ARM va kutubxonada ekologik adabiyotlarni targ‘ib qilishda turli xillarga ajratib olib borsa kitobxonga tezroq ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |