Rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,51 Mb.
bet131/160
Sana21.12.2022
Hajmi2,51 Mb.
#892731
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160
Bog'liq
maftuna

Mavzu: Tavsiyaviy suxbat

Reja:

  1. Tavsiyaviy suxbat xaqida tushuncha

  2. Tavsiyaviy suxbatning ahamiyati va axborot kutubxona muassasasalarida tutgan o‘rni

Tavsiyaviy suxbat yakka kitobxon tayyorgarligiga va uning so‘roviga bog‘liqdir.
Mutaxassis xodim kitobxonga tavsiya qilish uchun kitob tanlayotganida tarbiyaviy vazifalarga amal qiladi. U kitobxon uchun eng yaxshi dolzarb, foydali va qiziqarli kitoblar tanlashga intiladi. Kitob, eng yangi axborotlar, Web-saytlar haqida so‘zlab berish, so‘zlaganda xam kitobxonni qiziqtiradigan qilib gapirib berish zarur. Kitobdagi qiziq bir epizodni so‘zlab berish, asardan parcha ko‘yib berish, Web saxifalarni birgalikda ko‘rish mumkin. Kitob, elektron ma’lumotlarni tavsiya qilishda uning amaliy qiymati aytiladi. SHuning uchun kitobni tavsiya qilishni qiziqarli savollardan boshlash kerak.
Tavsiyaviy suxbati - kutubxonalarda olib boriladigan suxbatlarning ayniqsa, keng tarqalgan turidir. Kitobxonni tayyorlash deganda, uning o‘qish madaniyati, muayyan soxa bo‘yicha bilim darajasi nazarda tutiladi. Bunda ayni bir kitobxonning o‘ziga yaqin bo‘lgan soxaga murojaat qilishiga qarab, o‘ziga turlicha yondoshishni talab qilishini xisobga olish kerak. Kitobxonga mazkur soxa bo‘yicha tavsiya etilayotgan kitobning boshqa asarlardan farq qiluvchi o‘ziga xos xususiyatini ta’kidlab o‘tish, unda matbuotda berilgan baxo haqida, unda ko‘tarilgan masalalar haqida so‘zlab berish kerak. Tavsiya vaqtidagi suxbat xarakteri kitobxonning kitobga bo‘lgan extiyojiga xam bog‘liqdir. Kitobxonning so‘rovi juda turli-tumanligi bilan farqlanadi. Ular mamlakatning siyosiy va ma’naviy, madaniy xayoti bilan, kitobxonning ma’lumoti, uning madaniy darajasi va maqsadi bilan bog‘liq.
Kitobxonlarning talabi, extiyoji va qiziqishlarini o‘rganish Axborot -kutubxona tizimi yangicha fikrlovchi intellektual shakllangan yosh avlodni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, uni amalga oshirish esa xalqning ma’naviy uygonishiga va mamlakatning aqliy saloxiyatini oshirishga olib keladi. Yosh avlodni ma’rifatli, madaniyatli intellekt bo‘lib shakllanishida axborot-kutubxonaning xam o‘rni kattadir. Axborot-kutubxonada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muxitni vujudga keltirish, kitobxonni ma’lum yo‘nalishda tarbiyalash, uning qiziqishlarini o‘rganish, takomillashtirish ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-tarbiyaviy jixatdan dolzarb mavzu bo‘lib, uni milliy qadriyatlardan chuqur va xar tomonlama foydalangan xolda tadqiq etish davrimizning muxim talabidir.
Axborot -kutubxonada kitobxon talabini, extiyojini, qiziqishlarini o‘rganish va yangi texnologik usullardan foydalanib, fan asoslarini kitobxonlarga singdirish kutubxonashunoschilik faoliyatining bosh maqsadini tashkil etadi. Kitobxonning talabini, extiyojini, qiziqishini o‘rganish usullari orqali kitobxonning tafakkuri rivojlanadi, elektron m’lumotlarni, Internet materiallaridan foydalanish, kitob o‘qishga, mustaqil o‘z ustida ishlashga, muntazam o‘qish ishtiyoki ortadi.
Kutubxonashunoslik fanining muammoli tomoni shundaki, bu mantikiy fikr yuritish jarayonlarini (analiz va sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tasniflash (klasifikatsiyalash) va xokazo) va kitobxonlarning izlanishini (tadqiqotchilik) faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ma’naviy extiyoj, talabning kuchliligi kabilarni) xisobga olib tuzilgan axborot-kutubxona tizimining oldindan ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llash qoidalarining yangi tizimidan iborat. Shu bois u ko‘proq kitobxonda fikrlash qobiliyatining rivojlanishi, uning umumiy taraqqiyoti va e’tiqodi, intellektining shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kitobxon qiziqishini o‘rganish yo‘li bilan faollashtirishning maqsadi kitobxonni favqulodda betartib ravishda vujudga keladigan fikrlash operatsiyalariga o‘rgatish emas, balki ularning tushunchalarini o‘zlashtirish darajasini oshirishlar, xar xil muammoli masalalarni taxlil qilish (echish) uchun aqliy xatti-xarakatlar tizimini egallashga yo‘naltirishdan iboratdir. Mazkur faollik shundan iboratki, bunda kitobxon mavjud resurs elektron materiallarni taxlil qilib, ularni taqqoslab, umumlashtirib, so‘ngra undan o‘ziga tegishli, yangi axborot va ma’lumot oladi. Kitobxonlarning ijodiy izlanishga o‘rganishi, aqliy mexnat tizimini egallashga yo‘naltirilishi o‘qish ko‘nikmalari va malakalarining to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bu esa aqliy faoliyat sifatining o‘zgarishiga, ilmiy, tanqidiy, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga olib keladi. Kitobxon bilan ishlashning asosiy vazifalari:
- Kitobxonning bilimlar tizimi, aqliy vaamaliy faoliyat yuritish usullari xamda yo‘llarini o‘ziashtirish.
- O‘quv, mustaqil bilim va ijodiy qobiliyatni o‘stirish.
- Muayyan e’tiqodli, mustaqil dunyoqarashli, iymonli shaxslarni shakltantirish.
- Bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish malakasini shakllantirish (mantikiy fikrlash usullari, ijodiy izlanish faoliyati vositalarini qo‘llash ).
- Ijodiy faoliyat tajribasini umumlashtirish va yoyish.
Birinchi tavsiya qilingan kitob unga yoqishi juda muxim axamiyatga ega. Suxbat tavsifi kitobxonning individual xususiyatlariga va madaniy darajasiga bog‘liq. Masalan, qiziqishi aniq bo‘lgan, ko‘p o‘qigan kishilarga kutubxonachi fond qanday joylashganligini tushuntirib berish bilan birga, uning diqqatini mutaxassisilikka oid adabiyotga jalb etadi, ma’lumot-bibliografiya apparati bilan tanishtiradi. Tayyorgarligi kam bo‘lgan kitobxonga esa bo‘limlar qanday joylashganligini ko‘rsatish bilan cheklanmay, balki ular nimalarni o‘z ichiga kamrab olishini, xar bir bo‘lim qanday masalalarni xal qilishda ko‘maklashishini so‘zlab berishi kerak. Shuningdek, ayrim kitoblarni ko‘rsatish, ular haqida so‘zlab berish, ularni qanday tanlab olish lozim ekantigini tushuntirish lozim.
Otkazilgan birinchi suxbat haqida kitobxon formulyariga yoziladi va kutubxonachi so‘rab ulgurmagan savollar belgilab qo‘yiladi.



Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish