67
Sharqiy O‘rta yer dengizi tarixining O‘rta bronza deb nomlanuvchi davri
boshlanadi.
Er.av. XIX asrning oxirida suriya amoreylaridan bir qabila guruhi Yamxad
deb nom chiqargan katta davlat tuzishga harakat qiladi. Uning asoschisi xatto o‘z
qarorgohiga ham ega emasdi, ammo Mari shohi bilan tenglarcha yozishma qilib,
butun Shimoliy va qisman Janubiy Suriyani nazorat qilgan. Bobillik Xammurapi
va marilik Zimrilimaning zamondoshi va ittifoqchisi ikkinchi hukmdor Yamxada
podsho unvonini olib, Xalpuni (Aleppo, hozir Xaleb) o‘z poytaxti qiladi.
Yamxad
Mari bilan keng savdo qilar, bu davlatni qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari (non, zaytun moyi, uzum vinosi va asal) bilan ta'minlar edi.
Shuningdek matolar berar va o‘rniga qalay olardi.
Er.av. XVIII asr oxirida butun Sharqiy O‘rta yer dengizi bo‘ylab shimoldan
janubgacha bu vaqtga kelib Hosildor Yarim oy mamlakatlari bo‘yicha keng
joylashayotgan xurrit qabilalari o‘tadilar. Amorey Yamxadi xurritlarning “buyuk
podsholigi”, ta'sir doirasi Tavrga qadar yoyilgan Xalpa bilan almashadi.
Er.av. XVII asr boshi va XVI asr oxirida Shimoliy Suriyani xettlar nazorat qilar,
XVI asr oxiriga kelib esa u Mitanniga bo‘ysungan.
Falastin va Janubiy Suriya giksoslar Misrdan haydalgach va Sharuxen
yiqilishi bilan Misr fir'avni Yaxmos I qo‘l ostiga o‘tadi. Shunday qilib, er.av. XVI
asr oxirida Sharqiy O‘rta yer dengizi Misr bilan Mitanni o‘rtasida bo‘lib olingan.
Metallurgiya va boshqa hunarmandchiliklardagi o‘zgarishlar (xususan,
finikiyaliklar tomonidan qirmizi rang ishlab chiqarishning ochilish)
keyingi bir
necha yuz yillikni (er.av. XVI-XII asrlar) Suriya-Falastin tarixining So‘ngi bronza
davri nomi ostida ajratib ko‘rsatadi.
Uning birinchi yuz yilligi Misr va Mitanni o‘rtasidagi Sharqiy O‘rta yer dengizini
nazorat qilish uchun bo‘lgan to‘xtovsiz kurash bilan o‘tadi.
Er.av. XIII asrning birinchi choragidagi yangi Xett-Misr urushlaridan keyin,
bir yarim asr ilgari bo‘lganidek, tomonlar yana tinchlik bilan Sharqiy O‘rta yer
dengizini bo‘lib oladilar.
Suriyaning katta qismi, Kadet va Amurruni ham
qo‘shganda, xettlarga,
Janubiy Finikiya, Damashq va Falastin esa Misrga tegadi.
Bu davrning odatdagi shahar-davlati Ugarit hisoblanib, u Ikkidaryo oralig’i, Misr
va Kichik Osiyo bilan, Falastin hamda dengiz orti mamlakatlari bilan keng savdo
olib borardi.
Ugarit davlatining taraqqiyoti er.av. XV asr oxiri va XIV asr boshiga kelib
pasayadi. Mamlakatning barcha ozod aholisi uch tabaqaga bo‘linar edi: 1. “Ugarit
mamlakati o‘g’illari” mavqei borgan sari pasayib borayotgan dehqonjamoachilar.
2. Shohdan yer maydonlari oluvchi yaqinlari - “Shoh qullari”. 3. O‘z yerlariga ega
bo‘lmagan va amaldorlar yerlarida o‘tirgan - “Shoh qullari qullari”. Bular o‘z yeri
va
jamoadan ajragan, kasod bo‘lgan dehqonlar bo‘lgan.
Er.av. XII asr boshida Sharqiy O‘rta yer dengiziga egey-anatoliya xalqlari
(Misr manbalarida “dengiz xalqlari” deyilgan) bosib kiradi. Kelgindilar astasekin
mahalliy aholi “filistim”larga, ya'ni “peleset”ga qo‘shilib boradilar. Shu so‘zdan
Falastin nomi kelib chiqqan.