Kutubxonlarda badiiy adabiyot targ‘iboti eng asosiy usullardan biri bo‘lib, AKM, ARM va kutubxona ishiga jilo berib go‘zal qilib ko‘rsatuvchi, uning tomirlarida oqqan qon jon ato etguvchi shakldir.
Bu o‘rinda mutaxasis xodim badiiy adabiyot asosida o‘z xalqi madaniyati, qadriyatlari, tarixi, dini, o‘tmish avlod-ajdodlari yaratib qoldirgan moddiy-ma’naviy boyliklarni targ‘ib qilishdan maqsadi umuminsoniy, jahon ma’naviyati olamiga yo‘l ochish mumkin degan aqidaga asoslanadi.
Badiiy adabiyotni targ‘ib etishning shakl va usullari jarayonida kitobxon va mutaxasis xodimning hamkorlikdagi faoliyatini, ijodkorligini, mas’uliyatini, faollikni va nihoyat muloqot madaniyatiga rioya etishni talab etadi. Mutaxasis xodim ishni bunday tashkil etishi uchun maqsadni aniq qo‘ya bilishi, amalga oshiradigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi zarur. Ish jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va tarbiyaviy xarakteri, mutaxasis xodimning bayon etish shaklining mukammalligi, qiziqarliligi, kitobxonda qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytirish ishtiyoqi rivojlanadi.
Badiiy adabiyotni tag‘ib etish shakli va usullari shundan iboratki biror tadbirning mavzusini to‘g‘ri tanlash, uning mohiyatini kitobxonlar chuqur o‘zlashtirishiga yo‘naltiradi.
Badiiy adabiyotni targ‘ib qilish uchun uning maqsadi aniq, puxta,kelajak natijani oldindan ko‘ra bilgan holda qo‘yiladi va shu maqsadning samarali echimini ta’minlovchi qator vazifalar belgilanadi va mashg‘ulot jarayonida ularning amaliy echimi ta’minlanadi.
Har bir mavzuning mohiyatini milliy asosda o‘rganishga yo‘naltirilgan xususiy maqsad, o‘quvchida badiiy-estetik qadriyatlar asosida milliy g‘ururni shakllantirish uchun muhim yo‘llanma hisoblanadi. YA’ni:
-kutubxonichining ilmiy-ijodiy mehnati:
-ta’lim mazmunidan samarali foydalanish:
-targ‘ibotning turli shakllari, usullari va vositalarini (ma’ruza, suhbat, hikoya munozarali vaziyat yaratish, qiyosiy, tahlil ma’rifiy man’alar ustida mustaqil ishlash, ko‘rgazmali vositalar va h.k.) tanlash.
-kitobxonning bo‘sh vaqtidan to‘g‘ri foydalanish (qiziqarli kecha, konferenstiya, munozara, uchrashuv kabi tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish, ko‘rgazmalar tashkil etish, ko‘rik-musobaqalar, alloma adiblarimiz yaratgan tarixiy, badiiy asarlar asosida parchalarni sahnalashtirishga jalb qilish, davra suhbatlari o‘tkazish kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |