Jumladan, olim tomonidan quyidagi qoidalar ilgari suriladi:
I. O’qitishda yodlatish emas, balki tushunish mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqarish, yo’liga amal qilish lozimligi;
II. O’qitishda o’quvchining qiziqishi, intilishi hisobga olinishi va muallim o’z shogirdlariga xushmuomalali bo’lishi;
III. O’qitishda turli usul, metodlarni qo’llash ya’ni qarab chiqish, o’qilmagan mavzularni o’qib olish kerakli joylarini qayta o’qib olish, umuman yana o’qib chiqish va tushunib olish;
IV. o’quv qurollarini, kitoblarni e’tibor bilan avaylab, asrab tutish, bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi;
Beruniy yoshlarni o’qitish uchun o’qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog’i 5-6 yoshidan o’qitish tarafdori edi. Buning uchun o’qituvchi xushmuomalali, rostgo’y, o’z fanini yaxshi biladigan pokiza, toza ozoda yurish va turishida namuna bo’lishini talab etadi. Bu g’oya to’g’ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o’rnak bo’lmasa, aytgan gapiga o’zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir.
Beruniy ta’lim tarbiyaga o’quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg’ulotlar davomida o’quvchini zerikib qolmasligi uchun ta’lim olishning turli yo’llari, shakl va metodlari ustida to’xtalgan. U shunday deb yozadi,- «Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Hadeb bir narsani takrorlash zerikarli bo’ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o’quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli tuman bog’ - rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar o’tmas, boshqa bir bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag’ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so’zlarida uning bilim berish yo’llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan.
Birinchidan, ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo’lishi, o’quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko’zda to’tadi.
Ikkinchidan, bunday usul boshqa tadqiqotchilarning o’qib o’rganuvchining mehnatini engillashtirishga qaratilgan.
Uchinchidan, borliqdagi hodisalarni har tomonlama o’rganmasdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo’lishini ta’kidlaydi.
Beruniy ilm olishga kirishni quyidagicha ta’kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan, qalbingni, ko’ngilni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko’r qilib qo’yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko’zlikning quli bo’lishdan o’z hokimligi uchun ko’rashishdan ozod bo’lmog’ing darkor».
Beruniy o’quvchiga bilim berish uni xat savodli qilish haqida gapirar ekan, bu o’rinda qog’ozning paydo bo’lishi, yozuv va uning vujudga kelish xususiyatlari, turli belgilar o’quv qurollari haqida alohida-alohida to’xtalgan. Uning ta’kidlashicha har bir xalqda ta’lim berishning o’ziga xos tomonlari bo’lib, hammasida ham o’qitish eng avval alifbedan boshlanadi.
Qomusiy olim Beruniyni ta’kidlashicha bilim olishda jarayonida insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o’quvchida intilish va qiziqish bo’lish kerak.
Ilm olishning muhim yo’llaridan biri kishi o’zini hammaga do’st, yaxshilik qila bilish darajasiga etkazishdan boshlanadi. Bilimlarni yakka holda emas, balki jamiyat a’zolari bilan birga yashab olish mumkin. Chunki, ilmlar insoniyat jamoasining mahsulidir. Yakka kishi o’zi uchun keraqli bilimlarni yarata olmaydi. Kishi tabiati bilmagan va bila olmagan narsasini bilishga o’chdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |