Rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidаgi toshkent dаvlаt pedаgogikа universiteti



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/170
Sana19.02.2022
Hajmi2 Mb.
#457700
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170
Bog'liq
jahon tarixi

2. Ellin Misri. 
Sharqdagi boshqa ellindavlatlari kabi Ptolemeylar podsholigi 
ham bir necha ming yillik madaniyat va qadimiy an’analar rivojlangan qadimgi 
Sharq mamlakatlaridan birini bosib olish natijasida paydo bo`ldi. Ptolemeylar 
davlati ellin davlatlari ichida eng boyi va bepoyoni edi. Ptolemeylar sulolasi 100 
yil davomida faol tashqi siyosat olib borib, Misrni haqiqiy imperiyaga 
aylantirdilar. Uning asosini Misrning an’anaviy tarixiy geografik chegaralari 
tashkil qildi. Ellin Misrining sharqiy chegaralari Ptolemey hukmdorlarining tashqi 
siyosati yutuqlari va mag`lubiyatlari bilan o`zgarib turdi. Er. avv. III asr 
boshlarida Ptolemeylar Misrdan tashqari, Sharqiy O`rtayer dengizi qirg`og`ining 
barcha orollarini nazorat qildilar. Lekin Salavkiylar va Makedoniya bilan bir 
necha urushlar natijasida er. avv. II asr boshlarida bu hududlar Misrdan ajralib 
ketdi.
 
Misrda hukmronlik qilgan ellin sulolasining asoschisi makedon 
zodagonining o`g`li, harbiy boshliq, Iskandarning safdoshi Ptolemey Lag edi. 
O`zi keksayib, o`z tabiiy o`limi bilan vafot qilgan Iskandarning birdan-bir diadoxi 
edi(er.avv. 283-yil). Antik mualliflar Ptolemey Lagni Soter (Qutqaruvchi) deb 
nomlaydilar. Chunki u Misr xalqini Iskandar tayinlagan noib Kleomenzulmidan 
ozod qilgan hisoblanadi.
Bosqinchilar mamlakat boshqaruvida minglab yillar davomida saqlanib 
qolgan an’anaviy, ma’muriy tizimni saqlab qoldilar. Faqat yuqori lavozimlarda 
turgan fors va Misr amaldorlarini o`rniga yunon-makedonlar o`tqazildi. 
Ptolemeylar qadimgi fir`avn-podshoning mutloq hokimiyati, ko`p tarmoqli davlat 
apparati, ko`p sonli amaldorlar, qat’iy markazlashgan davlat hokimiyati va uning 
mamlakat xo`jalik hayotiga faol aralashuvini saqlab qoldilar.
Yangi sulola Misr fir`avnlaridan mamlakatni hududiy bo`linishi, nom 
tiziminimeros qilib oldilar. Faqat nomlar sonlarini o`zgartirib, ularni qayta tashkil 
qildilar. Dastlab nomlarni podsho tayinlagan nomarxlar boshqardilar. Er. avv. III 
asr oxiridan nomarxlar qo`lida hududning moliyaviy sohasigina qoldirilib, 
ularning oliy ma’muriy hokimiyati harbiy soha bilan boshqa mansabdor-
strateglarga berildi. Ptolemeylar mamlakatning iqtisodiyoti va mafkurasida 
muhim o`rin tutgan mahalliy kohinlar va ibodatxonalar mavqeini fir`avnlar 
davridagidek, o`zgarmagan holda saqlab qoldilar. Lekin ularning faoliyati davlat 
nazoratiga olindi. Ibodatxonalar oldida podshoning maxsus vakillari-
epstatlarkohinlarning diniy va iqtisodiy faoliyati ustidan nazorat qilib turdilar.


173
Yunon-makedonlar kelishi arafasida Misrning iqtisodiyoti so`nggi tosh davri 
ibtidoiy texnikasi darajasida bo`lib, faqatgina qisman takomillashtirilgan mis va 
jez qurollariga asoslangan edi. Yunon-makedonlar kelishi bilan mamlakat 
xo`jaligida haqiqiy to`ntarish bo`ldi. Qishloq xo`jaligida temir mehnat qurollari 
paydo bo`ldi. Bobildan ekin ekadigan moslama (seyalka) olib kelindi. Qishloq 
xo`jaligida yangi texnik moslamalar-vino va zaytun yog`ini olish uchun vintli 
press(Arximed vinti)dan foydalana boshlanishi dehqonlarning mehnatini 
yengillashtirdi. Yangi ekinlar paydo bo`ldi va ishlov beriladigan yer 
maydonlarining hosildorligi keskin o`sdi. Fir`avn Nexo kanali qayta tiklandi. 
Tashlab qo`yilgan ko`plab yerlar o`zlashtirilib, sun`iy sug`orish inshootlari qayta 
ishga tushirildi.
Hunarmandchilik shaharlarda to`planib, qishloq xo`jaligida qaraganda, bu 
sohada qul mehnati keng qo`llandi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozor uchun 
ommaviy ravishda ishlab chiqarildi. Kemasozlik, uy-joy va jamoat binolarining 
qurilishi, metall va sopol idish-tovoqlar, gazlamalar, mebellar va zargarlik 
buyumlari tayyorlash keng rivojlandi. Yuqori sifatli hunarmandchilik 
mahsulotlari eksport qilindi.
Ptolemey I savdo-hunarmandchilik, qishloq xo`jaligini rivojlantirish 
maqsadida o`zining tanga pullari-oltin stater, kumush tetradraxma va mis 
obollarni zarb qila boshladi. Oltin va kumush qazish, tanga zarb qilish, turli xil 
pul ayirboshlash davlat monopoliyasiga aylantirildi hamda chet el tanga pullarini 
ishlatish ta`qiqlandi. Misr iqtisodiyoti va tashqi savdosida o`ziga xos qog`oz 
vazifasini bajargan papirusni ishlab chiqarish ham davlat monopoliyasiga 
aylantirildi.
Ptolemey I va Misrni boshqargan uning vorislari (Ptolemey II(247-yil vafot 
etgan), Filadelf III, EvergetIII
,
Filopator IV, (240-221yil) Epifan V) deyarli yuz 
yil davomida faol tashqi siyosat olib borib, ellin dunyosida yetakchilik qilishga
da’vo qildilar. Ular Misrni Old Osiyoda kuchli davlatga aylantirishga bor 
kuchlarini sarfladilar. Bu podsholar davrida Misr dengizda hukmdor bo`ldi. 
Finikiya, Kelesiriya, Kirena va Kipr Misr davlatining tashqi viloyatlari edi. 
Tarixchi Appianning ma`lumotlariga ko`ra misrning harbiy kuchlari 200 000 
piyoda, 40 000 otliq, 2000 jang aravasi, 15000 harbiy kema va 300 fildan iborat 
bo`lgan. Ptolomey II davrida davlat xazinasida 740000 misr talanti bo`lgan. 
Iskandariya shahri- poytaxt, fan-san`at o`chog`i, xalqaro savdo markaziga 
aylandi.
Ptolemey V Epifanning er. avv. 180-yil o`limidan so`ng, tashqi siyosatda 
qiyinchiliklar tug`ila boshladi. Sharqda Rimning faol istilochilik urushlari 
Misrning tashqi siosatiga katta putur yetkazdi. Natijada tushkunlikning uzoq 
davri boshlanib, er. avv. 30-yilda Misrning Rim istilosi bilan tugallandi.
Er. avv. III asr o`rtalarida Misr kuchli harbiy flot va qo`shinga ega edi.
Ptolemeylarning asosiy raqiblari-Makedoniya, Bobil va Kichik Osiyodagi ba’zi 
davlatlar bo`lgan. Ptolemey IV Filopator davri (er. avv. 222-205-yillar) Misr 


174
tashqi siyosiy yutuqlarining eng oliy nuqtasi bo`ldi. Misrning mavqei Old 
Osiyoda kuchayib ketdi. Lekin bu vaqtinchalik edi.
Er. avv. I asr boshlarida Rimning mulklari Misr chegaralarigacha yetib bordi. 
Ptolemeylar sulolasini o`zaro nizolar va xalq harakatlari zaiflashtirdi. Ptolemey 
IX er. avv. 88-yil Fivada boshlangan qo`zg`olonni 3 yildan so`ng, qo`zg`olon 
markazi bo`lgan Fiva shahrini buzib tashlash bilan bostirdi. Er. avv. 70-yillardan 
Rim davlati Misrning ichki ishlariga faol aralasha boshladi. Ptolemey sulolasining 
bir necha vakillari Rim yordami bilan hokimiyatni boshqardilar. Keyingi 15 yilda 
O`rta Misr nomlarida norozilik harakati kuchaydi. Rim senatida bir necha bor 
Misrni bosib olish masalasi muhokama qilindi. Ammo hali kuchli bo`lgan bu 
davlatga qarshi senat urush boshlashga jur`at qila olmadi. Er. avv. 48-yil Yuliy 
Sezar 8 oylik urushdan so`ng, Misrni ittifoqchi davlat sifatida Rimga qo`shib olish 
bilan cheklandi. Sulolaning so`nggi vakili Kleopatra rimliklar yordamida taxtga 
keldi. Oktavian er. avv. 30-yil Misr davlatini tugatib, Misrni Rim provinsiaysiga 
aylantirdi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish