150
3.
Zevgitlar-ikkita eshak aravaga ega bo`lgan og`ir qurolli
piyodalar.
4.
Fetlar-hunarmandlar.
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi mumkin edi.
Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimnlar da’vo qilishlari mumkin edi.
Fetlar polisning bevosita boshqaruvidan chetlashtirildilar. Xalq yig`inieklessiyada
oddiy fuqarolar davlatning umumiy siyosatini belgilashda mansabdor shaxslarni
saylashga ta’sir ko`rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)ga
ishtirok etib,
mansabdor shaxslarning suiste’mollarini yo`q qilishlari mumkin edi.
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi-maslahatchilar sudi
(gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari
polis boshqaruvini demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo`lmaganligi
sababli, zodagonlar hokimiyatini to`la tugata olmadi.
Solon islohotlari bo`lg`usi Afina demokratiyasining kurtagi edi. Arxont va
areopagning roli o`zgarmadi. Polisning urug`, fillarga bo`linishi saqlanib qoldi.
Islohotlar fillarda urug` huquqining yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina
fuqarosi o`z mulkini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o`rgatmagan
o`g`il keksaygan otasiga g`amxo`rlik qilish majburiyatidan ozod qilindi. Er. avv.
VI asr boshlaridagi islohotlar barcha ijtimoiy muammolarni yecha olmadi. Solon
o`z islohotlarini o`tkazib bo`lgach,
arxont vazifasini topshirib, Sharq
mamlakatlari bo`ylab uzoq sayohatga chiqdi. Afinada keskin ichki siyosiy kurash
boshlandi. Tez orada kuchli ijtimoiy ziddiyatlar Afinada Pisistrat tiraniyasining
o`rnatilishiga olib keldi. Pisistrat va uning o`g`illari tiraniyasidan so`ng, Afinada
turli ijtimoiy qatlamlar o`rtasida kurash kuchayib ketdi.
Klisfen boshchiligida savdo-hunarmand tabaqalari urug`
zodagonlari
hokimiyatini yo`qotishga urindilar. Klisfen ma’muriy-hududiy islohot o`tkazdi.
Er. avv. VI asrda Afinada demosning zodagonlarga qarshi uzoq kurashi natijasida
demokratik tartib-qoidalar g`alaba qildi. Natijada Afina ko`ngilli qo`shinlari
tarkibi ham o`zgardi. Uning asosiy qismini og`ir qurollangan jangchi-goplitlar
tashkil etdi. Ular ko`p sonli uchinchi toifa zevgitlardan to`ldirilgan. Fetlar yengil
qurollangan jangchilar va harbiy flot matroslarini tashkil etdilar.
Afina siyosiy ustqurmasida zodagonlar tayanchi bo`lgan areopagga qarshi
turgan To`rt yuzlar kengashi (Bule) tashkil etildi. Kengash a’zolari to`rt fildan
yuztadan
fuqaro saylanadigan, muntazam faoliyat ko`rsatadigan organ bo`ldi.
To`rt yuzlar kengashi xalq yig`inida ko`riladigan va tasdiqlanadigan masalalarni
tayyorlar edi. Xalq yig`ini (ekklesiya) to`la qonli barcha vakolatlarga ega bo`lgan
boshqaruv organi bo`lib, fuqarolarning barcha qatlamlari ovoz berish va uning
ishida qatnashish huquqiga ega bo`ldilar. Xalq yig`ini muntazam yig`iladigan
bo`ldi (er. avv. V asrda yiliga 40 marta yoki 9 kunda 1 marta).
Do'stlaringiz bilan baham: