Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


DINIY E’TIQODNING PSIXOLOGIK ASOSLARI VA UNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI(2 soat)



Download 7,46 Mb.
bet122/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

DINIY E’TIQODNING PSIXOLOGIK ASOSLARI VA UNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI(2 soat)
1. Diniy bilimlar shakllanishining psixologik asoslari
2. Bilish jarayonlari haqida umumiy tushuncha.
3. Psixologik xususiyatlardan: diqqat va e’tiqod.
Diniy bilimlar shakllanishining psixologik asoslari. Diniy bilimlarni o’zlashtirishning psixologik asoslari. Diniy bilimlar yosh davrlar mohiyati. Diniy bilimlar va ularni hayotiy bilimlar bilan asoslanishi natijasida tasavvo`rning yuzaga kelishi. Namuna usuli orqali diniy bilimlarni shakllantirish psixologik asoslari. Bilim beruvchi va uni o’zlashtiruvchi o’rtasida munosabatlarni psixologik xususiyatlari. Din psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning o`zviy bog’liqligi va ularni bilim berishda va bilimlarni o’zlashtirishdagi usullari haqida.
Bilish jarayonlari va professional faoliyat. Professional faoliyat shaxsdan juda ko’p bilimlarni hamda malakalarni talab qiladi. Nima uchun u yoki bu kasbni tanlaganini anglab yetgan shaxs (motivlar muammosi), endi o’z faoliyati va qobiliyatlarini boshqara bilishi va o’z ustida muttasil ishlab, malakalarini orttirib borishi shart. Professional bilimdonlik shu nuqtai nazardan shaxs umumiy madaniyatining shunday yo’nalishiki, unga faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari va malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishni ham taqozo etadi. Bu psixologiyada bilish jarayonlari va ularning mohiyatini va kechishini bilish demakdir.
Ma’lumki, odamlar bir-birlaridan ko’p jihatlari bilan farq qiladilar. Masalan, ayrimlar ko’rgan - kechirganlarini juda yaxshi esda olib qolib, kerak vaqtda aniq esga tushira oladilar. Ba’zilar ko’zi bilan ko’rgan har qanday obyektni mayda detallarigacha bayon etish qobiliyatiga ega. Yana birlari eshitgan narsalari xususida aniqroq fikrlaydi, kimdir sodda, ravon tilga o’z his - kechinmalarini ayta olsa, boshqalar - har bir hikoyaga albatta, fantaziya elementlarini qo’shishga moyil bo’ladilar. Demak, odamlarning tashqi olamdan oladigan taasurotlari va ularni ongda tartiblashtirish qobiliyatlari har xil bo’larkan. Ikkinchi tomondan, shunday kasb - korlar borki, u shaxsdagi u yoki bu sifatlarning mukammalashib borishiga imkon beradi. Masalan, yirik avtomatik boshqaruv tizimlarida ishlaydigan operator o’z diqqatini har qanday mayda o’zrgarishlarga ham qaratishga o’rgansa, konstruktor mavhum matematik hisob - kitoblarga usta bo’lib boradi. Iqtisodchi - moliyachi pulning har bir tiyinidan foyda olishga o’rgansa, shoir tabiatan barcha hodisa va voqyealarni badiiy bo’yoqlarda, o’ziga xos idrok qilishga moyilligi oshadi. Demak, odamning tashqi olam xossa va xususiyatlarini ongida aks ettirishi uning iqtidori o’sishi va professional malakalari rivojlanganligiga bog’liq tarzda kechadi. Shuning uchun har ongning muhim aks ettirish shakllari bo’lmish bilish jarayonlari - idrok, sezgilar, xotira, diqqat, tafakko`r, iroda va hissiyotlarning inson hayoti va professional o’sishidagi roliga to’xtab o’tamiz.
Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish. Chunki har birimiz ongimiz borligini, atrofdagi narsalar va hodisalarning ayrim alohida hamda yahlit xususiyatlarini bilamiz. Bu narsa va hodisalar bizda har bir alohida sharoitda o’ziga xos hissiy - kechinmalarni keltirib chiqarishini ham bilamiz. Masalan, qorningiz och q`olganda, yemishga bo’lgan talabingizni haqiqatan bor yoki yo’qligini birovlardan so’ramaysiz-ku? Yoki kitob mutoala qilayotgan shaxs shu kitobni rost bilan ham o’zi o’qiyotganligini boshqalardan so’ramaydi. Bunday ishlar o’z - o’zidan tabiiy jarayonlarday kechaveradi. Faqat imtihon paytida kecha kechasi bilan mutoaala qilib, o’rganib chiqqan materialni nega hozir domla oldida eslay olmayotganligingiz sizni ko’proq qiziqtiradi va siz “Xotiram ustida ishlashim kerak” degan xulosaga kelasiz.
Darhaqiqat, bilish jarayonlari ham ma’lum ma’noda boshqariladigan jarayonlar bo’lib, agar siz o’z imkoniyatlaringizni kenggaytirish yoki iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo’lsangiz, bu jarayonlarga oid ma’lum qoidalar va xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
Psixik hodisalarning sodir bo`lishi va davom etishi shunday bir ruhiy jarayonga bog`liqki, u barcha jarayonlarda ishtirok etadi, uning samaradorligiga ta’sir ko`rsatadi. Bu diqqatdir. Diqqat bo`lmasa Aniq maqsadga qaratilgan faoliyat ham bo`lmaydi.
Diqqat - psixik faoliyatning yunaltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo`lgan obyekt ustida tuplanishidan (barqaror yoki situasiyali tuplanishidan) iboratdir. Yunaltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o’quvchisining biron boshqa narsaga chalgimasdan, o’quv materialining mazmuniga zexn qo`yib utirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-kuvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yunaltirilishi bilan birga, uning tuplanishini ham takozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga tuplanishi - mazko`r faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalgitish demakdir. Diqqatni bir joyga tuplash deganda, mazko`r faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko`pmi chuko`r e’tibor berish tushuniladi. Masalan, murakkab va zarur o’quv materialini ukish va tushunish diqqatni tuplashsiz amalga oshmaydi. Diqqatni biror narsaga qaratish obyektiga (idrok etiladigan buyum, xotira, tafakko`r, harakat tasavvurlari) bog`liq xolda diqqatning namoyon bo`lishining quyidagi shakllarini: sensor (perseptiv), Aqliy, harakatlantiruvchi shakllarini ajratib ko`rsatadilar.
Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`prok o`rganilgandir: diqqatga ta’rif beradigan ma’lumotlarning ko`pchiligi amalda uni tadqiq etish natijasida qo`lga kiritilgan. Diqqat bamisoli bilish jarayonlari orasida namoyon bo`lib, ular samaradorligining oshishiga yordam beradi. Jumladan, idrokning Aniq-ravshanligi va to`lakonliligi diqqatga bog`liq, diqqatning susayishi perseptiv jarayonlarni bir muncha darajada bo`zilishiga va shakllanayotgan siymoning o`zgarib ketishiga olib borishi mumkin.
Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma’lum nerv markazlarining ko`zgalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog`liqdir. Bu mexanizm subyekt (organizm) uchun ahamiyatli bo`lgan ko`zgatuvchilarni ajratishni, psixik faoliyatning yunalganligini ta’minlaydi. Bunday yunaltirilishga oriyentasiya (tushunib olish) refleksini misol qilib keltirish mumkin. Har qanday yangi ko`zgatuvchi (agar u yetarli darajada kuchli bo`lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, "nima u" degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.



Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish