ANDIJON SHAHRIDAGI
48-UMUMTA`LIM MAKTABINING
ONA TILI VA ADABIYOT
FANI O`QITUVCHISI
GULXUMOR ABDURAHIMOVANING
“GAPNING IFODA MAQSADIGA KO`RA TURLARI”
MAVZUSIDAGI BIR SOATLIK
MAVZU: GAPNING IFODA MAQSADIGA
KO’RA TURLARI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad – o’quvchilarda gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari yuzasidan bilim va ko’nikma hosil qilish;
b) tarbiyaviy maqsad – o’quvchilarga go’zal axloqiy fazilatlarni singdirib borish;
d) rivojlantiruvchi maqsad – o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
Darsning turi: yangi bilim berish
Darsning metodi: interfaol
Darsning jihozi: darslik, ko’rgazmali plakatlar va texnika vositalari.
Darsning borishi:
I . Tashkiliy qism: o’quvchilar davomatini aniqlash.
II. Mavzu yuzasidan kirish so’zi:
“Sintaksis til imkoniyatlarining ko’zgusidir” mavzusida o’quvchilar bilan ona tilimizning beqiyos qirralari, cheksiz imkoniyatlari yuzasidan suhbat.
Ma’lum bir fikrni ifodalash uchun so’zlarni tilimizning muayyan qoidalari asosida bir-biriga bog’lab, gap tuzamiz.
So’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limiga SINTAKSIS deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |