Shaxs tushunchasini "individ" tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo



Download 96,84 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi96,84 Kb.
#795095
Bog'liq
Shaxs tushunchasini individ tushunchasidan farqlash lozim. Ind





Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki, pinhona xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular jamuljam holda insonning individ, individuallik, shaxs kabi tushunchalarda aks etadigan muayyan obrazini shakllantirishini ham hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, insonning mohiyatini uning ichki va tashqi borlig’i birligida, uning dunyoga faol munosabatida izlash kerak.

Shaxs tushunchasini “individ” tushunchasidan farqlash lozim. Individuallik haqida turli darajada gapirish mumkin. Masalan, bioximik, neyrofiziologik, psixologik va hokazo. Lekin bu indivi-duallik shaxs tushunchasini to’liq aks ettirmaydi. Shaxs esa ong va o’z-o’zini anglash paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi.


Falsafiy-qomusiy lug’atda individ tushunchasini, aniqrog’i individualizmni (lotincha - bo’linmas) inson shaxsiy hayotining alohidaligi, shaxs huquqlarining mutloqligini va avtonomiyasini ifodalovchi falsafiy axloqiy tamoyil, deb ta’riflangan.


“Vatan tuyg’usi” kitobida ta’kidlanishicha, individ degan tushuncha lotincha “individium” degan so’zdan kelib chiqqan, “bo’linmaydigan” degan ma’noni anglatadigan bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxs, hayvon va o’simlikni bildiradi.


“Individ” va “individualizm” bir-biriga yaqin atamalar bo’lsa ham har birining o’ziga xos mazmun va mohiyati bor. Agar individ deganda mustaqil yashaydigan tirik vujud, shaxsni tushunilsa, individualizmning kelib chiqishi falsafa qomusiy lug’atida to’g’ri yozilishicha, uning mohiyatini asoslashga qaratilgan qarashlar shaxsni jamoaga qarama-qarshi qo’yish, shaxsiy manfaatlarni jamiyat manfaatlaridan ustun qo’yishni ifodalovchi tamoyil sifatida xususiy mulkning paydo bo’lishi bilan bir paytda shakllangan.


Falsafada qabul qilingan individ tushunchasi uzoq tarixiy davrga borib taqaladi. Uning shakllanish davrining boshlanishi ibtidoiy jamoa bosqichiga to’g’ri keladi. Uning jismoniy mavjudligi, individ sifatida mustaqilligi o’zi mansub bo’lgan urug’ jamoasi doirasida bo’ladi.


Akademik Erkin Yusupov “Falsafa” o’quv qo’llanmasida, “Urug’ jamoasining emirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanishida individdan yuksak bo’lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minlaydi”, deb yozadi.


Darhaqiqat, ijtimoiy taraqqiyotning keyingi yuqori bosqichlarida insondagi individuallik, boshqacha qilib aytganda, alohidalik yo’qolib ketmaydi, aksincha unda bu xususiyatlar ob’ektiv ravishda inson xususiyatlarini ifodalovchi bo’lib davom etaveradi. Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladigan o’ziga xos sifatlaridir. Individuallik alohida olingan insonning aniq hatti harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifodalaydi.


Jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish, siyosiy, ma’naviy-madaniy ishlarda ishtirok etish, fan va san’at sohalarida noyob asarlarni ijod va kashfiyot qilish, umuman olganda ko’plab burchlarning bajarilishida ana shu individuallik namoyon bo’ladi, ya’ni bunda ijodiylik hukm suradi. Individuallikda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farq qilib turadi.


Hozirgi zamon falsafa va ijtimoiy-gumanitar fanlarda shaxs tushunchasiga bir necha talqin berilgan. Ya’ni, shaxs deb muayyan ijtimoiy-iqtisodiy tuzum sharoitlariga bog’liq bo’lgan, o’z taqdirining egasi bo’la olgan, individual holatda intelektual, emotsional va irodaviy sifatlarga ega bo’lgan odamga aytiladi.


Tarixan turli diniy-falsafiy tizimlar shaxsga o’zlaricha yondoshganlar. Agar antik davr falsafasida shaxsga nisbatan asosan munosabatlar deb qaralgan bo’lsa, xristianlik ta’limotida shaxs maxsus mohiyat, “Individual substansiya”, aqliy xususiyat, nomoddiy ruhning sinonimi deb tushunilgan.


Yangi davr falsafasida fransuz faylasufi R.Dekartdan boshlab shaxs haqida dualistik g’oya shakllanishiga yo’l ochildi. Bunda birinchi o’ringa o’z-o’zini anglash “Men” tushunchasi bilan birlashtirib yuborildi.


Nemis faylasufi I.Kant fikricha, shaxs o’z-o’zini anglashi orqali shakllanadi, bu holat unga hayvonlar olamidan farqlab, o’zining “Men” ini axloqiy qoidalarga bo’ysundirish imkoniyatini beradi.


Ingliz faylasufi Dj.Lokk esa shaxsni “aqliy”, “fikrlovchi” mavjudot, deb tushungan.


“Shaxs” alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan individ ma’nosini anglatadigan tushunchadir. Bu tushuncha barcha ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’z predmeti nuktai nazaridan ishlatiladi. Shaxs hakida xilma-xil talqinlar bor. Shaxs - biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va xislatlarniig yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan qamrab olinishidir.


Milliy o’zlikni anglash va shaxsning milliy o’zligini anglashi


O’zini o’zi chuqur anglab еtgan, ko’zi ochilgan, aqli raso, g’oyaviy-siyosiy jihatdan uyqongan va jipslashgan xalq va millatni, o’tmishda bo’lganidеk, mustamlakachilik kishanlarida ushlab turish, tili, madaniti, qadriyatlarini oyoq osti qilish, boyliklarini talab kеtish, huquqlarini paymol etish, davlat mustaqilligidan judo qilish aslo mumkin emas.




O’z-o’zini anglash bu xalqning, millatning o’tmish tarixiy taraqqiyot yo’lini, ota-bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo’lganligi va ularning jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ko’shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Download 96,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish