Tabiiy-ilmiy adabiyotlar fondini ochib qo‘yishning xususiyatlari
Istalgan bir AKM, ARM va kutubxonada tabiiy-ilmiy adabiyotlar fondi shunday komplektlangan bo‘lishi kerakki, natijada shu fond asosida umumiy tayyorgarligi va qiziqishlari xilma-xil bo‘lgan kitobxonlar orasida ilmiy-ommabop adabiyotlar targ‘ibotini olib borish mumkin bo‘lsin.
Fondni to‘g‘ri ochib qo‘yish, ya’ni kitobxonga AKM, ARM va kutubxonada qanday kitoblar borligini ko‘rsatish juda muhimdir. Buning uchun masalan astronomiya, fizika, ximiyaga, fan va texnikaning turli sohalaridagi eng yangi muvaffaqqiyatlarga doir kitob va jurnallarning mavzuli ko‘rgazmalari tashkil etiladi.
Kosmanavtika fani erishgan muvaffaqqiyatlar munosabati bilan turli kategoriyadagi kitobxonning astronomiyaga qiziqishi namoyon bo‘lmoqda. Astronomiyaning hozirgi muammolaridan quyidagilarni aytib o‘tish mumkin: “Oy- Erning yo‘ldoshi”, “Kosmosda Erning sirlari ochilmoqda”, “Quyoshda nimalar sodir bo‘lmoqda”, “YUlduzlar olamida”, “Boshqa planetalarda hayot bormi?” va boshqalar.
Astronomiya va uni o‘rganish mavzui- Koinot to‘g‘risida umumiy tasavvurlar beruvchi ommaviy adabiyotlarni ham keng suratda tavsiya etish mumkin.
Geologiya bo‘yicha ko‘rgazma uchun adabiyotlarni tanlab olishda avvalo geologiya fanining er osti boyliklarini o‘rganishdagi yutuqlari to‘g‘risida hikoya qiluvchi kitoblarga, shuningdek, mamlakatimizda keng quloch yoygan geologik qidirish ishlariga yordam tarzidagi adabiyotlarga e’tibor berish kerak.
Geografik adadbiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etishda bunday adabiyotlar abonement fondining uchchala bo‘limlaridan ham joy olgan bo‘lishini e’tiborga olish kerak: iqtisodiy geografiyaga doir kitoblar- siyosiy-ijtimoiy adadbiyotlar bo‘limida, tabiiy geografiyaga, doir kitoblar-tabiiy fanlar kompleksida va “Geografiya” bo‘limida, bu bo‘lim ko‘proq mamlakatshunoslik mazmunidagi kitoblarni, sayohatlarning tavsifi va hokozalarni o‘z ichiga oladi.
Mutaxasis xodimning bu adabiyotni “madaniyatshunoslik” degan umumiy bo‘limda ham to‘plashi mumkin. Bu bo‘limning asosiy mavzusi- “Bizning Vatan”.
Bunda Mustaqil O‘zbekiston kartasi, Vatanimizning geografik tavsifi, Vatanimix hayotida barcha sohalarda ro‘y bergan tub o‘zgarishlar haqidagi kitoblar, elektron ma’lumotlar, Internet resurslaridir. Bu kitoblarda tabiat, xo‘jalik va madaniyatning jonli tavsifi aniq tanlab olingan, eng muhim, eng xarakterli fakt va raqamlarda ifoda etiladiki, ular respublikaning yoki yirik geografik tumanning qiyofasini aniq va yaqqol ko‘rsatib beradi. Yirik shaharlarga, diqqatga sazovar joylarga alohida e’tibor beriladi. Har bir tomda juda ko‘p rangli, oq qora foto suratlar, kartalar, grafiklar, diagrammalar, xilma-xil ma’lumotlar bor.
“Bizning Vatan” mavzusi fondning tegishli bo‘limlaridan olingan geografiyaga oid adabiyotlarni ko‘rsatish orqali ham ochib boriladi. Har bir yangi kitob, hox u sayohat, hox u bir viloyat tabiati haqidagi hikoya bo‘lsin, kichikroq bir ko‘rgazma tashkil etish uchun yaxshigina sabab bo‘ladi. Bu ko‘rgazmada yangi kitoblar bilan birga avvalgi yillarda chiqarilgan kitoblar ham ko‘rsatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |