3.Barkamol inson tarbiyasida kutubxona - axborot xizmati kо‘rsatishning asosiy maqsadi.
Kutubxona–axborot xizmati kо‘rsatishning maqsadi jamiyatning maqsadidan
kelib chiqadi. Shunga kо‘ra, kutubxona – axborot xizmatining asosiy maqsadi –fanning turli sohalariga oid bosma nashr mahsulotlari va axborotlarni mutolaa va tahlil qilish orqali foydalanuvchilarda komillikka intilish tuyg‘usini uyg‘otishdir.
Islohotlar Strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish
jamiyat a’zolarining qanday intellektual salohiyatga ega ekanligi, qanday
ideallarga amal qilishi, ma’naviy yetukligi darajasiga bog‘liqdir. Shu bois
foydalanuvchilarga kutubxona – axborot xizmati kо‘rsatish sifatini oshirish,
islohotlarni amalga oshirishda faol qatnashuvchi, daxldorlik tuyg‘usiga ega bо‘lgan avlodni tarbiyalash muhim vazifa hisoblanadi.
Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk
insonlar hal qiladi. Fuqarolarning barcha sohalar bо‘yicha bilimlarni, murakkab texnologiyalarni egallaganligi, yangi g‘oyalar va texnologiyalarni yaratishga intilishi, axloqiy pokligi, mustaqil erkin tafakkur yuritishi ma’naviy
barkamollikning zaminidir. Kutubxona – axborot xizmati jarayonida quyidagi yо‘nalishni kuchaytirish orqali barkamol avlod tarbiyasida kutubxonachilar о‘zlarining munosib hissasini qо‘shishlari mumkin:
1) Kutubxona fondida ma’naviy – axloqiy mazmundagi saralangan
manbalarning mavjud bо‘lishiga erishish va foydalanuvchilarga tavsiya qila bilish;
2) Kutubxonada tarbiyaviy jarayonlarning ommaviy, guruhli va yakka
tartibdagi shakllarining muntazam va ijobiy natijali bо‘lishi;
3) Kutubxonalarning foydalanuvchilar bilan muloqotining doimiy va sifatli
tarzda amalga oshirilishi, bilimli, о‘z ishining fidoyilari bо‘lgan mutaxassislar
bilan ta’minlanganligi;
4) Mahalliy ziyolilarning faol qatlamining uyushganligi va kutubxonachilar
bilan hamkorligi;
5) Kutubxonalarning boshqa ma’naviy, tarbiyaviy muassasalar bilan
muntazam hamkorligining yо‘lga qо‘yilganligi.
Komil inson tushunchasi ilk marta о‘rta asrlarda kelib chiqqan bо‘lib,
musulmon Sharqida, asosan, islomiy nuqtai nazardan ta’riflab kelingan. Aslida
“Komil inson” tushunchasining dunyoviy mazmuni borligini ham e’tibordan soqit qilish mumkin emas. “Komil inson” tasavvuf adabiyotida kо‘p marta tilga olinib munozaralarga sabab bо‘lgan va bu haqda maxsus kitoblar ham yozilgan. Shulardan Ibn al-Arabiy, Husayn Voiz Koshifiy, Sayyid Abdulqodir Geloniy, Aziziddin Nasafiylarning risolalarini tilga olib о‘tish mumkin. Ayniqsa Azizidin Nasafiyning “Komil inson”, “Maqsadi Aqso”, “Zubdat ul-Haqoyiq” nomli risolalarida komil inson masalasi insonga aynan hayotiy odamga xos belgilar, axloqiy sifatlar nuqtai nazaridan yondashgan holda yoritilgan. Aziziddin Nasafiyning komil insonga bergan ta’rifiga kо‘ra, unda tо‘rt narsa: yaxshi sо‘z, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif kamolga yetgan bо‘lishi kerak. Nasafiy nazarida komil inson hayotdan tashqari bо‘lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan odam shunday martabaga kо‘tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, komil inson martabasi tariqat va riyozat yо‘li bilan qо‘lga kiradigan yuksak martabadir.
Tasavvuf ta’limotining komil inson haqidagi fikrlarini jamlasak, quyidagi
xulosalar kelib chiqadi:
1) Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mо‘tabar
zotdir. U azaldan martabasi aniq bо‘lgan ruh emas, balki ma’naviy-axloqiy
poklanish jarayonida kamolga erishgandir;
2) Shuning uchun har bir shaxs komillikka intilishi va bu yо‘lda muayyan
darajaga erishishi mumkin;
3) Komillikning oliy belgisi Haq yо‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir.
Tasavvuf ta’limotiga kо‘ra insonning sо‘zlari va faoliyati uchun oldindan
belgilab qо‘yilgan о‘lchovlar mavjud emas. Bilim va boylikka ega bо‘lish
odamning say-harakatiga bog‘liq, odam qancha kо‘p g‘ayrat qilsa, bilimi va molmulki shunchalik ortib boradi. Tasavvuf ta’limotida sо‘fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, о‘zо‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir-usullari ham shakllantirilgan. Shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqat tushunchalariga oid qarashlar tizimi qaror topib, tasavvuf alohida ilm sifatida shakllandi.
4) Ushbu talimotga kо‘ra ruhiy kamolot yо‘lining mohiyati, bosqichlari
uning namoyondalari tomonidan yoritib berildi. Shariat–musulmonchilik kamolotining asosi, Rasulolloh s.a.v. ning aytganlari, qat’iy intizom, avomga ham, xosga ham birday tegishli bо‘lgan yо‘ldir. Tariqat–bashariy vujuddan qutulib, ruhiy kamolotga muyassar bо‘lishga intiluvchi xoslar yо‘li bо‘lib, uning poydevori irfon va g‘aybga oshnolik talabidan iboratdir.
Ma’rifat (arabcha “arafa” – bilmoq sо‘zidan yasalgan) tariqatning hosilasi va
bevosita davomidir. Tasavvuf ahli nazarida ma’rifat shubhaga zarracha о‘rin
qoldirmaydigan ilmdir. Ularning fikriga kо‘ra ochilmagan barcha siru-asrorlar
Allohga tegishli bо‘lib, Alloh barcha hikmatlarning jamul-jami, bizning
bilimlarmiz uning tafsiri, sharxidir. Demak Allohni bilish uchun tafsirdan buyuk haqiqatga tomon intilish kerak. Haqiqat – ruhiy, haq yо‘lidan xabar beruvchi kishilar yо‘li bо‘lib, Allohning jamolini kо‘rish uchun intilish, jondan kechib, ishq sharobini ichishga tayyor bо‘lgan alohida shaxslarning tanlangan yо‘lidir. Tasavvufda inson bilimlari uchga bо‘lib о‘rganiladi:
birinchisi –aqliy-hissiy bilimlar, ikkinchisi – hol ilmi, uchinchisi – sirru-asror ilmidir. Birinchi ilm zohiriy fanlar bilan shug‘ullanadigan kishilar ilmi
bо‘lsa, ikkinchi ilm hol martabasiga kо‘tarilgan kishilar ilmi hisoblanadi. Uchinchi ilm –avliyolar ilmidir. Bu ilm muqaddas ruhlar orqali keladi, shu’la, nur kо‘rinishida qalbga kiradi. Tasavvuf vakillari bilimni uchga – ilm ul-yaqin, ayn ul-yaqin va haq ulyaqin bosqichlariga ajratadi. Birinchi bosqich (ilm ul-yaqin) kitobiy, tahliliy bilim, ikkinchi bosqich (ayn
ul-yaqin) о‘z ishtirokidagi tajribaviy bilim, uchinchi bosqich (haqq ul-yaqin) о‘zi tajriba vositasiga aylanib, haqiqatni anglash bilimidir. Bu holat shunday
tushuntiriladiki, birinchi bosqichda “olov issiq va kuydiradi” deb aytganlariga
ishonish, ikkinchi bosqichda olovning issiq va kuydiruvchi ekanligini sinab
kо‘rish, uchinchi bosqichda olovda yonish orqali olovning xususiyatiga ishonish. Bu haqqa yetishish ilmidir. Biz yuqorida barkamol inson g‘oyasi tasavvuf ta’limotida qanday qо‘yilganligi tо‘g‘risidagi ba’zi tafsilotlarni bayon etdik. Bugungi kunda komil inson haqidagi fikrlar va qarashlarning eng foydali va ijobiy tomonlaridan, shu jumladan islom qadriyatlaridan foydalangan holda
mamlakatimizda komil inson tо‘g‘risidagi nazariya va uslubiyat metodologik
jihatdan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi
Qonunda, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida, Yoshlar siyosati bо‘yicha davlat
Dasturida va boshqa hujjatlarda har tomonlama ishlab chiqilgan. Shularga muvofiq ravishda, ta’lim tizimini zamon talablari darajasiga kо‘tarish, sog‘lom, barkamol, ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash eng muhim vazifa ekanligi belgilab berilgan. Ma’naviyati boy insongina komil inson bо‘la oladi. Yuksak axloqiy, madaniy va jismoniy fazilatlar har jihatdan uyg‘un bо‘lgan, chuqur va zamonaviy bilimga, ma’rifiy dunyoqarashga ega bо‘lgan inson komil bо‘ladi. Komillikning bosh mezoni insoniylik bо‘lib, insonga xos bо‘lgan ezgu fazilatlar sohibi bо‘lish eng ulug‘ kamolotdir. Bundan tashqari insonni gо‘zal qiladigan uning hunari, ilmi va odobi bо‘lib, ular odamni yuksaklikka kо‘taradi, katta obrо‘ va shuhrat keltiradi. Zamondoshlarimizning chuqur ilmiy dunyoqarashga, zamonaviy bilim va muayyan kasb egasi bо‘lishi sohasida uyg‘unlikka erishishi kadrlar tayyorlash milliy Dasturi ruhiga singdirib yuborilganligining ham boisi ana shundadir. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning barcha yо‘nalishlari kutubxona –axborot xizmati darajasiga chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy hayotning barcha sohalariga oid bilimlarni egallashda foydalanuvchilarning ma’naviy ehtiyojlarini va talablarini maqsadga muvofiq ravishda qondirish, muayyan zarur nashr mahsulotlari va axborotlarni tavsiya etish ulardan ma’naviy barkamollik yо‘lida foydalanishlarida kutubxonachilar yaqindan yordam berishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |