69
Er.av. XII asrda Isroil Falastin hududida o‘n ikki qabila ittifoqi sifatida
butunlay shakllanib bo‘ladi. Saylanuvchi sardorlar – “shofetlar”(sudyalar) oliy
kohin
hisoblanib, qabilaning ko‘ngilli qo‘shinlari ustidan qo‘mondonlik
qilardilar, tinchlik paytida esa ular qozilik qilar edilar.
Er.av. XI asr boshida Falastinda filistimlik harbiylar taxtga keladi. Isroilning
qabilaviy tizimi qarshilik ko‘rsatishga noqobil ekanini ko‘rsatadi. Filistimliklar
bilan kurashda omadli harbiy yetakchilar yetishib chiqadi. Shulardan biri – Saulni
yahudiy qabilalari Isroil shohi deb saylaydilar. Shoh hokimiyatining o‘rnatilishi
zodagonlar qarshiligiga qaramay asosiy ko‘pchilik tomonidan jadal qo‘llab-
quvvatlanadi. Saul o‘z yaqinlarini armiya mingboshisi va yuzboshisi qilib
tayinlaydi, ularga dalalar va uzumzorlar tortiq qiladi. Bu mulozamat zodagonlarni
noroziligini keltirib chiqaradi. Ammo Saul omadsiz qo‘mondon bo‘lib chiqadi.
Filistimliklardan to‘la mag’lub bo‘lgach, o‘z joniga qasd qiladi.
Uning kuyovi Dovud shohlikni qabul qiladi (er.av. 1000-965 yy.). U
markazlashgan monarxiya tashkil etish siyosatini olib boradi
G’arb olimlari tadqiqotlarida Dovud hukmronlik yillari (er. avv.1000-960y.y)
deb ko‘rsatiladi
19
.
Uning davrida Quddus qo‘shib olinib, yangi podsholik poytaxtiga
aylantiriladi. Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat boshqaruvi tuziladi.
Uning boshida oliy mansabdor shaxs turgan. Dovudning
tashqi siyosati yaxshi
yo‘lga qo‘yilgan edi. U filistimliklar bilan sulh shartnomasi tuzadi. Dovudning
o‘rniga uning o‘g’li Solomon taxtga o‘tiradi(taxm. er.av.965-928 yy.). An'anaga
ko‘ra u donoligi uchun ko‘kka ko‘tariladi, oqil va odil hakam qilib tasvirlanadi.
Solomon hukmdorligida qurilish ishlariga katta e'tibor beriladi
Sulaymon Yaxva xudosi sharafiga Quddusda
yorqin jilolangan ehrom
qurdiradi. Bu dinda montestik qarashlar olg’a surilgani ilk dinlardan biri ekanligi
bilan ahamiyatlidir
20
.
Bu barcha binolarni bunyod etish uchun Tir shohi Axiram Solomonga eng
yaxshi ustalar va rassomlarni, qurilish materiallarini yuboradi. Buning uchun
Solomon Axiramni bug’doy va zaytun moyi bilan ta'minlardi,
unga yigirmata
shaharni ham berib yuboradi. Quruvchilik faoliyatining keng yoyilishi va saroyni
ushlab turish katta mablag’lar talab qilardi. Bu esa soliqni ko‘paytirishga olib
keladi.
Isroil -Yahudiy podsholigi hududi 12 viloyatga bo‘linib, ularning har biri bir yilda
bir marta bir oy davomida saroyga oziq-ovqat keltirardi. Mehnat majburiyati
kiritilgan edi. Solomonning hukmdorligi so‘ngida davlatning tashqi siyosiy ahvoli
og’irlashadi. Shimoliy chegara ortida kuchli Damashq podsholigi paydo bo‘ladi.
Ko‘pchilik qabilalar Yahudiyadan ajralib, yangi Isroil podsholigini yaratadilar.
Keyinroq (Er.av. IX asrda) uning poytaxti etib yangitdan bunyod etilgan Samariya
e'lon qilinadi
.
19
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.145.
20
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. 2011, р.146.
70
Dovud va Sulaymon tomonidan tashkil etilgan davlat doirasida chuqur
diniy va madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Bugungi
kunda Quddusdagi buyuk
ibodatxonalardan biri dunyodagi boshqa barcha ibodatxonalardan ancha yuqori
mavqega ega
21
.
Ilohiy diniy rahbarlardan eng shavqatsizlaridan Ishayo (taxminan mil. avv.
720-yil), Ezra (taxminan mil. avv.600-yil) va Eramiya (taxminan mil. avv. 590yil)
lar o‘ziga xos monoteistik din va madaniyatni shakllantirishda asosiy rol
o‘ynashgan. Ularni yangi bir ma’bud, bir xudo va bir ma’naviy tizim g’oyasiga
qarshi) ilohiy qirg’in qilish tahdidi ham to‘xtata olmadi
22
.
Er.av. 722 yilda Ossuriya shaharni egallab oladi va Isroil davlati tugatiladi.
Janubiy podsholik yana 120 yil yashaydi. Er.av. 587 yilda bobilliklar Quddusni
bosib olib, talaydilar. Uning hududida Yangi Bobil viloyati paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: