Foydalanuvchilarga kutubxona – axborot xizmati kо‘rsatishda
ilmiylik tamoyili.
Ilmiylik tamoyili tavsiya qilinayotgan manba mazmunining zamonaviy fan
taraqqiyotining rivojlanish darajasiga mos kelishi nuqtai nazaridan yondashuvdir.
Ushbu tamoyilga asoslanish kutubxonachidan eng avvalo ilmiy bilishning
xarakterli belgilari, alomatlari nimalardan iborat bо‘lishini chuqur bilishni talab
qiladi.
Odatda bilish amaliyot va qadriyatlarni baholash faoliyati bilan qiyoslanadi.
Bilish – bu voqelikning inson tafakkurida aks etishi va takror hosil bо‘lish
jarayonidir. Uning maqsadi obyektiv haqiqatga erishishdir. Bilish – voqelikning
aniq hissiy va tushuncha shaklidagi obrazlar orqali qabul qilinishi, saqlanishi,
qayta ishlanishi va tizimga solinishi bо‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Kutubxonachi foydalanuvchilarga , ayniqsa, ilmiy faoliyatga qadam qо‘yayotgan
foydalanuvchilarga ilmiy bilish jarayoni, bilish bosqichlari, ilmiy bilish shakllari
va metodlari haqida ma’lumot bera oladigan darajada ilmiy-falsafiy bilimlarga ega
bо‘lishi zarur. Bilim bilishning natijasi bо‘lib, uning manbai nashr mahsulotlari
mutolaasi, axborotlarni tahlil qila bilish va tо‘g‘ri xulosa chiqarishdir.
Foydalanuvchi shuni anglashi zarurki, bilimlar tizimi muayyan mezonlarga
javob bersagina о‘sha ilmiy bilimlar tizimi ilmiy bilim deb tan olinadi.
Ilmiylikning mezonlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Obyektivlik yoki obyektivlik tamoyili. Ilmiy bilimlar tabiiy obyektlar
mazmunini u qanday bо‘lsa shundayligicha ochib berishi bilan bog‘liqdir. Bunda
individ manfaatlaridan hamda barcha tabiatdan tashqari kuchlardan begonalashish hodisasi sodir bо‘ladi. Tabiatni uning о‘zidan kelib chiqqan holda о‘rganish talab qilinadi, shu ma’noda uning о‘zi о‘zini bilishi uchun yetarli bо‘ladi; predmetlar ham, ularning munosabatlari ham ular qanday holatda bо‘lsalar, shundayligicha о‘rganilishi – tashqaridan hech narsani qо‘shmasdan, ya’ni unga qandaydir bir subyektiv yoki tabiatdan tashqari kuchni aralashtirmasdan о‘rganish zarur.
2. Ratsionallik, aqliy tarzda asoslanganlik, isbot qilinganlik. Kutubxonachi
tushuntirishi kerakki, biz kundalik hayotda ayrim fikrlarni bayon qilganimizda
kimningdir “fikriga”, “obrо‘siga” tayanamiz. Ilmiy bilimlarda esa biror narsa
haqida shunchaki xabar berilmaydi, balki keltirilgan fikrning ma’nosi, mazmunini tasdiqlaydigan zarur negiz, asoslar ham keltiriladi. Bunda yetarli asos keltirish tamoyili amal qiladi.
3. Bilimning о‘ziga xos hodisa sifatida uyushtirilishi, uning alohida
tizimligi. Bu yerda foydalanuvchilar, gap kundalik oddiy bilimlarni shunchaki
tartibga solish tо‘g‘risida emas, balki chuqur anglab yetilgan tamoyillarga kо‘ra
tartibga solish haqida; nazariy tizim haqida ketayotganligini chuqur anglab
yetishlari kerak.
4. Sinab kо‘rish, tekshirib borish: bu yerda gap ilmiy kuzatuv, amaliyotda
mantiq orqali sinab kо‘rish tо‘g‘risida boradi. Ilmiy haqiqat amalda tekshiruvdan
о‘tgach va tasdig‘ini topgach hamma tomonidan e’tirof etiladi.
Kutubxonachi tushuntirishi zarurki, inson bilishini shartli ravishda bir necha
turlarga bо‘lib о‘rganilishini foydalanuvchilarning har bir guruhi yaxshi bilishi
lozim. Bilish oddiy bilish va ilmiy bilishdan iboratdir. Kishilarning odatdagi
kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita sezgi a’zolari va
tafakkurlari orqali bilishlari oddiy bilishdir. Oddiy bilish kishilarning о‘z hayotiy
tajribalari asosida bilish bо‘lib, u odatda “sog‘lom fikrlar”da о‘z ifodasini topadi.
Oddiy bilish hamma kishilarga xosdir. Ilmiy bilish esa, oddiy bilishdan farqli
ravishda borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilish bо‘lib, u odatda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Ilmiy bilish uzoq davom etadigan murakkab va ziddiyatli jarayondir. Ilmiy bilish bilan foydalanuvchilarning ma’lum guruhlari, ya’ni tadqiqotchilar, olimlar shug‘ullanishadi. Foydalanuvchilar tomonidan о‘rganiladigan fanlar qaysi sohaga tegishli ekanligidan qat’iy-nazar, ular borliq va uning turli kо‘rinishlari: tabiat, jamiyat, inson, inson tafakkuri tо‘g‘risidagi ilmiy bilish jarayonida vujudga kelgan bilimlar tizimlaridan iboratdir. Ular insonning borliqni bilishi, о‘rganishi va о‘zlashtirishining о‘ziga xos nazariy shakllari bо‘lib, о‘zlarida moddiy va ma’naviy omillarni birlashtiruvchi kо‘p qirrali ijtimoiy hodisadir. Hamma fanlar borliqni ilmiy abstraksiyalarga (mavhumlikka) asoslangan holda nazariy tafakkur shakllari: ilmiy g‘oyalar, ilmiy tushunchalar, kategoriyalar, tamoyillar, muammolar, gipotezalar, nazariyalar va qonunlarda aks ettiradi va ifodalaydi. Ma’lumki har bir fan sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi foydalanuvchi (tadqiqotchi) о‘z obyektini о‘rganishga kirishar ekan, о‘rganayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilimlarga birdaniga ega bо‘lmaydi. Buning uchun u bu predmet yoki hodisa ustida ma’lum davr ichida tinmay turli izlanish va tadqiqotlar olib boradi hamda turli xil metodlar va vositalardan foydalanadi, ruhiy va aqliy jarayonlarni boshidan kechiradi. Shundan keyingina u о‘zi tadqiqot olib borayotgan predmet yoki hodisa yuzasidan ma’lum bilimlarni hosil qilishi mumkin. Bunday yangi bilimlar foydalanuvchilarning tadqiqot jarayonida qanday ilmiy metodlardan foydalana bilishlari bilan chambarchas bog‘liq holda shakllanadi.
Fransuz olimi Pyer Laplas ta’kidlaganidek, ilmiy kashfiyotni ochishga
yordam bergan “haqiqiy, tо‘g‘ri ilmiy metodning fan uchun ahamiyati shu
kashfiyotning о‘zidan kam emasdir”. Metod – eng umumiy ma’noda maqsadga erishish usuli, nazariy tadqiqot va amaliy harakatning muayyan tartibga solingan tamoyillari yig‘indisidir. Ilmiy metodda tadqiqot predmetining mazmuni, uning ichki tabiati ifoda etilganligi uchun muayyan metodga amal qilish foydalanuvchining (tadqiqotchining) xohishiga emas, balki tekshirilayotgan obyekt tabiatiga, kо‘zda tutilgan maqsadga bog‘liqdir.
Demak, bilishning tо‘g‘ri metodi, subyekt (foydalanuvchi) xohishining
natijasi emas, balki obyektiv dunyo qonunlarining in’ikosi bо‘lmog‘i kerak.
Foydalanuvchining (tadqiqotchining) о‘z tadqiqoti jarayonida yangi bilimlarga
erishish uchun qо‘llaydigan turli xil usullari, yо‘llari va vositalari ilmiy bilishning metodlaridir. Ilmiy bilishning metodlari foydalanuvchining (tadqiqotchining) tadqiqot obyektini bilishi uchun qо‘llagan amaliy va nazariy faoliyat usullaridir. Kutubxonachi – bu metodlarning ilmiy bilishdagi vazifasi foydalanuvchiga (tadqiqotchiga) о‘rganilayotgan predmet yoki hodisa haqida, uning tabiati va mohiyatini, ularni ifodalaydigan qonun va qonuniyatlarni ochishda yordam berishdan, shu asosda tadqiqotning muvaffaqiyatini ta’minlashdan iborat ekanligini tushuntirib bera olishi zarur.
Ilmiy bilish metodlarini о‘rganish ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi fan
bо‘lgan falsafada metodologiyaning paydo bо‘lishiga olib keladi. Metodologiya
ilmiy bilish metodlari haqidagi falsafiy ta’limot sifatida о‘ziga kishilar
dunyoqarashi tamoyillari, ularning bir butun amaliy va nazariy faoliyatlariga
tatbiqan о‘rganadi. Metodologiya tushunchasi kо‘p ma’noli bо‘lib, bir о‘rinda borliqni ilmiy bilish va о‘gartirishning metodlari haqidagi nazariyani ifodalasa, ikkinchi о‘rinda u butun ilmiy bilish metodlarining yig‘indisi ma’nosini ifodalaydi. Uchinchi bir о‘rinda esa, metodologiya termini insonning borliqni ilmiy bilishi va о‘zgartirishining eng umumiy metodi ma’nosida qо‘llaniladi.
Metodologiyaga kо‘ra ilmiy tadqiqotlarda qо‘llaniladigan metodlar birbirlaridan tabiati, xarakteri, qо‘llanish sohalari, darajalariga kо‘ra farqlanadi. О‘z
qо‘llanish kо‘lamiga kо‘ra ilmiy metodlarning ba’zilari hamma ilmiy tadqiqotlarda qо‘llanilsa, ba’zilari kо‘pchilik fan sohalarida, uchinchi bir xillari alohida, ayrim fan sohalarida olib boriladigan tadqiqotlardagina qо‘llaniladi.
Hozirgi zamon fanida ilmiy bilishning kuzatish va eksperiment, analiz va
sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish, abstraksiyalashtirish va
konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish, modellashtirish,
formallashtirish singari metodlari mavjuddir. Ilmiy bilishning bu metodlari о‘zaro chambarchas bog‘liqlikda bо‘lib, ular bilishning qaysi bosqichi va qaysi darajasida qо‘llanilishi, о‘zlarining tabiati va xarakterlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Bundan tashqari ilmiy bilishda xususiy, alohida metodlar ham mavjud
bо‘lib, ular umumiy ilmiy metodlardan farqlanadilar va aniq fan metodlari
deyiladi. Masalan, texnika fanlarida grafik metod; tarix, adabiyotshunoslik va
tilshunoslik fanlarida qiyosiy tarixiy metod; san’atshunoslik fanlarida romantizm
va realizm kabi xususiy aniq metodlar qо‘llaniladi. Ilmiy bilimlar rivojlanishida
muayyan bosqichlarni bosib о‘tadi va bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari
deyiladi. Ilmiy bilishning bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g‘oya, badiiy
g‘oya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy bashorat tashkil etadi. Bilish
jarayonlari haqida foydalanuvchilarga yо‘nalish berishda ijtimoiy bilish va uning
о‘ziga xos xususiyatlari haqida ham muayyan tasavvur xosil qilinishi zarur.
Ijtimoiy bilishning mohiyati shundaki, u kishilarning (ya’ni har bir
foydalanuvchining) jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
faoliyatlarining mavjudlik shakllari bо‘lgan munosabatlarining majmuasidan
iboratdir. Ijtimoiy bilish bunda kishilar ijtimoiy-amaliy faoliyatlari bilan, bu
munosabatlar sohibi bо‘lgan jamiyatdagi kishilarning bilim darajalari bilan bog‘liq bо‘ladi. Ijtimoiy bilish faqat jamiyatdagi moddiy-ijtimoiy faoliyatlar va
munosabatlarni hamda ularning qonuniyatlarini bilishdangina iborat bо‘lmasdan,
balki jamiyatdagi ma’naviy, mafkuraviy faoliyatlar va munosabatlarni, ularning
qonuniyatlarini bilishni ham о‘z ichiga oladi. Ijtimoiy bilish, shu bilan birga,
insonning о‘zini ham, uning tabiatdagi va jamiyatdagi о‘rnini, insonning taqdiri, uning hayotining ma’nosini va mazmunini bilishdan ham iboratdir.
Kutubxonachi foydalanuvchilarning ijtimoiy bilishni yuzaga keltiradigan
asosiy omillardan biri ehtiyojlar va manfaatlar ekanligini tushunib yetishlari uchun yordam berishi kerak. Chunki, har qanday ijtimoiy bilish jamiyat ijtimoiy
ehtiyojlari bilan, jamiyatdagi kishilarning moddiy va ma’naviy manfaatlari bilan
uzviy bog‘liq tarzda yuzaga keladi. Shuning uchun ham har bir foydalanuvchi
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy о‘zgarishlar, turli
yо‘nalishlardagi vazifalarning bajarilishi kishilarning anglangan ehtiyojiga
aylanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini tushunib yetishi kerak. Ilmiylik
tamoyiliga asoslangan holda faoliyat yuritishda ilm-fan sohasidagi yetakchi
olimlar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, muntazam ravishda suhbatlar tashkil
etish, ilmiy faoliyatga oid manbalarni, axborotlarni tavsiya etish orqali ham
kutubxona-axborot xizmatining ushbu yо‘nalishining rivojlanishini muayyan
darajada ta’minlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |