Reja:
Foydalanuvchi kitobxonlar bilan ishlash mazmuni.
Foydalanuvchi kitobxonlarga xizmat qilishning maqsad.
Foydalanuvchi kitobxonlarga.
Foydalanuvchi kitobxonlar bilan ishlash mazmuni
AKM, ARMlar va kutubxonada foydalanuvchi kitobxonlarga xizmat qilishning asosini ularning kasbiy va malakaviy darajasi, shaxsiy xususiyatlariga ko‘ra, foydalanuvchi kitobxonning muntazam va uzluksiz ravishda o‘z ustida ishlashi uchun ko‘nikma xosil qilishini, malakasini oshirib borishini ta’minlash tashkil etadi. Bu metodologik pozitsiya kitobxonlik malakasini uzluksiz oshirib borish muammolarini tadqiq qilishga yaxlit yondashish zarurligini ko‘rsatib turibdi.
Kutubxonashunoslik kasbining xususiyati kitobxonlarning bilimi, saloxiyati va ko‘nikmalarini uzluksiz shakllantirib va rivojlantirib borishni taqozo etadi.
AKM, ARMlar va kutubxona kitobxonlarni jalb qilgan xolda tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali amalga oshirishi, AKM, ARMlar va kutubxona faoliyati, ish samaralarini taxlil qilishga o‘rgatishi, o‘z ustida mustaqil ishlashni tashkil qilishni uyushtirishi, boshqarishi, maxalla, jamoa bilan munosabat o‘rnatishi kerak. Buning uchun xar bir kitobxonning „o‘z-o‘ziga bilim" berish yoki olish usulini egallashiga erishishi lozim. Kitobxonda kasbiy idealni shakllantirishga doir, ya’ni kitobxon faoliyati uchun zarur bilim, malaka, ko‘nikma, shaxsiy sifatlar va xususiyatlarni shakllantirmog‘i kerak. Buning uchun kutubxonashunosdan ziyoli, ma’rifatparvar bo‘lish, eng yaxshi insoniy hislatlarga ega bo‘lish talab etiladi.
Kutubxonashunoslarni foydalanuvchi kitobxonlarga xizmat qilishning yangi texnologik usullari va uslublari bo‘yicha ishlashga tayyorlash, ularni faoliyatga o‘z vaqtida joriy qilish, muntazam ravishda madaniy saviyasini oshirib borish, shaxsiy va kasbiy sifatlarning takomillashishiga yordam berish kabi vazifalar respublika viloyatlari axborot-kutubxona markazlarida malaka oshirish institutlarini tashkil etishni, tuman (shaxar) metod kabinetlarini rivojlantirish va takomillashtirishni taqazo qiladi.
Kutubxonashunosning muvaffaqiyati, ijodiy yuksalish sur’ati, qobiliyati, extiyojlariga ko‘ra o‘z-o‘ziga ta’lim shaklini erkin tanlab olishiga bog‘liq.
Kutubxonashunos birinchi galda o‘z vazifasini vijdonan bajarishga, o‘z maxoratini oshirish va takomillashtirishga ongli, intizomli ravishda, vijdon amriga muvofiq Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Forobiy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Mukimiy, Furqat, Bedil, Xamza, Avloniy, Zavqiy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvor, oilaviy xayot masalalariga, shaxslararo
munosabatlarga doir qarashlarni, komil inson tarbiyasi, insonparvarlik g‘oyasi ulug‘lab kelingan turli janrlardagi asarlarini bugungi kun foydalanuvchisiga targ‘ib qilish kerak.
AKM, ARM va kutubxona ishida kitobxon bilan yakka tartibda ishlash asosiy vazifalardan biri bo‘lib, insonshunoslik fanlari qatorida inson va jamiyatga izchil metodologik yondashish usullari bilan birga olib boriladi. Bunga kitobxonlar bilan ishlash jarayonida kutubxonashunoslik soxasidagi yangiliklarni va ularni baxolash, ularni amaliyotga joriy etishning shakl va usullari haqidagi ta’limot sifatida karaladi. Kutubxonashunoslikda xar qanday yangiliklar o‘rganiladi, umumlashtiriladi va targib qilinadi, ya’ni yangilik tezkorlik bilan kitobxonga etkaziladi. Albatta, yangiliklar ichida eng samaralilari tanlab olinadi va turli tadbirlar orqali amaliyotda sinaladi.
Kutubxonashunoslik fanidagi faollik kitobxonlarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va ko‘nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va boglanishli nutkni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi tamoyillardan iborat.
Kutubxonashunoslik barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan AKM, ARM va kutubxonalar faoliyatidagi samaradorlikni nazorat qilish vositasidir.
AKM, ARM va kutubxonalari faoliyatiga telekommunikatsiya vositalarining kirib kelishi jamiyatni axborotlashtirishni rivojlantirishda keskin uzgartirdi. Foydalanuvchilarning Internet resurslari bilan ishlashiga kengrok imkoniyatlar yaratildi. Foydalanuvchilarga xizmat kursatishning yangi shakllari- xujjatlarni elektron shaklida etkazish xizmat kursatishning yangicha uslubini belgilab berdi. Foydalanuvchilarga xujjatlarni takdim etish usullari murakkablashib: xujjatlarni aniqlash, ruyxatga olish va tasvirlash yullarini keltirib chikardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |