Tayanch tushunchalar:
Qizil dengiz, Fors qo`ltig`i, Omon qo`ltig`i,
«Xushbo`y moy yo`li», Hindiston, Magan, Petra, Meluxxa, nabatey, Yaman,
Qarqara yonidagi jang, Astar, Kataban, Karnava, Marib to`g`oni, Osuriya,
kabirlar, sakral vazifalar, mugarrib, Zafar, Timna, Saba, protosinay.
Mustahkamlash uchun savollar:
1.
Qadimgi Arabiston tarixiga tegishli manbalar xaqida ma’lumot bering.
2.
Ilk davlatchilikning shakllanish jarayonlari va qo‘shni davlatlarni ta’sirini qiyosiy taxlil
eting.
3.
Arxeologik ma’lumotlar va ularda aks etgan tarix xaqida fikr yuriting.
4.
Diniy tasavvurlar va ularning xususiyatlarini tushintiring .
Ma`ruza №13
Mavzu:Karfagen davlati
Reja:
1.
Karfagen tarixining ilk davri.
2.
Karfagen G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi.
3.
Qudratli Karfagen davlatining tashkil topishi.
4.
Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar).
5.
Karfagenning siyosiy tuzumi.
6.
Karfagen madaniyati.
1.
Karfagen tarixining ilk davri. Er. avv. II-I ming yilliklar oralig`ida
finikiyaliklar G`arbiy O`rtayer dengizida ilk koloniyalarini barpo qila boshladilar.
Er. avv. I ming yillik boshlaridagi Finikiyaning Ispaniyadagi koloniyalari Gades,
Afrikadagi Utika shaharlari yirik savdo-hunarmandchilik markazlariga aylandi.
Ammo Finikiyaning barcha koloniyalari ichida Tir shahrining Shimoliy Afrikada
barpo qilgan Karfagen yoki Karxemish (yangi shahar, er. avv. 825 yoki 814-yil)
iqtisodiy jihatdan yuqori darajada taraqqiy qildi va siyosiy qudratga erishdi.
O`rtayer dengizida savdo va dengiz yo`llari kesishgan qulay joyda joylashgan
Karfagen asta-sekin kuchaya boshladi. Dastlab ko`chib kelganlar yersizlikdan
qiynalib, mahalliy aholi yerlarida yashash huquqi uchun pul to`lashga majbur
bo`ldilar. Shahar boyib borishi bilan uning atrofidagi yerlar mahaliy aholidan
sotib olina boshlandi yoki bosib olindi.
77
2.
Karfagen G`arbiy o`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarining markazi.
Er. avv. VII asrdan boshlab Karfagen tarixida ikki yuz yilga yaqin davom etgan
yangi davr boshlandi. Bu davrda Karfagen shahri G`arbiy O`rtayer dengizidagi
Finikiyaning boshqa koloniyalarining markaziga aylandi. Finikiya koloniyalari
ichida Karfagenning yetakchi bo`lishining bir qancha sabablari bor edi:
1.
Finikiyaning Osuriya va Eronga qaram bo`lishi natijasida metropoliya
bilan siyosiy aloqalarning zaiflashuvi.
2.
Yunonlarning Janubiy Italiya va G`arbiy O`rtayer dengizini faol
kolonizasiya qilishi tufayli, ularning foydali xalqaro savdo va dengiz yo`llarida
hukmron bo`lish xavfi.
3.
G`arbiy O`rtayer dengizidagi Finikiya koloniyalarini ichki taraqqiyotini
ma’lum darajada muvofiqlashtirish (koordinasiya) va hamkorlikni kuchaytirish
ehtiyoji.
Er. avv. VII asr o`rtalarida Karfagen Shimoliy Afrikadagi rivojlangan
hunarmandchilik markazi, Markaziy O`rtayer dengizining ko`p havzalarini
savdo munosabatlari bilan bog`lagan eng yirik Finikiya koloniyasiga aylandi.
Shahar hududi va aholisi tez o`sib ketdi. Karfagenning qulay tabiiy gavani
kemalarga mo`ljallangan sun'iy gavan qurish hisobiga kengaydi.
Karfagen shahar-davlat doirasidan chiqib, faol tashqi siyosat olib bordi. U
G`arbiy O`rtayer dengizining boshqa qismlarida o`z koloniyalarini barpo qila
boshladi. Shu bilan birga, bu yerda mavjud bo`lgan Finikiya koloniyalari ustidan
o`z homiyligini o`rnatdi. Karfagenning Afrikadan tashqaridagi birinchi koloniyasi
Ispaniya yaqinidagi Pitius orollaridagi Ebes (er. avv. VII asr o`rtalari) bo`ldi.
Ebesni tayanch nuqta qilgan holda Karfagen Ispaniyaga kirishga yo`l
bermayotgan Finikiya koloniyasi Gadesni tor-mor qilib, er. avv. VII-VI asrlarda
Pireney yarim oroli janubiga o`rnashdi. Yunonlar Karfagenni
Ispaniya sharqiy qirg`og`ida o`rnashib qolishiga yo`l bermadilar. Karfagen
Sitsiliyada faol harakat qilib, orolning g`arbidagi Finikiya koloniyalarini o`z
nazorati ostiga oldi. Karfagen er. avv. VI asr o`rtalariga kelib, Ispaniyadagi
mulklari bilan Janubiy Sisiliyaning g`arbi, Pitius orollari va Shimoliy
Afrikagacha cho`zilib ketgan yirik davlat birlashmasi markaziga aylandi.
Karfagen er. avv. VI asr oxirida Yaqin Sharqda o`zgargan xalqaro ahvoldan
yaxshi foydalandi. Bu vaqtda Old Osiyoda o`tmishda qudratli bo`lgan Osuriya,
Misr kabi davlatlar zaiflashib qoldi. Yangi qudratli davlat
Ahmoniylar Eroni butun Old Osiyoda va Shimoliy Afrikada o`z ta’sirini o`tkaza
boshladi. Karfagen Ahmoniylar Eroni bilan aloqa o`rnatdi. Bu aloqa Karfagen uchun
noqulay bo`lsada, lekin Karfagen Sitsiliya va uning janubiy qismini, Janubiy Italiya,
Korsika va Sardiniyani yunon shaharlariga qaram bo`lishiga qarshi faol siyosat olib
borish imkoniyatiga ega bo`ldi. Er. avv. VI asr o`rtalarida Karfagen Markaziy
Italiyadagi etrusklar bilan do`stona shartnoma tuzdi. Er. avv. 535 yilda Karfagen–
etrusklarning birlashgan floti Korsika yonidagi Alali jangida yunon flotini yanchib
tashladilar. Karfagen Sardiniya janubini egallashga muvaffaq bo`ldi. Natijada
yunonlarning Ispaniyaga ta’siri kamaydi. Er. avv. V asrda Bolqon yarim orolida yunon
78
shahar-davlatlarining zaiflashuvi natijasida Kichik Osiyoning g`arbidagi barcha
yunon shahar-davlatlari Ahmoniylar Eroni ta’siri ostiga tushib qoldi. Ahmoniylar
Yevropa tomon yurish qilib, Bolqon yarim oroliga ham bostirib kirdi. Er. avv. V asrda
Eronning Yunonistonga bostirib kirishidan foydalangan Karfagen qulay payt poylab,
Sitsiliyadagi yunon shaharlariga hujum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz chiqdi.
Oqibatda Karfagen Sitsiliyaning g`arbida o`zining bir necha shaharlarini zo`rga saqlab
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |