Sinfi: VI. Dars ishlanma mavzusi: Estrada musiqasi. - Darsning texnologik xaritasi:
- Darsning maqsad va vazifalari.
- Ta’limiy: o’quvchilarga estrada musiqasi ildizlarining paydo bo’lish va O’zbekistonda shakllanishi haqida ma’lumot berish
- Tarbiyaviy: Estrada musiqasi orqali o’quvchilarning kayfiyatlari va intilishlariga mos keladigan zamonaviy estarda san’ati namunalaridan bahramand qilish orqali estetik ruhida tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi: o’quvchilarga dars jarayonida estrada musiqasi haqida tushuncha berib, tinglash, kuylash orqali estrada san’atiga qiziqishlarini shakllantirish.
Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi dars. Dars uslubi: Guruhlarda ishlash, aralash ishlash, yakka tartibda ishlash. Dars usuli: Noan’anaviy dars , og’zaki bayon qilish, ko’rgazmalilik, aqliy hujum. Darsda foydalanilgan metodlar: ,,Birga kuylaymiz’’ ,,Cholg’u nomini top’’ Baholash: Rag’batlantirish. 5 ballik tizimda baholanadi. Darsning jihozlari: Foydalanilgan jihozlar: VI sinf musiqa darsligi, Musiqa nazariyasi(Sami Azizov) B.Zokirov, Yalla guruhi, Surhon guruhi, sur’atlari aks etgan bukletlar, didaktik materiallar, rubob, doira. Texnika vositasi: Magnitafon,Diproektor, Prezentatsiya, Internet ma’lumotlari. - Dars jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
- Dars jarayonida amalga oshirish bosqichlari:
| | | | | | | - Yangi mavzuni tushuntirish
| | | | | | | | | - Ovoz sozlash va qo’shiq kuylash
| | | | | Mavzu: Estrada musiqasi. I.Darsning borishi: a) tashkiliy qism, o’quvchilar bilan salomlashish, o’quvchilar davomatini aniqlash, sinf tozaligi va o’quvchilarni, darsga tayyorgarligini kuzatish, ovoz sozlash mashqlari ( DO-MI-SOL-DO-MI-DO) o’quvchilarni guruhlarga bo’lish, ruhiy iqlim tashkil etish. O’qituvchi: Musiqani inson hayotidagi o’rni nimalardan iborat. O’quvchilar : Yaxshi musiqa insonga estetik zavq beradi. Insonlarni ona-vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Xalqlar o’rtasidagi do’stlikni muhtahkamlaydi. Yomon yo’ldan qaytaradi, ezgu ishlar sari yetaklaydi. Guruh o’quvchilari o’z guruh nomlarini she’riy tarzda bayon qiladilar. I guruh. Rubob. II guruh Dutor. Quyosh kabi nur sochar, Har yurakka jo bo’lgan, Ko’ngillarga yo’l ochar. San’atimiz sadosi. Sayqal berib kuylasak, Ko’ngillarga jilo bergan, Chamanzorga yo’l ochar. Shudir uning Navosi. II.Yangi mavzuning bayoni: Estrada musiqasi. Dars shiori: Musiqa- qalb ozuqasi. Estrada va ommaviy madaniyat Estrada so’zi lotin tilida tepalik yoki supa ma’nosini anglatadi. Estrada bu yengil maishiy harakterga ega ommabop musiqa bo’lib uning tashkil topishi tarixi g’arb xalqlarining teatr tomosha shakllaridan boshlanadi. Asta-sekin jaz, rok,pop kabi musiqa va yo’nalishar estrada musiqasini egalladi. Estrada musiqasining ilk namunalari O’zbekistonga XX asrning 50-yillarida kirib keldi. Uning taniqli estrada yulduzi Botir Zokirov asos soldi. Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda san’atkor Karim Zakirov xonadonida tug’ildi.1957-yil O’zbekistonlikyosh etrada guruhi Moskvada o’tkazilgan yoshlarning VI Xalqaro festivalida ilk bor muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 4-o’ringa sazovor bo’ldi.Bu o’sha davrda juda katta yutuq edi. Shu tariqa O’zbekistonda estrada musiqasi tez orada rivojlana boshladi.Ilk bor ,,Yalla’’ , ,,Paxtaoy’’ ,,Navo’’ , ,,Sado’’ estrada guruhlari shakllandi. 80-90-yillardan boshlab jahon andozalariga mos turli rok, rep guruhlari tuzildi.Shu bois, o’zbek estradasi istiqlol yillarida sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarildi.Milliy ruhdagi qo’shiqlarimizni estarad yo’nalishida ijro etish an’ana tusiga kirib qoldi. Bu jihatlar o’zbek milliy estradasini mislsiz ravnaq topishiga turtki bo’ldi. O’qituvchi:Bugungi kunda estrada musiqasining yorqin yulduzlari kimlar deb o’ylaysiz? O’zbekiston xalq artistltlari: Farrux Zokirov,Nasiba Abdullayeva,Ozodbek Nazarbekov,Ziyoda Qobilova,Alisher Fayz, Ravshan Komilov,Dilnoza Ismiyaminova va boshqalar o’zbek estrada san’atini yoshlarga targ’ib qilmoqda. III.Jamoa bo’lib kuylash: ,,O’zbegimdan aylanay’’ qo’shig’i. ,,Birgalikda kuylaymiz’’ o’yini. Bu o’yinda o’quvchilar uyga vazifa qilib berilgan Folklor janriga oid tayyorlab kelgan qo’shiqlarini ijro etadilar. ,,Cholg’u nomini top’’ o’yini. Magnitafon orqali 5 ta cholg’u sozi yordamida musiqa yordamida musiqa tinglatiladi, har ikkala guruh o’quvchilari o’z jamoalari bilan kelishgan holda javob beradilar. Skripka,Tanbur,Pianino, Klarnet , Sibizg’a cholg’ularining ovozlari tinglanadi. V.Musiqa savodi.Berilgan kuyni dirijyorlik qilib, notalarni aniq, ravon va sof tovush bilan kuylang. 1.Estrada musiqasi ilk bor qaysi davlatlarda shakllangan? 2.O’zbekistonda estrada musiqasiga kim asos solgan? 3.Estrada musiqasini qanday kuchlardan himoya qilishimiz zarur? - VII.Uyga vazifa.Bugungi Estrada musiqasini yuqori cho’qqilarga olib chiqqan xonandalar asarlarini o’rganish, ,,Ozbegimdan aylanay’’ qo’shig’ini o’rganib kelish.
- E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Do'stlaringiz bilan baham: |