Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

3. Davlat tuzumi. 
Sparta davlati aristokratik xarakterga ega edi. Butun 
hokimiyat periek va ilotlar ustidan hukmronligini o`rnatgan tor doiradagi 
spartaliklar qo`lida edi. Davlat tepasida ashdod va yevrionit urug`lariga mansub 
bo`lgan ikki podsho turar edi. Ular asosan harbiy boshliqlar bo`lib, tinchlik 
vaqtida ba’zi kohinlik vazifalarini, qisman sud majburiyatlarini amalga 
oshirganlar. Ikki podsho ham oqsoqollar kengashi (gerusiya) tarkibiga umrbod 
kirgan. Podsholar hokimiyati xalq yig`inining keng vakolatlari bilan cheklab 
qo`yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo`shinga boshchilik qilgan, ammo 
ular rahbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo`lganlar. Xalq 
yig`ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega bo`lgan. 
Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga ega edi.
Fuqarolik ishi bo`yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga 
oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini 
ham nazorat qilganlar.


156
Spartaliklar ko‘proq shaharlarning savdo manfaatlarini o‘ylab, 
“korrupsiya”dan qochib pul va qul mehnatini rad etdi. Shu bilan birga, Sparta 
qudratli harbiy davlat bo‘lgan va boshqa yunon shahar-davlatlaridan g’ayritabiiy 
siyosati bilanjralib turgan
59
.
Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga 
ko`ra, eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar. Er. avv. XI asrdan 
boshlab esa, xalq yig`ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi 
podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ sifatida paydo 
bo`ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo`shimcha oliy organiga 
aylandi. Besh Sparta qishlog`ining har biridan bittadan efor bir yil muddatga 
saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga ega edilar. Hamda har qanday 
spartaliklarni, hatto, geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga 
ega edilar. Bundan tashqari, ular Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta 
qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini 
boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo`rqitish tadbirlarini amalga oshirishga 
rahbarlik qildilar.
Podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo`lgan, yigirma sakkiz aslzoda 
keksadan tuzilgan kengash (gerusiya) majlisiga boshchilik qilganlar. Gerusiyada 
xalq yig`iniga ko`riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar 
bo`yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig`ini-appelaga 
boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ishdan chetlatish, 
zaruriyat bo`lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega 
edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo`lida edi. Podsholar ba’zi umrbod 
imtiyozlarga (harbiy o`ljalarning 1/3 qismiga egalik qilish, tantanali dafn qilish va 
h.k.) ega bo`lsalarda, eforlarning kuchli hokimiyati ularni podsholar bilan bir 
qatorda qo`yar edi. Bu tashqi tomondan quyidagi odatda ifodalangan edi. Boshqa 
spartaliklardan farq qilgan holda eforlar podsholar ko`ringanda o`z o`rinlaridan 
turmaslik huquqiga ega edilar.
Xalq yig`ini-appelada 30 yoshga yetgan barcha spartaliklar ishtirok etar 
edilar. Sparta appelasi masalalar qizg`in muhokama qilinadigan, oddiy fuqaro
faol so`zga chiqadigan Afina eklessiyasidan keskin farq qilar edi. Appelada oddiy 
spartaliklarning ovozi faqat favqulodda holatlarda eshitilar, barcha qarorlar eforlar 
va gerusiya a’zolari tomonidan taklif etilar edi. Appela masalani muhokama 
qilmas, bahslashmas, faqat ovoz berar edi. Spartaliklarning davlat qurilishi ana 
shunday edi. Bu davlat qurilishi qonunshunos Likurg tomonidan amalga 
oshirilgan islohotlar natijasi edi. Likurg Sparta podsholaridan birining tog`asi 
bo`lib, o`z jiyanining yoshi kichik bo`lganligi uchun davlatni boshqargan edi. 
Likurgning islohotchilik faoliyatining asosida to`la huquqli spartaliklarning yaxlit 
hukmron tabaqasi hamda qaram ilotlar va perieklar ommasi noroziligining 
ko`rinishini har qanday lahzada bostirishga qobil bo`lgan va tashqi hujumni 
qaytaradigan kuchli harbiy tashkilotni yaratish yotar edi. Sparta davlatining 
59
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.194. 


157
konservativ holati uni zaiflashtirar edi. Sparta to er. avv. IV asrning ikkinchi 
yarmigacha shu holatda yashadi.
Er. avv. IV asrning II yarmidan butun yunon dunyosini qamrab olgan
ijtimoiy va madaniy o`zgarishlar Spartaga ham ta’sirini o`tkaza boshladi. 
Spartaning maqtalgan tenglar jamiyati buzildi. Spartalik erkaklarning barchasi 
uchun harbiy xizmat majburiy edi. Spartaliklar 7 yoshdan 18-20 yoshgacha harbiy 
ta’limni o`rganib, 20 yoshdan 60 yoshgacha harbiy xizmatda bo`lganlar. Jangda 
qo`shinning oldingi qismida ilotlar

perieklar borgan. Ulardan keyin, yosh 
spartaliklar, oxirida 60 yoshgacha bo`lgan keksalar jangga kirishgan. Sparta 
qo`shini er. avv. VI-V asrlarda Yunonistondagi eng yaxshi tashkil etilgan 
intizomli va kuchli qo`shin edi. Qo`shinlar 12 ta harbiy qismga (loxga) bo`lingan. 
Harbiy qism tepasida harbiy boshliq (loxak) turgan. Qo`shinga qo`mondonlikni 
podsholar amalga oshirgan. Ularga harbiy ishlarda harbiy maslahatchilar yordam 
bergan. Qo`shin tarkibida 300 ta suvoriy askar bor edi. Suvoriylar urush vaqtida 
podsholarni qo`riqlaydigan, tinchlik vaqtlarda esa, mamlakat xavfsizligini 
ta’minlaydigan o`ziga xos otliq gvardiyani tashkil etgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish