6 Mavzu: Foydalanuvchilarning qiziqishini o‘rganish
Reja:
Foydalanuvchi kitobxonlar qiziqishini o‘rganish
Foydalanuvchi kitobxonlarning talab va qiziqishlarini o‘rganish usullari
Foydalanuvchi talabining turlari (aniq, noaniq, mavzular bo‘yicha) va individual axborotlar
O‘zbekiston istiqlolga erishgach, davr oldimizga demokratik va insonparvarlik g‘oyalariga asoslangan, shaxsning qobiliyati, imkoniyatlarini xisobga olgan, davlat xamda jamiyatning talablarini o‘zida to‘la aks ettira oladigan milliy modelni yaratish vazifasini qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘ziga xos axborot-kutubxona, axborot resurs markazlari va kutubxonalar tizimi, milliy mafkurasi, umumbashariy tamoyillari, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlar xamda mustaqillik yillarida vujudga-kelgan va intellektual shakllangan yangi avlodni xar tamonlama kamol toptirishga xizmat qiladi.
Yangi avlodning xar tomonlama kamol topishi unda murakkab intelektual xususiyatlar - shaxsning yo‘nalishi, qobiliyat, jushkinlik (temperament) va mijoz (xarakter) xislatlarining shakllanishi axborot-kutubxonada uning qiziqishlarini o‘rganish jarayonida aniqlanadi.
AKM, ARM va kutubxonada kuzatuv uslubi kitobxonning o‘qishga munosabatini, ma’suliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, kitobxonga bunday xislatlarni belgilashda uning mijozi, xulqi, butun ijtimoiy jixatlariga katta axamiyat beriladi. Chunki kitobxonning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda uning shaxsiy, oilaviy, axloqiy tomonlari muxim rol o‘ynaydi.
Kitobxon qiziqishini o‘rganish maqsadida olib boriladigan suxbatni kitobxonning shaxsiy ijtimoiy axvolidan boshlashimiz va bu ishni uni muntazam kuzatish bilan birga olib borishimiz zarur. Chunki xar qanday usul yakka xolda qo‘llanilganda kitobxon haqida to‘la ma’lumot bera olmaydi, boshqa bir yoki ikki usul esa kamchilikni to‘ldiradi yoxud xatoni to‘grilash imkonini beradi.
Xar bir axborot-kutubxona kitobxonlarga kitoblarni tanlash va ulardan foydalanishda amaliy va maqsadga muvofik yordam ko‘rsatib, o‘z kitobxonlari qiziqishi va so‘rovlarini qondirishga intiladi. Bunga mutaxassis xodim o‘z kitobxonlarini, ularning ijtimoiy ishlab chiqarish, kasbiy bilim, ko‘nikma, malakaviy va madaniy darajalarini, talablarining turini (ijtimoiy, yuqori saviyali, bilishga qiziqish va boshqalarni) aniq tasavvur kila olsagina erishishi mumkin. Ammo kitobxonlarni shundok, o‘z-o‘zidan bilib bo‘lmaydi. Bunga kitobxonlarni, ularning so‘rovlarini, qiziqishi va extiyojlarini muntazam o‘rganib borish jarayonida erishiladi. Bu esa undan kasbiy bilim, ko‘nikma va boshqa bilimlar bilan bir qatorda, boshqaruv jarayonini, asosiy tashkilotchilik tuzilishi, menejerlik ish uslubi va vazifaviy majburiyatlarni, boshqaruv darajasiga qarab javobgarlikni va mas’uliyatni ta’minlash o‘quvi, boshqaruvchilik faoliyatining samaradorligini oshirish, qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘llari haqidagi ma’lumotlardan xam xabardor bo‘lib, ularni o‘z shaxsiyatida mujassamlashtirib borishni talab qiladi. Bunda boshqaruvchilik faoliyati uchun mutaxassis xodim avvalambor axborot texnologiya va telekommunikatsiya vositalari to‘grisidagi bilimlarga, xam yozma, xam og‘zaki ravishda mustaqil o‘z fikrlarini ifodalay olish o‘quviga ega bo‘lishi kerak.
Albatta, yuqorida qayd qilingan barcha muloxazalarni to‘gridan-to‘gri real faoliyatda tadbiq etish ancha murakkablikni vujudga keltiradi. Bunga faoliyat motivlarini aniqlash, maqsadni to‘gri belgilab olish, qiziqishlarni boyitib borish va qat’iy mexnat asosida erishiladi, chunki murakkab faoliyat yo‘nalishi bo‘lganda uni bajarish darajasi uzoq muddatli bo‘ladi va imkoniyatni to‘gri taqsimlash ta’sirida amalga oshiriladi.
Kitobxonlar qiziqishi nima va u nima bilan belgilanadi?
Kitobxon qiziqishi, odatda, inson umumiy qiziqishining ma’lum qismi ifodasi bo‘lib, u yana ma’tum yo‘nalish bo‘yicha kitob tanlash vaqtida qaysi masalalar (mavzular, bilim soxalari) bo‘yicha kishining kitob o‘qishni afzal ko‘rishligida ifodalanadi. Keyinchalik esa kitobxon qiziqishi o‘qilgan kitobni qanday idrok etishida, unga qanchalik o‘ylab, tanqidiy yondoshishida, kitob ustida qanday ishlashida, o‘qiganlaridan xayotida, faoliyatida qanday foydalanishida o‘z ifodasini topadi.
Ko‘pincha kitobxon faqat kitob mazmuniga emas, balki materiallarning bayon qilinishi borasida o‘z talablarini qo‘yadilar va u bilan qiziqadilar. Chunonchi, masalan, badiiy adabiyot soxasida turli kitobxonlarni xar xil janrlar qiziqtiradi: birlari roman o‘qishni yoqtiradilar, boshqalari she’r, ocherk, xikoyalar, milliy qadriyatlar, o‘tmish haqida tarixiy asarlar, ba’zilari esa xatto kitobning xajmi (qalinmi yoki yupkami) bilan qiziqadilar.
Kitobxonlar qiziqishi - ijtimoiy xodisalar. Bu qiziqish ijtimoiy xayot tufayli vujudga keladi va insonning ijtimoiy, ishlab chiqarish, kasbiy xamda ruxiy qiziqishlarini aks ettiradi. Axborot –kutubxona, axborot resurs markazlarining kitobxonlari, korxona, kompaniya, bank, biznes, kichik korxonalar, dexqon fermer xo‘jaliklarida ishlashlari yoki turli oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qishlari mumkin.
Ularning oldida juda xilma-xil, aniq vazifalar turadi. Bu vazifalarni xal qilishda ishtirok etish muayyan talab va qiziqishlarni shart qilib qo‘yadi, xar bir ishning muvaffaqiyatli xal bo‘lishi uchun yordam beruvchi yo‘llarni izlashga to‘gri keladi.
Shunday qilib, u yoki bu qiziqishlarning paydo bo‘lishi tasodifiy emas. Ular kitobxonlarning oilaviy xayoti, mexnat va ijtimoiy faoliyatlariga bog‘liqdir.
Kitobxonlarning qiziqishini, bu qiziqishlarini paydo qilayotgan, u yoki bu so‘rovlarini, kitobga bo‘lgan munosabatlarini, uning idrok etilishini keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni o‘rganish bilangina to‘gri bilish va tushunish mumkin. Buning uchun xayotga diqqat bilan qarash, uni kuzatish, o‘rganish va tushunish kerak.
Mustaqillikni mustaxkamlash yillarida kitobxonlarning talab va qiziqishlari tamomila o‘zgardi. Xalq madaniyatining o‘sishi jarayonida doimiy o‘sib borayotgan ma’naviy extiyoj kitobxonlar qiziqishiga xam ta’sir ko‘rsatdi. Shu qiziqishlarda mustaqil demokratik, xuquqiy erkin, mustaqil fikrlovchi, erkin va ozod yurt fukarosining yuqori ma’naviy va axloqiy darajasi, yangi ma’naviy kiyofasi xam o‘z aksini topadi.
Xozirgi davrda kitobxon qiziqishining kengayishi va chuqurlashishi umumiy xodisadir. Chunki kitobxonning o‘quv-bilish faoliyatini boshqarishda kompyuter texnikasi markaziy o‘rinni egallamokda:
- kitobxonning axborotni qabul qilish, to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash soxasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;
- kitobxonlarni jamiyatga zarur shaxs sifatida shakllantirish va rivojlantirish;
kitobxonning qiziqishini, talabini, extiyojini bugungi kunda yangi texnologiyagina qondira oladi, masalan, kompyuter orqali axborot jarayonlari, axborotning xususiyatlari, axborotlar ustida amallar bajarish, axborotni tasvirlash, aloqa vositalari va boshqa ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, mavjud amaliy dastur vositalarini qo‘llash .
Kitobxonlar qidiradigan elektron ma’lumotlar kompyuter ko‘magida echish bosqichlarini bajara olish; berilgan matnni kompyuterda terib, zarur taxrir ishlarini bajarib, yakuniy matnni qog‘ozga chiqarish; murakkab bo‘lmagan shakllarni rasm muxarriri yordamida chizish, ularga zarur ranglar berish; elektron jadvallar tuzish va unga oid oddiy misollarni echa olish; tayyor amaliy dastur vositasida elektron katalogdan kerakli adabiyotni qidirish, internetga kira olish, onlayn rejimi maxsus dastur yordamida internetga kirish orqali jaxondagi boshqa kutubxonalar bilan o‘zining extiyojini, qiziqishini qondirish uchun talab bilan chiqish muammolarini xal etish uning asosiy maqsadidir.
Kitobxonlar qiziqishini guruxlarga bo‘lib o‘rganish yuqori samaradorlikka olib keladi. Ishlab chiqarish guruxlari, masalan, turli xil kasbdagi ishchilar, kichik korxonalar ishchilari, chorvador fermer, dexqon former xo‘jaliklari, mutaxassislar, do‘xtirlar, o‘qituvchilar va boshqa soxa mutaxxassislarining professional qiziqishlari maxsus adabiyotni talab qiladi: yoshiga qarab bo‘lingan guruxlar - bolalar, yoshlar, nafaqaxo‘rlar bo‘lib, ularning kitobxonlik talabiga psixologiya, yosh xususiyatlari ta’sir qiladi. Kitobxonlar o‘z mutaxassisliklariga oid kitoblar bilan qiziqadilar chamasi, bu qiziqish ayni bir paytda barqaror qiziqish bo‘ladi. Kitobxon qiziqishidagi barqarorlik, ayniqsa, kitobdan o‘z ishi uchun yordam izlovchi kishilarga va shuningdek, ishlab chiqarish malakalarini oshirish bilan yoki mustaqil bilim olish bilan shugullanuvchi kishilarga xos xususiyatdir.
Ba’zi kitobxonlar axborot-kutubxonaga aniq bir narsani so‘rab kelmay, duch kelgan kitobni oladilar, mutaxassis xodimdan o‘qishga, „biron narsa" berishini iltimos qiladilar. Bu ana shunday kitobxonda biron qiziqish yo‘q, degan ma’no bildiradimi? Yo‘q, albatta. Ular ishlab turgan korxona, fabrika, chorvador fermer, dexqon fermer, kompaniya, firma, bank, programmistlar, ta’lim tizimida ishlovchilar, gazeta, klub, teatr, radio, televidenie, oila kabilar ularning so‘rovlariga ta’sir ko‘rsatadi. Gap shundaki, kitob o‘qishni endi boshlayotgan bu xildagi kitobxonlar ko‘p masalalarni xal qilishda kitob ularga yordam berishini bilmaydilar. Mutaxassis xodimning vazifasi - bu kitobxonning o‘qish mavzusini kengaytirish, kitoblar orqali ularda keng ijtimoiy qiziqishini uygotish, ularning xayoti, ishlab chiqarish va murojaat qilish zaruratini orttirish uchun butun kuchini sarf qilishdan iboratdir.
Kutubxonachi kitobxonda paydo bo‘lgan qiziqishni qondiribgina qolmay, balki xar tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifalaridan kelib chiqqan xolda yangi kitobxonlik qiziqishlarini uygota olish, yuqori darajadagi kitobxonlik didini va turli so‘rovlarini tarbiyalashi lozim. Kutubxonachining asosiy pedagogik, tarbiyaviy ishi ana shundan iborat.
Kitobxonlar qiziqishini o‘rganish.
Milliy urf-odatlar, xalqning yashash sharoiti, xayot tarzi, milliy xususiyatlarining yillar davomida xayot atalmish murakkab sinovlardan o‘tib, xalqning o‘ziga xos tuzugi - qonuni darajasiga ko‘tarilgan. Mustaqillik sharofati bilan bugunga kelib ajdodlarimizdan qolgan bebaxo merosni o‘rganish, amaliyotga tatbik etishga shart-sharoit yaratildi.
Xozirgi davrda axborot-kutubxona tizimini takomillashtirish, milliylashtirish uchun jaxon andazalariga mos keladigan pogonaga ko‘tarilishda boy milliy-madaniy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, yangi davrning yangi talabiga aloxida axamiyat berish kerak.
Kitobxonlar qiziqishini o‘rganish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni o‘ylab va tizimli ravishda olib borgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. Bu o‘rinda kitobxonlar qiziqishi faqat kutubxona tomonidan emas, balki butun xayot, tevarak-atrofdagi borlik tufayli shakllanishini xam unutmaslik kerak.
Kitobxon nimaga qiziqishini bilish uchun kitobxonning mexnat qilayotgan va turmush kechirayotgan aniq shart-sharoitlarini tasavur qilish kerak, eng avalo, kitobxonning u yoki bu qiziqishlari shakllanishida manba bo‘lib xizmat qiladigan sharoitlarni bilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |