Rta maxsus ta’lim vazirligi


Tayyorgarligi bo‘lgan kitobxon



Download 2,51 Mb.
bet130/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160
Bog'liq
maftuna

1. Tayyorgarligi bo‘lgan kitobxon foydalanuvchi ixtiyoriga kutubxonaning ochiq fondini va elektron katalogini topshirib qo‘yib, u bilan yakka tartibda olib boriladigan ish axborot tarzida, ya’ni ma’lumot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish va ayrim kitoblarni tavsiya qilish bilan cheklanishi mumkin.
2. Tayyorgarligi kam bo‘lgan kitobxon foydalanuvchilar bilan ishlaganda mutaxassis xodimning asosiy xarakati kitobxonga o‘qishning yuksak madaniyatini, mustaqil ishlash malakalarini singdirish, muayyan mavzu va masalalarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda maslaxat, suxbat o‘tkazish, rejali o‘qishni targ‘ib qilish kabi ish usullaridan foydalaniladi.
3. Tayyorgarligi bo‘lmagan kitobxon foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda suxbat eng asosiy usul xisoblanadi. Akm, Arm va kutubxonaga kelgan kitobxon bilan adabiyot, Internet tarmogidan yangi axborotlar olish, elektron pochtadan axborotlarni junatish to‘grisida suxbatlashmay yuborish mumkin emas.
4 Mavzu: Yakka tartibda suxbat o‘tqazish
Reja:

  1. Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalar ishida yakka suxbatning ahamiyati.

  2. Kitobxonning kutubxonaga a’zo bo‘layotgan paytidagi suxbat.

Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalar ishida yakka suxbat aloxida o‘rin tutadi. Xech qanday ish shakli mutaxassis xodimning kitobxon bilan og‘zaki, yuzma-yuz turib muomalada bo‘lish o‘rnini bosolmaydi. Suxbat vaqtida mutaxassis xodim va kitobxon bir-birlarini biladilar, suxbat ularni yaqinlashtiradi, kutubxonachiga xar bir kitobxon qiziqishini aniqlashda, kitob tanlashda ularga yordam berishda juda katta imkoniyatlar yaratadi.


Kutubxonashunoslik ish tajribasida mutaxassis xodim kitobxon bilan suxbatlashganda kuyidagilarga amal qilishi lozim:
- Suxbat kitobxon qiziqishlariga taallukli bo‘lishi kerak.
- Mutaxassis xodimning maslaxati zo‘rma-zo‘raki, gamxo‘rligi keraksiz bo‘lib qolmasligi kerak.
Xar qanday yangi g‘oya va yangi bilim kitobxonni bilim va g‘oya boyligi bilan bog‘lanishi kerak.
- Suxbatdan ma’lum maqsad bo‘lish kerak.
- Kitobxonni suxbatga zo‘rma-zo‘raki tortmaslik kerak, uning kayfiyatini, suxbatlashishga moyilligini xisobga olish kerak. Unda suxbat uchun xamma vaqt etarli vaqt bo‘lavermaydi.
- Asarning mazmunini so‘zlab bermaslik kerak.
- Kitob haqida gapirilayotganda, uni ko‘rsatish xamda kitobxon bilan birgalikda varaqlab, suratlari, mundarijasi bilan tanishish kerak.
- Kitob haqida ifodali, qiziqarli qilib, shu bilan birga, qisqacha qilib kitobxon diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan o‘rinlaridan so‘zlab berish kerak.
Kitobxon bilan o‘tkaziladigan yakka suxbatning to‘rtta asosiy turi bor:
1. Kitobxonning kutubxonaga a’zo bo‘layotgan paytidagi suxbat.
2. Tavsiyaviy suxbat.
3. O‘qilgan kitob haqida suxbat.
4. O‘qish rejasi tuzish vaqtidagi suxbat.
Kitobxonning axborot-kutubxonaga, axborot resurs markazi va kutubxonaga a’zo bo‘layotgan vaqtidagi suxbat kitobxonning kutubxonaga a’zo bo‘layotgan vaqtidagi suxbat mutaxassis xodimdan katta e’tibor talab qiladi. Bu suxbatga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi: yangi kitobxonning kim ekanligi, nimalar o‘qigani va nimalar qilmoqchi ekanini aniqlashga yordam beradi. Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlari haqida, uning kitob fondi, elektron katalog, Internet tarmogi, yangi axborotlar haqida so‘zlab berish esa mutaxassis xodimning burchidir. Mutaxassis xodim kitobxonni ilgari kaerda va qanday kitoblar o‘qiganligini so‘rash bilan, uning qanchalik o‘qimishiiligi va nimalarga qiziqishini aniqlashi mumkin. Kitobxon formulyarini to‘ldirayotganda mutaxassis xodim uning ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyati haqida, ma’lumoti haqida, u o‘qishni davom ettiryaptimi, davom ettirayotgan bo‘lsa, qaysi yo‘l bilan davom ettiryapti va xokazolar haqida bilib oladi. Bularning barchasi kitobxonning qiziqishi haqida so‘zlab beradi, mutaxassis xodimga axborot-kutobxonning so‘rovlarini aniq belgilab olishda va kitob tavsiya qilishda yordam beradi. Birinchi tavsiya qilingan kitob unga yoqishi juda muxim axamiyatga ega. Suxbat tavsifi kitobxonning individual ;ususiyatlariga va madaniy darajasiga bog‘liq. Masalan, qiziqishi aniq bo‘lgan, ko‘p o‘qigan kishilarga kutubxonachi fond qanday joylashganligini tushuntirib berish bilan birga, uning diqqatini mutaxassisilikka oid adabiyotga jalb etadi, ma’lumot-bibliografiya apparati bilan tanishtiradi. Tayyorgarligi kam bo‘lgan kitobxonga esa bo‘limlar qanday joylashganligini ko‘rsatish bilan cheklanmay, balki ular nimalarni o‘z ichiga kamrab olishini, xar bir bo‘lim qanday masalalarni xal qilishda ko‘maklashishini so‘zlab berishi kerak. Shuningdek, ayrim kitoblarni ko‘rsatish, ular haqida so‘zlab berish, ularni qanday tanlab olish lozim ekanligini tushuntirish lozim.
O‘tkazilgan birinchi suxbat haqida kitobxon formulyariga yoziladi va kutubxonachi so‘rab ulgurmagan savollar belgilab qo‘yiladi.
Birinchidan, kitobxon diqqatini jalb qila oladigan dolzarb mavzularni, xal qilinishi juda muxim bo‘lgan masalalarni belgilaydi.
Ikkinchidan, Internet tarmog‘i orqali yangi Web-saytlarni qo‘rib chiqish, elektron katalogga joylashtirilgan yangi adabiyotlar, elektron ma’lumotlar bilan tanishib chiqish, elektron pochtani ochib ko‘rish, kutubxonachi kutubxonaga kelgan yangi adabiyot xamda ko‘rgazmaga qo‘yilgan yoki ochiq fond tokchalariga qo‘yilgan adabiyot bilan, shuningdek, yangi bibliografik qo‘llanmalar bilan tezda tanishib chiqishi zarur.
U yoki bu asar bilan tanishishda uning qanday kitobxonga mo‘ljallanganligini, uning kitobxonga qanchalik foydali yoki qiziqarli bo‘lishini oldindan belgilash maqsadga muvofiqdir.
Xulosalar aloxida kartotekaga yozib borilgani ma’qul, chunki bu kartotekaning xar bir kartochkasi bitta kitobga tegishli bo‘lib, mutaxassis xodimga uning mazmunini yoki kitobxon bilan suxbatlashish uchun eng muxim muammolar va savollarni eslatib turadi.
Shundan keyin mutaxassis xodim kitobxon formulyarini taxlil qilishga kirishadi. Kitobxon bilan abonement bo‘limida uchrashish uzoq davom etmaydi. Uchrashuv davomida mutaxassis xodim kitobxon formulyaridagi yozuvlar bilan tanishmogi, o‘qilgan kitob to‘grisida u bilan suxbatlashmogi, yangisini tanlab tavsiya etmog‘i, ko‘rgazmalar bilan tanishtirmog‘i, Internetdagi axborotlar, yangi Web-saytlar, elektron katalog haqida suxbatlashmog‘i kerak. Mutaxassis xodim mustaqil o‘qishiga raxbarlik qilayotgan kitobxonlarning formulyarini xar kuni ko‘zdan kechirmogi kerak. Suxbat tafsilotini oldindan aytish mumkin emas, bu suxbatlarning xar biri tubdan individual xarakterga ega bo‘lib, tevarak-atrofdagi vaziyatga, kitobning mazmuni, xatto kitobxonning kayfiyatiga bog‘liqdir. Suxbat quruq, bemaqsad so‘zlashuvga aylanmasligi uchun u oldindan o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi, ba’zan esa asosiy fikr qisqacha yozib olinishi kerak. Oldindan o‘ylab qo‘yilgan suxbatlar aniqlovchi suxbatlar bo‘ladi.




  1. Download 2,51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish