Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

Tayanch tushunchalar: 
Attika, akropol, ioniy, fil, fratriya, areopag, 
yevpatridlar, geomor, demurg, arxont, Kilon, gippeylar, Drakont, “seysaxteyya”, 
Solon, pentakosimedimn, medimn, suvoriylar, zevgit, fet, goplit, Bule, gelieya
Pisistrat, tiraniya, Gomer, demos, Klisfen, Gippey, Gipparx.
Mustahkamlash uchun savollar: 
1.
Yunon- Eron urushlari tugagandan so‘ng Afinadagi siyosiy vaziyatni yoritib 
bеring.
2.
Salon islohotlari va uning amaliy natijasi qanday bo‘ldi?
3.
Gеrodot asarlarida Afinadagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy axvolni yoritilish 
holatini izohlang.
4.
Pеrikl davrida Afinaning qudratli davlatga aylanishi va uning qo‘shni davlatlarga 
ta'siri qanday bo‘ldi?
5.
Fukidid asarlarida yunon dunyosiga bеrilgan baxo va uning tahlili qanday?
6.
Solon va Klisfen islohotlariни yoritib bеring.
7.
Afina davlat qurilishiни (er. avv. V asr). yoritib bеring.
8.
Polis-davlatda fuqaro ta'siri qanday bo‘ldi?
Ma`ruza№28 
Mavzu: Sparta davlati
Reja: 
1.
 
Sparta jamiyati.


153
2.
 
Spartada davlat tarbiyasi. 
3.
 
Davlat tuzumi.
4.
 
Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi. 
1. Sparta jamiyati.
Qadimgi Spartaarxaik va klassik davrlarda
Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Spartapolisi va davlatchiligining 
boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga to`g`ri keladi. Doriy 
qabilalari er. avv. XII-XI asrlarda Peloponnes hududiga o`rnashdilar va er. avv. 
XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik 
uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi 
Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o`rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta 
manzilgohi paydo bo`ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb 
atadilar. Ko`pchilik doriylar bo`lg`usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni 
birlashtirgan Sparta manzilgohiga o`rnashdilar. 
 
Mahalliy axey aholisining bir qismi bo`ysundirilib, qolgan qismi qirib 
tashlandi. Sparta davlatining paydo bo`lishi qisqa vaqt ichida boshqa keng 
hududlarni bosib 
olish bilan 
belgilanadi. 
Doriylar 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning quyi bosqichida, urug` munosabatlarining yemirilish davrida turar 
edilar. Bu hol Spartra davlatida urug`chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt 
saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o`ringa 
chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. 
avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, 
keyin esa, Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy 
o`lka Spartaning kam sonli to`la huquqli fuqarolari tomonidan bo`lib olindi.
Mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.
Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga
bo`ldilar. Har bir to`la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib 
olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar 
xo`jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so`ng, Sparta 
G`arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa, sharq va shimoldagi Agros, 
Arkadiya viloyatlarini ham o`ziga qo`shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi 
bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, 
Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiyaittifoqga kirishga 
majbur bo`ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo`lib, qaror ko`pchilik 
ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga 
o`z qo`shinining 1/3 qismini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o`rtasida aloqa zaif 
bo`lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga 
aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) 
bevosita o`z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik 
mavqei kuchli edi.


154
Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o`rniga hech kimga shubha yo`q edi. Bu 
ittifoq o`sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi. Yunon dunyosida eng 
harbiylashgan davlat ham aynan Sparta edi
57
.
Davlat masalalari haqida erkaklar bilan aqlli suhbatlar qilgan ayollar qattiq 
tanqid qilingan. Spartalik ayollar bundan mustasno edi va ular jamiyat ishlarini 
erkaklar kabi amalga oshirgan yoki hazil va adovat bilan boshqa yunon shahar 
davlatlarining erkaklaridan o‘zlarining huquqlarini talab qilib mulklarini saqlab 
qolgan.
58

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish