Rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,51 Mb.
bet134/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160
Bog'liq
maftuna

Noaniq talab. Mutaxassis xodimga ko‘pincha noaniq talab bilan „o‘qish uchun biror narsa" berishni so‘rab murojaat qiladilar. Odatda tayyorgarligi kam, kitobxonlik qiziqishi xali noaniq, mustaqil kitob tanlay olmaydigan kitobxonlar shunday talab qo‘yadilar. Bunday kitobxonlarga ko‘pincha turli mazmundagi bir necha kitoblar taklif qilinadi. Kitoblarni varaklayotgan kitobxonlarni ko‘pincha shunday paytda kuzatish ba’zi xulosalar chiqarish imkoniyatini beradi. Ammo eng muximi suxbat bo‘lib, mutaxassis xodim suxbatdan u nima bilan shug‘ullanishini, uning qanday kitoblarni o‘qiganligini va o‘qigan asarlaridan qaysi biri unga yokkanligini aniqlab oladi. Kitob fondidan ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan axborot-kutubxonalarda bu ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi, bundagi sharoit suxbat ko‘rishga, kitobxon qiziqishlarini aniq bilib olishga yordam beradi.


8 Mavzu: Foydalanuvchi tomonidan o‘qilgan kitob haqida suxbat
Reja:
1.Foydalanuvchi tomonidan o‘qilgan kitob haqida munozaralar
2.Kitobxonga yoqqan asar bo‘yicha suxbat uyushtirsh

O‘qilgan kitob haqida suxbatni mutaxassis xodim tayyorgarligi bolgan va bo‘lmagan kitobxon bilan xam olib boradi.


Suxbat so‘roq qilish xarakterida bo‘lmasligi kerak. Mutaxassis xodim va kitobxon kitob haqida suxbatlashayotganda o‘z fikrlarini bayon qilishlari mumkin.
Ba’zida kitobxon kitobning ma’nosi yoqmaganligi tufayli, oxirigacha o‘qimasdan olib keladi. Agar kitob kitobxon uchun foydali bo‘lsa, unda kitobni qayta o‘qishga, uning qidirgan narsasini topishga ishontirishi kerak.
Kitobni tanlab o‘tirmasdan, yuzaki, faqat ma’nosini bilishga qiziqadigan yoki voqeani bilishga qiziqib, yozuvchining maqsadi, qaxramon xatti-xarakatidagi go‘zallikni ko‘ra bilmaydigan kitobxonlar xam bor. Bunday kitobxonlar bilan o‘qilgan kitob haqida suxbatlashish katta axamiyatga ega.
O‘qilgan kitob haqidagi suxbat ko‘pincha paydo bo‘lgan savollar tufayli yoki o‘z taassuroti bilan o‘rtoqlashish niyati tutilgan kitobxonning tashabbusi bilan boshlanadi. Agar mutaxassis xodim ana shu yaratilgan tashabbusni o‘z qo‘liga ola bilsa, bu suxbat ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi. Suxbatni munozaraga aylantirish kerak.
Agar kitobga foydalanuvchi tomonidan berilgan baxo noto‘g‘ri bo‘lsa, kitobxon fikrini odob bilan to‘gri yo‘lga solish, tushunmaganini tushuntirish, asarning foydali ekanligiga ishonch xosil qilish mutaxassis xodimning burchidir.
Mutaxassis xodim kitobxonni axborot-kutubxona, axborot resurs markaziga a’zo qilib olayotganida bu kitobxon uchun kitob tanlash va tavsiya qilishda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni bilib oladi, kitoblar tavsiya qilayotganda mutaxassis xodim foydalanuvchi oldiga savollar qo‘yadi, ularga javobni esa kitobni qaytarib topshirayotganda oladi. O‘qilgan kitob haqidagi suxbatdan yana yangi asarlarni tavsiya qilish uchun foydalaniladi. SHuning uchun abonementda kitobxonlarga kitobni qabul qilib oladigan va unga yangi kitoblar tavsiya etadigan qilib tashkil etish xaddan tashqari muxim axamiyatga ega. Abonementni kitoblardan ochiq foydalanish tartibi asosida tashkil etilayotganda bu sharoitni e’tiborga olish, ayniqsa muximdir.
Muntazam o‘qishga rafabarlik qilish.
O‘qish rejasi
Mustaqil bilim olish uchun o‘qish rejasi tuzib olish kerak. Muntazam o‘qish xar qanday kitobxon bilimini oshiradi.
1. Biror bir maqsadga qaratilgan bo‘lishi, muayyan biror soxaga oid yoki aniq mavzu yuzasidan bilim olish uchun o‘qish;
2. Duch kelgan, xar qanday kitobni emas, balki, eng yaxshilarini oddiydan murakkabgacha, umumiy masalalar haqida biror mavzu asosida o‘qish; Mavzuni xar taraflama o‘rganish.
Mustaqil bilim olish uchun o‘qishga jalb etishda foydalanuvchi kitobxon bilan yakka tartibda ishlash xal qiluvchi axamiyatga ega.
Kitobxon o‘qish rejasini tuzish, reja asosida o‘qish uzoq va ko‘p mexnat talab qiladi, bunda kutubxonachi kitobxon bilan yaqin aloqada bo‘lishi, unga muntazam yordam ko‘rsatishi kerak. Buning uchun tez-tez suxbatlashib, mavzu kiyin emasmi, agar kiyin bo‘lgan taqdirda konsultatsiyalar uyushtirish, ma’lumot beruvchi adabiyotlarni tavsiya qilish kerak bo‘ladi.
Kitobxon reja asosida o‘qishni tamomlagach, fikr-muloxazalarni yozishi mumkin. Bunday fikr-muloxazalar maxsus albomga, formulyarning 3-chi qismiga kiritiladi.
O‘qish rejasi muntazim o‘qishga jalb etishning eng muxim vositasidir. O‘qish rejasi - bu muayyan mavzuga oid aloxida tavsiya etiladigan o‘qish izchilligi tartibida joylashtirilgan kitoblar ro‘yxatidir.
Rejada-umumiy muammoni yorituvchi asarlardan aloxida masalalarga oid asarlarga yoki jo‘n adabiyotdan boshlab birmuncha murakkablariga o‘tish tamoyili asosida joylashadi.
Mutaxassis xodim u yoki bu o‘qish rejasini tavsiya qilishda mavzuning dolzarbligni, axamiyatini, (konkret) kitobxon qiziqishini xisobga olishi kerak. Reja asosida o‘qishni boshlashda eng avval aloxida qiziqish paydo qiladigan kitobni o‘qishga taklif qilish kerak. Bu kitobxonning kitobni yaxshirok o‘qishga va o‘zlashtirishga bo‘lgan katta qiziqishini ta’minlaydi va mustaqil bilim olishga bo‘lgan qiziqshini barqaror bo‘lishiga yordam beradi.
Tanlangan adabiyot kitobxonning tayyorgarlik darajasiga mos kelishi, mavzuni mumkin kadar to‘larok ochib berishi zarur.
Kitobxonni o‘qishning individual rejasini tuzishga jalb etish zarur. Kitobxonni nimalar qiziqtirishini aniqlagach, mutaxassis xodim u bilan birgalikda elektron katalogni, elektron kitoblarni, elektron ma’lumotlarni, bibliografik ko‘llanmani, tavsiya qiluvchi ko‘rsatkichlarni, axborot-kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalar fondida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni ko‘rib chiqadi.



Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish