17 Mavzu: Tabiiy ilmiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Reja:
Tabiiy-ilmiy adabiyotlar fondini ochib qo‘yishning xususiyatlari
Tabiiy ilmiy adabiyotlarni targ‘ib etishning ahamiyati va vazifalari
Tabiiy, ilmiy adabiyotlarni targ‘ib qilish o‘zak tarmoqlarni rivojlantirish tizimini o‘rganish.
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida butun iqtisod tayanchi bo‘lgan o‘zak tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish o‘zbek modelining muhim jihatidir.
O‘zak tarmoqlar-bu milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun eng zarur bo‘lgan resurslarni etkazib beruvchi tarmoqlar majmuidir. O‘zbek tarmoqlariga neft’, neft’ mahsulotlari va boshqa energiya va boshqa energiya resurslari, tabiiy gaz, ko‘mir ishlab chiqaruvchi sohalar, tog‘-metallurgiya kompleksi, kimyo, mashinasozlik va samolyotsozlik sanoatlari kiradi. O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotga xizmat qiladigan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy sharti hisoblangan o‘zak tarmoqlar yirik investistiyalarni yo‘naltirish orqali davlatning bevosita ko‘magida rivoj topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning XIV sessiyasida “Iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari-neft’, gaz, energetika, oltin qazib olish va kimyo sanoatini, qora va rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoatini texnik qayta jihozlash va yanada rivojlantirish hamda ana shu asosda mamlakatning boy tabiiy va mineral-xom ashyo resurslaridan to‘la va samarali foydalanishni ta’minlash” tarkibiy o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini bildirishni aytib o‘tdi.
Darhaqiqat, mustaqillikning muhim iqtisodiy sharti hisoblangan o‘zak tarmoqlarni rivojlantirish orqali birinchidan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga erishish, ikkinchidan, dunyo hamjamiyatida iqtisodiy qudrati katta bo‘lgan davlatlar qatoridan munosib joy olishi mumkin.
SHuningdek, o‘zak tarmoqlarni rivojlantirish iqtisodiyotda yangi infratuzilmalarni barpo etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Prezident I.A.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida so‘zlagan ma’ruzasida qilingan xulosalar asosida yuqori texnologiyali va ilm-fanni ko‘plab talab qiladigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida quyidagi vazifalar belgilangan:
-avtomobilsozlik, samolyotsozlik, mikrobiologiya, elektronika va elektron sanoati, telekommunikastiya vositalari va zamonaviy axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish;-ishlab turgan korxonalarni qayta ixtisoslashtirish va zamonaviylashtirish asosida butlovchi, tutash qismlarni mamlakatimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish:
-ushbu tarmoqlar mahsulotlaridan foydalanishni yaxshilash uchun servis xizmati ko‘rsatish tizimlarini vujudga keltirish va rivojlantirish:
-ko‘p talab qilinadigan mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarish, ularni eksport qilish imkoniyatlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish: -mazkur tarmoqlar mahsulotlarining ichki va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirish va bozor talablariga muvofiq yangilab turish maqsadida ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Tabiiy fanlar sohasida erishilgan muvaffaqqiyatlar ko‘pgina muammolarni keltirib chiqaradiki, bu muammolarga javob topishni istaydilar. O‘zimiz yashayotgan dunyo to‘g‘risida iloji boricha ko‘p narsa bilish har bir kishining muhim ehtiyojiga aylanmoqda. Kosmosning zabt etilishi va fanda erishilgan boshqa muvaffaqqiyatlar fizika, ximiya matematika, astronomiya, kimyo, kibernetikaga oid kitoblarga murojaat qilishga majbur etmoqda. Tabiiy-ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqish ham tobora oshib bormoqda. Hozirgi zamon ishchisi, qishloq xo‘jalik fermerlar, qo‘shma korxonalar rahbarlari, ishchilari uchun faqat fizika, ximiya va biologiya, kimyo asoslarini bilishning o‘zi etmaydi, balki ular fanda erishilgan eng so‘nggi yutuqlardan ham xabardor bo‘lishlari kerak.
Bu kishilarning hammasiga tabiiy-ilmiy adabiyotlar yordam beradi.
Biroq tabiiy-ilmiy adabiyotlarni o‘qishning ahamiyati va foydasi to‘g‘risida tasavvurga ham ega bo‘lmagan kitobxonlar ham oz emas. Mutaxasis xodimning navbatdagi vazifasi kitobxonlarni bunday adabiyotlarni o‘qishga jalb qilish va ularning o‘qishiga muntazam rahbarlik ko‘rsatishdir.
Mutaxasis xodim kitobxonlarni AKM, ARM va kutubxonaga yozish vaqtida ular bilan suhbatlashib, uning kitob tanlab olishiga yordam berar ekan, uning ommabop tabiiy-ilmiy adabiyotga bo‘lgan munosabatini ham aniqlaydi. O‘z kitobxonlarining tabiatshunoslik sohasiga qiziqish darajalarini va konkret talablarini aniqlagach, Mutaxasis xodimning abonementda kitob berish vaqtida har bir kitobxon bilan individual targ‘ib qilish yuzasidan ommaviy ishlarni tashkil etadi.
Mutaxasis xodimning fizika, ximiya, geometriya, ximiya, matematikani komp’yuter orqali tabaqalashtirish va kitobxonga individual yondoshish imkoniyatlarini amalga oshirish mumkin. Bunda mutaxasis xodim kitobxonning o‘ziga, bilimiga, iqtidoriga ishonch hissini uyg‘otadi, ulardagi ikkilanishlarga barham beradi, bilimi o‘rta va yuqori talabalarni esa ijodiy izlanishga, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |