MAVZU №21: IJTIMOIY MUHIT, DINIY AN’ANALAR VA KOMIL INSONNING SHAKLLANISHI(2 soat)
1. Ijtimoiy muhitning psixologik iqlimi haqida.
2. Jamoa, guruh va guruh turlarini din psixologiyasida o’rganilishi.
3. Diniy va nodiniy an’analarining shaxsga ta’siri.
4. Shaxsning milliy, diniy va umuminsoniy xususiyatlari shakllanishining psixologiyada tahlil etilishi.
5. Diniy va nodiniy aloqalarni etnopsixologiya va sotsial psixologiyada o’rganilishi.
Mavzu №20: Diniy ruhiyat va ongning shakllanishi (2 soat)
1. Diniy ruhiyat haqida (Islom diniga e’tiqod qo’ygan kishining ongi "diniy ruhiyat" degan tushunchadan ancha kengroq. Chunki u o’z ichiga din bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tasavvur va g’oyaar, tartibsiz materialistik kechinmalar va kayfiyatlarni ham oladi. Dinga ishonuvchilar ongi iqilamchi xarakterga ega bo’lib, bunday kishilar ichki ziddiyatdan iztirob chekadilar.)
2. Diniy ruhiyat va ongning shakllanishi (Diniy ruhiyat insonlar ongining alohida qismi sifatida mavjud ekan, u diniy g’oyalar, tushunchalar, mafkura bilan chambarchas bog’liq, biroq ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi.)
Mavzu №21: Diniy bilimlar shakllanishining psixologik asoslari(2 soat)
1. Diniy bilimlarni o’zlashtirishning psixologik asoslari.
2. Diniy bilimlar yosh davrlar mohiyati.
3. Diniy bilimlar va ularni hayotiy bilimlar bilan asoslanishi natijasida tasavvo`rning yuzaga kelishi.
4. Namuna usuli orqali diniy bilimlarni shakllantirish psixologik asoslari. 5. Bilim beruvchi va uni o’zlashtiruvchi o’rtasida munosabatlarni psixologik xususiyatlari.
Mavzu №22: MENTALITET VA MADANIYAT PSIXOLOGIYASI
1. Mentalitet psixologiyasi haqida umumiy ma’lumot
2. Mentalityet tushunchasi va uning psixologiya fanida o‘rganilishi
Mentalitet-(lot. Mens-aql, tafakkur) individ yoki ijtimoiy guruhning, millatning dunyoni ma’lum bir tarzda tushunish va harakat qilishga tayyorligi, moyilligi. Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur tarzi, ma’naviy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati, jamiyat, millat yoki shaxsning Mentaliteti, o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, diniy e’tiqod va irimlarini ham qamrab oladi.
Jamiyat, millat, elat, yoki shaxsning Mentalitetini o‘rganish va aniqlash nihoyatda katta ehtiyotkorlikni hamda jiddiy yondashuvni talab qiladi. Mentalitetni faqat millatning soni, tarixining boy yoki qashshoqligi, millatning qaram yoki tobye bo‘lishi yoki kapitalistik farmatsiyaga mansub emasligi bilangina aniqlashga urinish, jiddiy xatolarga olib kyelishi mumkin. Uni aniqlash uchun juda ko‘p omillar e’tiborga olinishi va boshqa millatlardan farqlay olish, ayni paytda qiyoslash, ushbu millatda yashab o‘tgan shaxslar, turli shart-sharoitlar, tarixiy davrlar, millat ruhiyati va boshqa qator jihatlarni o‘rganish lozim. Yuqorida Mentalitet so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda aql, fahm, zyehn, idrok ma’nolarini anglatishini ta’kidlab o‘tgan edik. Har bir millatning aqli, idroki, fahm-farosati uning yashab turgan shart-sharoitlari, tarixi, qanday xalqlar qurshovida istiqomat qilishi, ijtimoiy faolligi va boshqa omillar bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |