Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

3.
 
Qudratli 
Karfagen 
davlatining 
tashkil 
topishi

Karfagenning 
gullabyashnagan davri er. avv. V asr o`rtalaridan-er. avv. III asr o`rtalariga to`g`ri 
keladi. Sitsiliyadagi yurishlarda mag`lub bo`lgan Karfagen o`z tashqi
siyosatining asosiy yo`nalishini Shimoliy Afrikaga qaratdi. Karfagen hozirgi 
Tunis va Jazoir qirg`oqlarini va bu hududlarning ichki hosildor yerlarini
kolonizasiya qila boshladi. Karfagen dengizchilari Mavritaniya, Marokkoning 
Atlantika okeani qirg`oqlariga chiqib, bu yerlarda manzilgohlarga asos soldilar. 
Er. avv. VII asrda Karfagen dengizchisi Gannon 60 kema va 30 ming kishilik 
dengiz ekspeditsiyasi bilan Atlantika qirg`oqlarini tekshirdi. Afrikada katta-katta
hududlarni bosib olinishi, Ispaniya janubidagi, Sardiniya orolidagi va Sisiliya 
g`arbidagi koloniyalar Karfagenni ko`p sonli aholiga ega bo`lgan, iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan qudratli va katta imkoniyatlarga ega imperiyaga aylantirdi. O`z
savdogarlarini himoya qilish, muhim savdo yo`llarini o`z qo`lida saqlab turish 
uchun Karfagen boshqa davlatlar bilan o`nlab shartnomalar tuzdi va faol tashqi 
siyosat yuritdi. Bu Karfagenning G`arbiy O`rtayer dengizi havzasida uzoq vaqt
yetakchi o`rinni egallashiga qulay shart-sharoit yaratdi.
4.
 
Karfagendagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (er. avv. V-III asrlar). Er. avv. 
V-IV asrlarda Karfagen O`rtayer dengizidagi vositachi savdoning markazi edi. 
Karfagen Sharqiy O`rtayer dengizining turli viloyatlariga, yunon shaharlariga va 
Pireney yarim orolining Atlantika qirg`oqlariga turli mahsulotlar yetkazib berdi. 
G`arbiy O`rtayer dengizida Karfagenning savdo manfaatlarini himoya qiladigan 
Rim bilan uchta shartnoma tuzildi. Er. avv. V-III asrlarda Karfagen yirik 
hunarmandchilik markazi edi. Kulolchilik, zargarlik va qurolsozlik ustaxonalarida 
oliy navli mahsulotlar tayyorlandi. Karfagenliklar mohir quruvchi bo`lganlar. 
Karfagen shahri mustahkam devorlar bilan o`rab olingan edi. Shahar ichida 
ibodatxonalar, saroylar, zodagonlar, oddiy fuqarolar uylari, ombor va doklar 
(kema ta`mirlanadigan va quriladigan joy) qurildi. Kemasozlik yuqori darajada 
rivojlandi.
Karfagen bepoyon ekin yerlariga ega edi. Dehqonchilik quldorlik xo`jaliklarida 
asosiy soha edi. Tokzorlar, zaytun daraxtlari, bog` va polizlar mo`l-ko`l hosil 
berar edi. Er. avv. VI-III asrlarda Karfagenda rivojlangan qulchilik unsurlari
bo`lgan quldorlik jamiyati mavjud edi. Shu bilan birga, erkin ishlab 
chiqaruvchilar ko`p edi. Karfagen shahrining o`zida 200 ming aholi yashar edi. 
Oliy tabaqa yirik yer egalari, katta savdogarlar va kohinlardan iborat edi. Sharq
mamlakatlaridan farq qilgan holda Karfagenda byurokratik boshqaruv apparati 


79
yo`q edi. Mamlakatning iqtisodiy qudrati asosini ko`p sonli qullar va qaram 
aholini shafqatsiz talash tashkil qildi
G’arbdaKarfagenliklar o‘zlarining oltin tangalarini birinchilardan bo‘lib 
muomalaga chiqaradilar, lekin biroz vaqt o‘tib, ular chiqargan oltin tanga 
qadrsizlanadi va boshqa metallardan tangalar zarb qila boshlaydilar. 
Karfagenliklar Gárbiy Osiyo va O‘rta yer dengizida pulini ko‘p chiqarish orqali 
boshqa muomaladagi pullarni qadrini tushirib yuboradilar. Milloddan avvalgi 
270-260 yillar Rimning katta tazyiqi ostida tangalar chiqardilar. Milloddan 
avvalgi 264-241 yillar Rim bilan bo‘lgan urushda, Rimga katta miqdorda o‘lpon 
to‘ladilar
25
.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish