2. Iskandarning Sharqqa yurishlari.
Filipp II Eron bilan urushga jiddiy
tayyorgarlik ko`ra boshladi. Bu davrda imperiya ancha zaiflashgan edi. Er. avv.
360-yillarda satraplarning isyonlari, Finikiya shaharlarining qo`zg`olonlari yuz
berib, Misrning mustaqillikka intilishi kuchaydi. Eronning so`nggi qudratli
podshosi Artakserks III Ox 20 yil davomida yemirilayotgan davlatni bir qadar
mustahkamladi. Ammo shijoatli hukmdor o`z a`yonlari tomonidan zaharlab
o`ldirildi. Podsho Artakserksni zaharlab o`ldirgan qudratli haram og`asi Bagoy
amalda hokimiyatni qo`lga oldi. U mamlakatni boshqarishda uning mavqeiga
164
putur yetkazmaydigan zaif bir shaxsni taxtga o`tqazishni niyat qildi. Bagoy
qo`g`irchoq hukmdor sifatida ko`plarga tanish bo`lmagam Armaniston satrapini
Doro III nomi bilan taxtga o`tqazdi. Yangi podsho Bagoyni hokimiyatdan
chetlashtirib, o`z hokimiyatini mustahkamlashga kirishdi.
Makedoniya esa, bu davrda yunon dunyosida o`z mavqeini mustahkamlab,
Sharqqa yurishda faol tayyorgarlik ko`ra boshladi. Filipp II er. avv. 336-yil
Kichik Osiyoning g`arbiy qirg`og`ini bosib olish uchun 10000 makedon
qo`shinini jo`natdi. Ammo Sharqqa yurish g`oyasini amalga oshirish Filipp II ga
nasib etmadi. Bu g`oyani uning o`g`li Iskandar amalga oshirdi. Iskandar taxt
vorisi va oqsuyak oilaning farzandiga munosib bo`lgan ta’lim-tarbiyani oldi.
O`sha davrda hali mashhur bo`lmagan faylasuf Aristotel (Arastu) uning
o`qituvchi va tarbiyachilaridan biri bo`ldi. Filipp II o`g`lini davlat boshqaruv
ishlariga asta-sekin torta boshladi. Iskandar er. avv. 340-yilda Shimoliy
Yunonistonning tog`li hududlaridagi qabilalardan birining qo`zg`olonini bostirib,
birinchi bor o`zini kuchli sarkarda ekanligini ko`rsatdi.
Er. avv. 336-yil yozida Filipp II qizining to`yida o`z qo`riqchisi tomonidan
o`ldirildi. Uning 20 yoshli o`g`li Iskandar (356-323 йй) podsho hokimiyatini
egalladi. Filipp II ning o`limidan foydalangan yunon shaharlari Fiva shahri
boshchiligida Makedoniyaga qarshi qo`zg`olon ko`tardilar. Yunonlar uchun
kutilmagan holda Iskandar bu qo`zg`olonni shafqatsiz bostirdi. Fiva shahri buzib
tashlandi va uning tirik qolgan qo`zg`olonchi aholisi qul qilib sotib yuborildi.
Iskandar Eron bilan bo`lg`usi urush katta tayyorgarlikni talab qilishini bilar
edi. Bu forslarning hushyorligi yo`qotish uchun Kichik Osiyodagi makedon
qo`shinini chaqirib oldi. Ammo Fors davlati mavjud makedon bosqiniga qarshi
hech qanday tayyorgarlik ko`rmadi. Ikki yildan so`ng, er. avv. 334-yilda
nihoyatda puxta tayyogarlikdan keyin, makedon qo`shinlari Gellespont
bo`g`ozidan o`tib, Osiyo hududiga kirdi. Qo`shin 30 ming piyoda, 5 ming otliq,
160 harbiy kemadan iborat edi. Urush e’lon qilish uchun bahona bo`lib, er. avv.
V asr o`rtalarida yunon-fors urushlari davrida yunon ibodatxonalarining forslar
tomonidan oyoq-osti qilinishi bo`ldi. Bu mafkuraviy shiordan Iskandar
yunonmakedon kuchlarini birlashtirishda foydalandi.
Forslar bilan birinchi jang Kichik Osiyodagi Granik daryosi bo`yida bo`ldi
(er. avv. 334-yil). Bu jangda yunon-makedonlar Eronning Kichik Osiyo satraplari
va yunon yollanma askarlari qo`shinlari bilan jang qildilar. Eron podshosi Doro
III va uning muntazam qo`shini Granik jangida ishtirok etmadilar. Bu jangdan
so`ng, Iskandar Kichik Osiyo qirg`og`idagi yunon shaharlarini forslardan ozod
qildi va Kichik Osiyoning katta qismini bo`ysundirdi. Sard va Gordiy shaharlari
ishg`ol qilindi. Galikarnas shahri forslarga sodiq qolib, makedonlarga qattiq
qarshilik ko`rsatdi.
Kichik Osiyoni bosib olishni tugallab, Iskandar Kilikiya orqali Shimoliy
Suriyaga o`tdi. Er. avv. 333-yil kuzida Issa shahri yonida yunon-makedonlar Doro
III qo`shinlari bilan to`qnashdilar. Har ikki tomon uchun bu jang og`ir bo`lib, katta
qurbonliklar berildi. Fors qo`shinlari son jihatdan yunonmakedonlardan ko`ra
165
ko`p edi. Doro III og`ir jangda o`zini yo`qotib qo`ydi va jang natijasini kutmay,
jang maydonini tashlab ketdi. Hattoki, Doro III qarorgohdagi o`z oilasini ham
tashlab ketdi. Iskandar juda katta qiyinchilik bilan g`alaba qozondi. Bu jang
Suriya va Falastin qirg`og`ini bosib olish uchun yo`l ochdi.
Damashq shahrida Doro III ning xazinasi bosib olindi. Bu Iskandar
qo`shinlarining moddiy ta’minotini ancha yaxshiladi. Tir va G`azo shaharlari
bosqinchilarga
qattiq
qarshilik
ko`rsatdi.
G`azoning
bosib
olinishi
yunonmakedonlarga Misrga yo`l ochdi. Doro III yordamidan mahrum bo`lgan
fors satrapi g`oliblarga taslim bo`ldi. Misrliklar fors zulmidan Iskandarni xaloskor
sifatida kutib oldilar.
O`rtayer dengizi qirg`og`ida, Nil daryosi bo`yida er. avv. 331-yilda Iskandariya
shahriga asos solindi. Bu shahar Misrda yangi hokimiyatning markazi, muhim
savdo porti bo`lib xizmat qildi. Misr hududida bu shaharga asos solinishi Sharqda
shaharlar qurilishi siyosatini boshlanishi edi. Iskandar Memfis shahrida toj kiydi
va bu bilan Misrda o`z hokimiyati qonuniyligini ta’kidladi.
Er. avv. 331-yil bahoridan Sharqqa yurishning ikkinchi bosqichi boshlandi.
Dajla daryosidan uzoqda bo`lmagan Gavgamelaqishlog`i yaqinida 1oktabr kuni
Iskandar va fors qo`shini o`rtasida hal qiluvchi jang bo`ldi. Jang boshlanishida
fors qo`shini makedonlarning o`ng qanotini buzib tashladi. Markazda Iskandar
fors qo`shinining o`rtasiga o`z otliqlari bilan kirib oldi. Forslar jang aravalari va
fillarni jangga tashladilar. Ammo Doro III Issa yonidagi jangda bo`lganidek,
davom etayotgan jangni yutqazilgan deb hisoblab, yana jang maydonini tashlab
qochdi. Iskandar qo`shinlari hech qanday qarshiliksiz jadallik bilan butun
Mesopotamiyani bosib o`tib, Suza shahri va Ahmoniylar davlatining markaziy
hududlariga kirib bordilar. Bobil va boy Suza shahri, Eronnig muqaddas markazi
Persepol jangsiz bosib olindi. Suza va Persopol shaharlaridagi Ahmoniylarning
boy xazinalari Iskandarning qo`liga o`tdi. Er. avv. 330-yil Persepol saroyini
yondirish bilan Iskandar Fors davlati ustidan g`alabasini ramziy belgiladi. Bu
vaqtda Baqtriya satrapligiga chekingan Doro III o`z yaqinlari tomonidan
o`ldirildi. Doro III ning armiyasi juda ham katta bo‘lgan chunki u armiyani
Su’g’diylar, Baqtryaliklar va Baqtrya chegarasiga yaqin bo‘lgan Hind xalqlari
bilan kuchaytirgan edi. Ularning hammasi Bessning hukmronligi ostida edi.
Arrianning ma’lumot berishicha Doro III ning qo‘l ostida 40 ming otliq, bir
million piyoda va 200 jang aravasi bor edi
62
.
Iskandar forslarni o`zlari egallab turgan yuqori lavozimlarda qoldirdi. Bu
makedon qo`shinida norozilik tug`dirdi. Doro III ning halokati urushni tugashini
bildirar edi. Girkaniyaning markazi Gekatomplshahrida ittifoqchi yunon
polislarining qo`shinlari rasmiy tarqatildi. Shu bilan birga, yunonlarga
Iskandarning yollanma askarlari sifatida yurishni davom ettirish taklif qilindi.
Iskandar o`zini fors podsholarining qonuniy vorisi sifatida urushni davom
ettirishga ahd qildi. Iskandar qiyinchilik bilan yurishni davom ettirishni istamagan
62
Worlds Together,Worlds Apart.W.W. Norton.& COMPANY.New York. London. 2011, р.209.
166
qo`shin qarshiligini yengib, yana oldinga siljidi. Parfiya bosqinchilarga hech
qanday qarshilik ko`rsatmay, uning satrapi o`z obro`sini saqlab qoldi.
Iskandar er. avv. 329-yilda Amudaryodan o`tib, O`rta Osiyoga kirdi. Bu yerda u
mahalliy aholining qattiq qarshiligiga uchradi. Spitamen boshchigida sak-
massagetlar uch yil davomida Iskandar qo`shinlariga qarshi turdilar. Noiloj
qolgan Iskandar mahalliy zodagonlarni sovg`a-salom bilan o`z tomoniga og`dirib
olishga urindi. U So`g`d hokimi Oksiartning qizi Roksanaga uylandi.
Rivoyatlarga ko`ra, Iskandar O`rta Osiyoda o`z tayanch nuqtasi sifatida 12 shahar
quradi. Ammo bu shaharlarning xarobalari topilgani yo`q. Bu afsona bo`lishi
mumkin. Tarixda ma’lum bo`lganlari hozirgi Xo`jand shahri yaqinida
Iskandariya Esxata (Uzoqdagi Iskandariya) shahri, Afg`onistonda Hirot shahri
yaqinida Iskandariya Ariya shaharlaridir.
Er. avv. 327-yilda Iskandar Hindukush tog`lari orqali Hindistonga o`tdi. Shimoliy
Hindistondagi Gidas daryosi bo`yida Iskandar qo`shinlari Panjob hukmdori Por
qo`shinlari bilan to`qnashib, o`zining oxirgi g`alabasiga erishdi (er. avv. 326-yil).
Iskandarning qo`shini yurishni davom ettirishni istamay, uni buyruqlarini
bajarmay qo`ydi. Iskandar qo`shinni yurishni davom ettirishga ko`ndirishga
urindi, ammo qo`shin ko`nmadi. Ikki kunlik muzokaralardan so`ng, Iskandar yon
berishga majbur bo`ldi. Vatanga qaytish to`g`risida buyruq berildi. Iskandar
qo`shinlarini qaytishi ikki yilga cho`zildi. Qo`shinning bir qism dengiz orqali, bir
qismi quruqlik yo`li orqali ortga qaytdi. Qo`shinning har ikkala qismi er. avv.
324-yil Bobilda uchrashdi.
Yurishning tugallanayotgan bosqichida Suza shahrida Iskandar makedon va
forslarni murosaga keltirish belgisi sifatida o`zining 10 ming askarlarini mahalliy
aholining qizlari bilan nikoh to`yini katta tantana bilan o`tkazdi. O`z qo`shini
tarkibiga 30 ming fors yigitlarini qabul qildi. U bosib olingan hududlarda o`nlab
koloniya va harbiy qo`rg`onlarni o`z hokimiyatining tayanch nuqtasi sifatida
barpo qildi.
Makedoniyaning qadimgi poytaxti Pellaga qaytishni istamagan Iskandar o`z
davlatining poytaxti qilib qadimgi shahar Bobilni tanladi. U Kaspiy dengizini
o`rganish uchun tekshiruvchi ekspeditsiya tashkil qildi. Arabiston yarim oroli
qirg`oqlarini tekshirishga buyruq berdi.
Iskandar yurishlari natijasida g`arbda Adriatika dengizidan sharqqa
Hindistongacha, shimolda Kavkaz tog`laridan janubda Nil daryosining o`rta
oqimigacha cho`zilgan hududni qamrab olgan ulkan davlat vujudga keldi. Bu
davlat hududiy-etnik, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan avvalgi Ahmoniylar
davlatini eslatar edi. Iskandar o`zining ulkan davlatini uzoq boshqara olmadi.
Iskandar Bobilda Kaspiy dengizini tadqiq qilish, Arabistonga yurish rejalari
ustida ishladi. Bezgak kasaliga chalingan Iskandar o`limga yuz tutib, askarlar
bilan xayrlashdi. Iskandar er.avv. 323-yil iyun oyida 13 yil hukmronlikdan so`ng
32 yoshda Bobil shahrida vafot etdi. Uning jasadi ikki yildan so`ng hashamatli
aravada Iskandariyaga olib borildi, Misr noibi Ptolemey maxsus qurilgan
ibodatxonaga Iskandarni jasadini dafn qildi. Iskandarning o`limidan so`ng, uning
167
ulkan davlati parchalana boshladi. Oxir-oqibatda u bosib olgan hududlarda Ellin
davlatlari tizimi shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |