Rta maxsus ta’lim vazirligi


v) San’at asarlarini AKM, ARM va kutubxonalarda targ‘ib etishning vazifalari



Download 2,51 Mb.
bet149/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160
Bog'liq
maftuna

v) San’at asarlarini AKM, ARM va kutubxonalarda targ‘ib etishning vazifalari
AKM, ARM va kutubxonalarda kitobxonlarni xilma-xil san’at turlariga oid asarlar bilan tanishtirish uchun yakka va ommaviy ish usullaridan foydalanish, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan shaxslarni shakllantirishda muhim shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
San’atning quyidagi turlari mavjud:
1.Bunga drama teatri, opera teatri, musiqali drama teatri, satira teatri, yosh tomoshobinlar teatri, qo‘g‘irchoq teatri kabilar kiradi.
2.Musiqa san’ati-xalq musiqasi, maqom, zamonaviy balladalar, estrada musiqasi, jaz musiqasi:
3.Qo‘shiq, ashula san’ati-xalq ashulalari, maqom, zamonaviy ashulalar, balladalar uchun ashulalar, estrada, jahon xalq ashulalari va lapar aytishlar.
4.Kino san’ati-badiiy fil’mli, hujjatli fil’m, ommabop fil’m, bolalar uchun fil’m, mul’tfil’m.
5.Raqs san’ati-milliy raqs, zamonaviy raqslar, jahon xalqlari raqslari va boshqalar.
6.STirk san’ati- o‘zmizning mashhur darboz o‘yinlari, jahon xalqlari stirki va boshqalar.
7.Askiya, qiziqchilik san’ati.
8.Tasviriy va amaliy san’at-rassomchilik, haykaltaroshlik, me’morchilik, naqqoshlik, o‘ymakorlik, kulolchilik, badiiy bezak ishlari.
1.Teatr azaldan yuksak va olijanob maqsadlarga xizmat qilib kelgan, u sahna san’ati vositalari yordamida kishidagi insoniy hislatlarni qo‘llab-quvvatlagan va rivojlantirgan, jamiyatda haqqoniylik va insonparvarlik o‘zaro munosabatlarining qaror topishi uchun kurashib kelgan. Teatr-hayot ko‘zgusi, san’at darsxonasi, muqaddas, mo‘’tabar ehrom.
AKM, ARM va kutubxonalarda teatr san’ati haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilish teatrning mashhur arboblari, artistlarining hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ‘ib etish bilan birgalikda olib boriladi.
Masalan: Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Olim Xo‘jaev, SHukur Burhonov, Obid Jalilov, Razzoq Hamroev, Nabi G‘aniev, Sora Eshonto‘raeva kabilarning hayoti, ijodi to‘g‘risidagi adabiyotlarni keng targ‘ib qilish kerak.
2.Musiqa san’ati-yoshlarni hayotdagi kamchiliklarni tezroq tugatishga, ma’naviy ahloqiy go‘zallikdan to‘laroq bahramand bo‘lishga safarbar qiladi.
AKM, ARM va kutubxonlarda o‘zbek va jahon xalqlari musiqalari qatorida mashhur musiqachilarning hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarning keng targ‘ib qilinishi yoshlarni mustaqil ijod qilishga, musiqaning yangi-yangi qirralarini yaratishga imkon bermoqda.
Kitobxonlarga musiqa san’atining janr boyligini ochib berish, uni tushunishga o‘rgatish asarning o‘zini tinglash bilan birgalikda olib borilsa katta samara beradi.
Murakkab ijtimoiy-madaniy vaziyatda taraqqiyparvar voqeliklardan, avvalo, milliy musiqamiz katta sahnaga chiqqanini, shu yo‘sinda yangi-yangi shakl va janrlar o‘zlashtirilganligi biz uchun katta muvaffaqiyatlarga olib keldi.
3.Qo‘shiqchilik san’ati- Markaziy Osiyo xalqlarining istiqlolga erishish munosabati bilan milliy qadriyatlar, urf-odatlar va marosimlarni tiklash, o‘z tarixini, ma’naviy va madaniy merosini, shu jumladan, qo‘shiqchilik san’atini atroflicha etmoqda.
AKM, ARM va kutubxonalarda mashhur xonandalarning asarlari keng targ‘ib qilinishi kerak. Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, T.Boltaev, Komiljon Otaniyozov, Ma’murjon Uzoqov, Tamaraxonim, Botir Zokirov kabilarning hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilish kerak.
4.Kino san’ati-1925 yildan beri jadal sur’atlar bilan rivojlanib kelayotgan kino o‘zini san’atning yangi turi sifatida namoyish etib, badiiy madaniyat tizimidan mustahkam o‘rin oldi.
Badiiy madaniyat-adabiyot va san’at turlarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki ichki rivojlanish qonuniyatlariga ega murakkab tizimdir.
Ana shu san’atni yuksakliklarga olib chiqqan N.G‘anievning “Nasriddinning sarguzashtlari”, SH.Abbosovning “Mahallada duv-duv gap”, M.Abzalovning “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, I.Ergashevning “Temir xotin” fil’mlari esa tomoshobinga olam-olam zavq bag‘ishlaydi.
Milliy istiqlol va mustaqillik g‘oyalariga xizmat qiluvchi asarlarni yaratishdek ulkan vazifalar yuklatilgan ekan, bu izlanishlar jarayonida poetik an’analar albatta o‘z aksini topadi. 5.Raqs san’ati- hayotiy xodisalarni aks ettirishning birinchi me’yori raqs elementi sifatida sodir bo‘ladi. Tabiatdagi narsa va hodisalar ixcham obraz shaklida aks etadi va aniq bir maqom (poza, gavdaning harakati) yoki raqs harakati gulni bildirsa, boshqa harakati daryo timsolida bo‘ladi, uchinchi harakati bahor timsolini yaratadi.
Milliy madaniyat tiklanayotgan, etnoslarning haqiqiy tarixi aks etayotgan hozirgi davrda o‘yin-raqs madaniyatini tiklash har tomonlama ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi

Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish