TANA tili 40 ta fakt
1.Albert Mayerabenning ta'kidlashicha, ma'lumotlarni yetkazish jarayonida verbal vositalar(faqat so’zlar) 7%, ovozli vositalar 38%, noberval vositalar 55% ishtirok etar ekan.
2. Professor Berdvissil odamlar muloqotida noverbal vositalarning nisbiy ulushini o’rganish bo’yicha anologik taqdiqotlar o’tkazgan.
3. Ptofessor Berdvissl inson bir kunda o’rtacha so’zlar yordamida 10-11 daqiqa gapirishini va bir gap o’rtacha 2,5 sekund jaranglashini ta'kidlaydi.
4. Ko’plab taqdiqotchilar fikricha, verbal usul ma'lumotlarni yetkazish uchun qo’llansa, noverbal usul shaxslararo munosabatlarni "muhokama"qilishda qo’llaniladi.
5. Kulgu ilk bor tahdid ramzi bo’lgan.
6. Insonning ijtimoiy yoki kasbiy maqomi qancha yuqori bo’lsa uning jumlalar va so’zla bilan muloqot qilish qobiliyati yaxshiroq bo’ladi.
7. 5 yoshli bola ota-onasiga yolg’on gapirsa qo’li bilan oģzini yopib oladi.
8. Yolg’on bilan bog’liq muammo shundaki, bizning ong ostimiz ģayriixtiyoriy va bizdan mustaqil tarzda ishlaydi, shuning uchun bizni tana harakatlarimiz tili bizni fosh qiladi.
9. Aldov paytida bizning ostimiz nerv energiyasi bog’lamini va u inson aytgan narsalarga zid imo-ishoralar paydo bo’ladi.
10. Amerikalalik antropolog Eduard T.Holl insonning fazoviy ehtiyojlarini o’rganish sohasidagi asoschilaridan biri edi va 60-yillar boshida "proksimika" atamasini fanga kiritdi.
11. Doktor Hollning aniqlashicha, inson o’z badani atrofida aniq belgilangan havo makoniga ham ega.
12. Qarama-qarshi jinsdagi odam hududiga qarab siljish, uning bu insonga qiziqishini ifodalaydi va bu noz-karashma qilish deb ataladi.
13. Desmond Morris kutubxona o’quv zalidagi o’rinlarni kuzatib, agar stolda kitob yoki shaxsiy buyum qoldirilsa bu sizga o’rtacha 77 daqiqa davomida, agar kostyum ilib qo’yilsa, 2 soat davomida joyni bad qilib turishi aniqlangan.
14. Ruhshunoslarning aniqlashicha, rulda o’tirgan odamlar o’z maydoniga taalluqli omillarga juda boshqacha reaksiyalar qilishar ekan va bu reaksiya oddiy ijtimoiy xulq-atvordan farq qilar ekan.
15. Qo’l siqish bilan salomlashish ibtidoiy davr urfi hisoblanadi.
16. Jarrohlar, rassomlar, artistlar va musiqachilar kasb-korlari sezgir qo’llari zarurligi uchun odatda qo’llarini himoya qilish uchun bo’shgina qo’l siqib ko’rishadilar.
17. Dominant qo’l siqish eng tajovuzkor qo’l siqish bo’lib, u odamga teng sherikchilik munosabatlarini o’rnatishga kam imkoniyat qoldiradi.
18. Barmoqlar qarsillaguncha mahkam qo’l siqish agressiv, qattiq odamlarni ajratib turadigan xislatdir.
19. Kaftlarini ishqalash yordamida odamlar o’zlarining ajoyib natija kutayotganliklarini yetkazadilar.
20. Qo’llarga qarab fol ochishda qo’llarning bosh barmoqlari shaxs EGOsi va xarakterining kuchini bildiradi hamda bosh barmoqlardan foydalangan noverballika buni tasdiqlaydi.21. Barmoqlar bilan sochlar bo'ylab yurish - odam ishonchsiz, umidsiz yoki g'azablangan.
22. Ikki qo'lni boshning orqasida ushlab orqaga o'tirish - u hamma narsani biladi.
23.Ikki qo'li bilan kestirib, qattiq labda - tajovuzkor.
24. Quloqchani silamoq - odam asabiy yoki shubhali.
25.Oyoqlarini kesib, qo'llarini mahkam bog'lab qo'yish - sizning hamkasbingiz g'azablangan yoki mudofaa qiladi.
26. Sochlarni burish - asabiylashish;
iyagini silash - u xayollarga chuqur kiradi.
27. Oyoqni tegizish, mushtni yumish - sizning qarama-qarshi raqamingiz dominant va tajovuzkor.
28. Ijtimoiy nigoh, agar nigohingiz suhbatdoshingiz ko‘zi baravaridan pastga tushsa, ijtimoiy muloqot muhiti yaratiladi. Nigoh xususiyatlarini o'rganish bo‘yicha tajribalar shuni ko'satadiki, ijtimoiy muloqot vaqtida ko'zlar ham inson yuzidagi ramziy uchburchakka qaratilar, bu holatda uchburchak ko'zlar chizig'i va og'iz atrofida taqalar ekan.
29. Ishqiy nigoh bu nigoh ko'zlar chizig'idan o'tib iyak orqali badanning boshqa qismlariga tushib boradi.
30. Oraliq masofa yaqin bo'lgan muloqotda bu uchburchak ko'zlardan ko'krakkacha, oraliq masofa uzoq bo'lgan muloqotda esa ko'zlar ikki oyoq o'rtasiga tushadi. Erkak va ayollar bu nigoh yordamida o'zlarini ushbu insonga qiziqayotganligini ko'rsatadi, agar u ham qiziqsa, shunday nigoh bilan javob qaytaradi.
31. Ko’z qiri bilan qarash, zimdan qarash, qiziqish yoki dushmanlikni ifoda qilish uchun qo'llaniladi. Agar u yengil ko'chirilgan qoshlar yoki tabassum bilan kuzatilsa, uning qiziqishini bildiradi va ko'p hollarda suhbatdoshda moyillik uyg'otish uchun qo'llaniladi.
32. Kòz qiri bilan qarashda pastga osilgan qoshla, tirishgan peshona yoki osilgan og'iz, chetlari bilan kuzatilsa, shubhali dushmanona yoki tanqidiy munosabatni bildiradi.
33. Eksperimental tadqiqotlarga ko'ra, 87 % axborot inson miyasiga ko'rish retseptorlari, 9 % eshitish, 4 % boshqa sezgi organlari orqali yetkaziladi.
34. Charli Chaplin va ovozsiz kinoning boshqa aktyorlari noverbal o'zaro munosabating asoschisi.
35. XX asr boshlarining eng ta'sirchan ishi silatida Charlz Davrinning 1872-yilda chop etilgan "Emotsiyalarning insonlarda va hayvonlarda ifodalanishi" asari bo'ldi. U tana tili sohasida ko'p zamonaviy tadqiqotlarga qiziqishga sabab bo'ldi.
36. Yuz ifodasining paydo bo’lishida qosh, ko’zlar, burun lablarning ham o’rni katta. Ularning o’zaro mushtaraklik bilan harakatlanishi orqali inson o’z kechinmalarini aniq ifodalay oladi. O’zbek tilidagi “Ko’zini suzdi”, “Labini burdi”, “Qoshini uchirdi” kabi iboralarimiz aynan shu a’zolar hosil qiluvchi yuz ifodalarini ta’riflaydi.
37. Yuz insonning ruhiy holati va hissiyotlarini har qancha aniq aks ettirmasin, u har doim tananing boshqa qismlari (qo’l, yelka, oyoq) bilan doim birgalikda ishlaydi va shu orqaligina bizga aniq manzarani taqdim eta oladi.
38. Barmoq va qo’l harakatlari kuchli fikr va hissiyotlarni yetkazib berishda muhim vosita hisoblanib, mohir notiqlar tomonidan juda keng qo’llaniladi.
39. Odamlar jim bo'lsalar ham doimiy ravishda muloqot qilishadi. Ushbu og'zaki bo'lmagan muloqot tana tilidan foydalanishimiz, uni ongsiz ravishda sezishimiz va javob berishimiz tufayli amalga oshiriladi.
40. Tana tili - bu siz o'ylaydigan va his qiladigan narsalarga duch kelish uchun hech qanday yozish va tovush talab qilinmaydigan aloqa shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |