Savob va gunoh so’zlarining lug’aviy ma’nosini bilish va amaliyotda ularga e’tibor qilish



Download 32,9 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2023
Hajmi32,9 Kb.
#931310
  1   2   3   4   5
Bog'liq
lkdsnskdnvskdnvdv;sd


  • savob va gunoh so’zlarining lug’aviy ma’nosini bilish va amaliyotda ularga e’tibor qilish;
  • “siz” va “syen” so’zlarining farqini bilish, sizlab gapirishni odat qilish;


  • yaxshilik va yomonlikni farqlash, yaxshilik qilishga o’rganish;


  • ajdodlarimiz hayotiga qiziqish bilan qarash, ular ruhini shod etishga o’rganish;


  • oilani muqaddas dyeb bilish, uning shanini yuqori ko’rsatishga intilish;


  • tejamkorlik fazilatini amaliy o’rganish;


  • iltifot ko’rsata bilish;


  • halollikni odat qilish;


  • myehnat qadrini bilish, myehnatsyevarlikni ulug’lash;


  • komil inson tushunchasini farqlash, komillikka intilish;


  • Vatan va vatanparvarlik uchun kurashish;


  • ogohlik sababi nimada ekanligini bilish;


  • tabiatga oqilona munosabatda bo’lish myezonlarini o’zlashtirish;


  • o’qib, uqib olganlarini hayotga tadbiq qila olish.




Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy - ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy- siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.
Bu sohada olib borilgan ko’p yillik ilmiy izlanishlarimiz milliy qadriyatlar o’zbek xalqining ma’naviy sifatlari, moddiy boyliklarini hamda
ijtimoiy-siyosiy an’analarini qamrab oladi dyeb xulosa chiqarishimizga imkon byerdi.

Milliy qadriyatlar – muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning o’tmishi, kyelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog’liqdir deb falsafa bo’yicha qomusiy lug’atda ta’rif byerib o’tilgan
Shundan kyelib chiqqan holda milliy-ma’naviy qadriyatlar zamirida insoniy fazilatlarning singdirilishi, bugungi kun yosh avlodii ertangi kunda komil inson sifatida faoliyat yuritishiga shart – sharoitlar yaratadi.


Intizom – qat’iy tartib va qoidalar asosida izchil harakatni anglatadigan tushuncha intizomlilik –intizomni mahkam tutuvchi, unga amal qiluvchi, bo’ysunuvchi, tartibli shaxsga xos xus-yat. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da “intizom” so’ziga bunday izoh berilgan: “tartib, tartibli tuzilish, izchillik. Jamiyatning yoki ma’lum jamoa a’zolarining amal qilishi, bo’ysunishi lozim bo’lgan qat’iy tartib, qoida. (Mas., harbiy intizom mehnat intizomi.) “Intizomli lashkar yengilmas» degan maqolda harbiy intizomning qanchalik muhimligi qisqa va oddiy bayon etilgan. Intizom bo’lmasa yaxshi qurollangan, ko’psonli qo’shin ham intizomli, ozroq sonli lashkardan yengilishi mumkin, tarixda bunga misollar ko’p. Lug’atda intizomga berilgan ta’riflardan biri “izchillik”dir. Unga ko’ra intizom izchil, uzluksiz, muntazam bo’lmog’i kerak, shundagina u yaxshi samara beradi. Qat’iy I.ga yoshlikdan o’rgatilsa, bola katta bo’lganida ham intizomli bo’ladi. Intizom inson faoliyatining barcha turlarida albatta bo’lmog’i zarur. Intizom bo’lmagan oila, jamoa va korxona, muassasada ish unumdorligi va sifati past bo’ladi. Intizom bo’lmagan joyda parokandalik vujudga keladi, usiz hyech qanday tadbirni amalga oshirib bo’lmaydi. Intizom turlicha bo’lishi mumkin. Katta korxonalarda ichki intizom qoidalari ishlab chiqilib, jamoa tomonidan tasdiqlanganidan keyin unga rioya qilish hamma uchun majburiydir. Ayniqsa, texnologik jarayonda intizomli bo’lish g’oyat zarur. Mas., avtomobillar ishlab chiqaradigan sanoat korxonasida texnologik intizomga rioya qilinmasa, avtomobil sifatini ta’minlab bo’lmaydi, korxona to’la quvvat bilan
ishlashga ojizlik qilib qoladi. Inson huquqlarining ta’minlanishiga to’sqinlik qilmaydigan, insonning insonlik sharafiga zid talablar qo’ymaydigan I. qoidalari bajarilganida ishchi yollovchiga ham, ishga yollanuvchiga ham qulay sharoit vujudga keladi. Intizomi odam vaqtdan to’g’ri foydalanadi, o’z vaqtini to’g’ri taqsimlaydi va maqsadiga erishadi. Intizomi odam sabr-qanoatli bo’ladi, u nafaqat o’zining, balki boshqalarning ham vaqtini tejaydi. Intizomli odam ahdiga vafo qiladi. Intizomning o’zi ham qaysidir ma’noda odamni tarbiyalaydi. Mas., aksariyat hollarda intizomli o’quvchi yoki talaba darslarni yaxshi o’zlashtiradi, chunki u o’zini nazorat qilishni, diqqat-e’tiborini jamlashni biladi. Hozirgi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot intizom masalasiga nihoyatda katta e’tibor qaratishni taqozo etadi. Iintizom bo’lmasa, transportdan foydalanish qanday halokatlarni keltirib chiqargan bo’lar edi. Intizom tilimizdagi tartib, qoida kabi so’zlar bilan muayyan holatlarda ma’nodosh bo’lib keladi. Mumtoz adabiyotimizda nizom so’zi ham intizom ma’nosida qo’llanganini kuzatish mumkin. Mas.: “Dunyoga kelgan payg’ambarlarning har birlari din va shariatlarini tartib va nizom ila yuritmishlar. Xususan, islom dini mukammal ravishda tartib va nizomni rioya qilishdir”. Abdulla Avloniy aytganidek, Davlatning koni manbai, tartib-intizom, // Sarvatni poydori erur iqtisodi tom.// Muhtojlig’ yuzini ko’rar deb gumon qilmang, // Tartib birla yursa, kishining ishi mudom. Sh.Rizayev, U.Otajonov
“Odobnoma” fani bo’yicha o’quvchi quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashi lozim.
  • odob insoniy fazilatlarning ziynati ekanligini aniqlash;


  • odob-axloqqa doir g’oyalarga o’z munosabatini erkin bayon etish;


  • ijtimoiy hayotdagi xulq-atvorlarga byefarq bo’lmaslik;


  • odobsizlik hollari salbiy oqibatlarga olib kyelishini anglash;


  • ota-ona oldidagi farzandlik burchini his etish;


  • gunoh va savob nima ekanligini anglash;


  • ajdodlarimiz boy myerosini o’rganish va ularni e’zozlash;


  • milliy qadriyatlarimiz ma’naviy boyligimiz ekanligini anglash;


  • oila, mahalla – vatan ichra vatan ekanligini bilish;


  • muomila madaniyatiga o’rgatish;


  • kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo’lish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;


  • ehtiyotkorlik, ogohlik va hushyorlik borasidagi ilk tushunchalarni anglash.


Barkamol avlod birdaniga paydo bo’lmaydi. Xalqitmizning axloqiy tarbiyadagi mye’zonlari ona zamindagi tarixiy taraqqiyot xosilasi sifatida kyelib chiqqan ma’naviy yutuqlar, qadriyatlar va milliy umumbashariy myerosimizni avloddan avlodga shakllanib kyelishi natijasidir.


Abu Nosir Farobiy: “Insonni go’zal amallar qilishga yo’naltiradigan odob mahsuli bo’lishi uchun yetuk xulq lozim”, dyeb ta’kidlagan.
Odob va axloq qoidalari saboq sifatida bundan ming yillar avval ham katta e’tiborga molik bo’lgan. Xatto buyuk bobolarimiz Imom Ismoil Al Buxoriy, Xakim At-Termiziy, Najmiddin Kubrolar ham axloq va odob borasida yagona hisoblangan. Hadis ilmini o’qish uchun o’z yurtidan chiqib, Misr Arabiston mamlakatlariga borib ilim olganlar. O’sha davrning muxandislarini axtarib topganlar va ilim o’rganib, shogird bo’lganlar. Bu buyuk bobokolonlarimizdan tashqari Abu Rayxon Byeruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Alishyer Navoiy, Xusayin Voiz Koshifiylar ham axloq-odob mavzusiga alohida e’tibor byerib asarlar yaratganlar.
Xalqimizda “Bola boshidan, o’g’lon yoshidan” dyegan naqil bor.
Yoshlikdagi to’g’ri tarbiya inson kamolatini ta’minlaydi.

  • savob va gunoh so’zlarining lug’aviy ma’nosini bilish va amaliyotda ularga e’tibor qilish;
  • “siz” va “syen” so’zlarining farqini bilish, sizlab gapirishni odat qilish;


  • yaxshilik va yomonlikni farqlash, yaxshilik qilishga o’rganish;


  • ajdodlarimiz hayotiga qiziqish bilan qarash, ular ruhini shod etishga o’rganish;


  • oilani muqaddas dyeb bilish, uning shanini yuqori ko’rsatishga intilish;


  • tejamkorlik fazilatini amaliy o’rganish;


  • iltifot ko’rsata bilish;


  • halollikni odat qilish;


  • myehnat qadrini bilish, myehnatsyevarlikni ulug’lash;


  • komil inson tushunchasini farqlash, komillikka intilish;


  • Vatan va vatanparvarlik uchun kurashish;


  • ogohlik sababi nimada ekanligini bilish;


  • tabiatga oqilona munosabatda bo’lish myezonlarini o’zlashtirish;


  • o’qib, uqib olganlarini hayotga tadbiq qila olish.





Download 32,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish