Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


MAVZU №18: DINIY E’TIQOD VA SHAXSNING INDIVIDUAL -PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (2 soat)



Download 7,46 Mb.
bet123/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

MAVZU №18: DINIY E’TIQOD VA SHAXSNING INDIVIDUAL -PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (2 soat)
1. Diniy e`tiqod va dindor shaxsi. Diniy e’tiqod va shaxsning o’ziga xos xususiyatlariga ta’siri va shakllanishidagi ahamiyati.
2. Diniy e’tiqod va shaxsning mijozi (temperament).
3. Diniy e’tiqod va fe’l-atvor (xarakter).
4. Diniy e’tiqod va faoliyat. Nutq va faoliyat birligi.

Diniy ong quyidagi darajalarda mavjud bo’ladi: ideologik (Mafkuraviy) ilohiyot, diniy falsafa, etika (odob-axloq) va ibodatxona ijtimoiy doktrinasi (ta’limoti) va ijtimoiy-psixologik dindorlar massasi real faoliyatdagi ongi, ularning diniy tasavvurlari, kechinmalari, ruhiyati va o’zini tutishi stereotiplari. Diniy ong ijtimoiy-psixologik darajasini o’rganish, insonlar ma’naviy hayotida ro’y beradigan real o’zgarishlarni tushunish uchun o’ta muhim.


Ilmiy bilimlarni qadrlash bizning zamonamizga xos bo’lib, u psixologiya sohasiga ham to’xtalib o’tdi. Yana bir toifa olimlarning fikricha “Birinchi navbatda din psixologiyasi dindor, e’tiqodli kishining psixologik xususiyatlarini e’tiqodsiz bo’lgan kishilardan hamda, ularning xulq va yashash tarzlariga ergashayotganlarning o’zaro farq qiladigan tomonlarini o’rganish bilan boshlaydi. Diniy ongning ijtimoiy ong shakllaridan biri ekanligini tan olgan holda dinga bog’liq bo’lmagan axloq ham mavjudligini tan olish kerak. Vaholanki, axloq xudoning borligiga ishonish to’yg’usi boshlanishidan ancha oldinroq paydo bo’lgan. Din faqatgina axloqning mavjud ijtimoiy to`zum negizida yetilgan qoidalarini muqaddaslashtirsa ham, aslida o’ziga xos diniy axloqni yaratadi.
Bundan din ijtimoiy hayotning turli davrlarida insoniyat yaratgan axloqning ijobiy g’oyalari va qoidalarini o’ziga singdirib, o’zlashtirib olib, uni sof diniy axloq deb e’lon qilganligi haqidagi xulosa kelib chiqmaydi, deyish xatodir. Din turli tarixiy davrlarda muayyan ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda aloqning’ hukmron bo’lgan yksak timsollarini saralab, uni afkor ommaga tushunadigan darajada shakllantirishini ham unutmaslik kerak. Shu tarzda, ikkinchi tomondan, quldorlikka asoslangan jamiyatda hukmron tabaqa xuddi shu axloq dinini targ’ib qiladi. Turli dinlarning muqaddas kitoblarini o’qiganimizda, ularda din tomonidan muqaddaslashtirilgan quldorlik axloqi qoidalarining qanday bayon qilinganini ham ko’ramiz. Quldorlik to`zumi o’rniga kelgan feodal jamiyatida esa feodal axloqi turli dinlarda diniy axloq sifatida o’z ifodasini topdi.
. Haqiqat shuni ta’kidlashni talab qiladiki, feodal axloqidan dunyoda eng ko’p tarqalgan dinlar tomonidan eng mukammal dunyoqarash sifatida ham foydalanildi, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu feodalizmda diniy dunyo qarashning tanho hukmronligi bilan xarakterlandi, shuning uchun ham o’rta asrlarda har qanday ilmiy qonun diniy axloq nuqtai nazaridan qabul qilingan edi.
Diniy ongning axloqiy qadriyatlarni o’zlashtirishga islomning. Arabiston yarim oroli hududlaridan tashqariga yoyilishi voqyealarini misol qilib keltirish mumkin. Bu jarayonda musulmon ilohiyotchilari islom axloq
qonunlari majmuini mazko`r dinga e’tiqod kelajak boshqa xalqlar ham qabul qilishi uchun uni kengaytirishiga va qayta ishlashiga to’g’ri keldi. Shu sababdan ham Sunna va uning ko’p sonli hadislarida axloqiy masallar talqini asosiy o’rin tutgan yangi izohlar va manbalar, pand-nasihatlar, o’gitlar va sharhlar paydo bo’ldi. Bu o’rinda musulmon ilohiyotchilari tomonndan axloqiy-etikaviy qonunlar majmui sifatida tasdiqlangan «As-Sahih», «Al-adab va al-mufrad» «Hikmat» va «Chahor kitob» va boshqa kitoblarni sanab o’tish yetarlidir.
Yagona Ollohga e’tiqod qilishni Qur’oni Karim inson tabiatining asosiy sifati deb biladi. Bu asliyat, ya’ni originallikni mehr-muhabbat to`yg’ulariga singib borishida, ota-ona va keksalarga bo’lgan cheksiz ehtiromda ham ko’rish mumkin. «Niso» va «An’om» suralarining oyatlari (36—37 va 157)da shunday yoziladi: «Ollohga bandalik qilinglar va Unga hyech narsani sherik qilmanglar! Ota-onangizga... yaxshilik qilingiz!» yoki «... U zotga biron narsani sherik qilmangiz; ota-onaga yaxshilik qilingiz!..». Bu borada xususan «Al-Isro» surasining 23—24-oyatlari ham o’rinlidir: «Parvardigoringiz, yolg’iz Uning O`ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularaing (ota-onangizning) birovi yoki har ikkisi soning qo’l ostingda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab «uf» tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma! Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt!.. «Ular uchun, mehribonlik bilan, xo`rlik qanoatini past tut — xokisor bo’l va; — «Parvardigorim, meni (ular) go’daqlik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek, sen ham ularga rahm-shafqat qilgin», deb (haqlariga duo qil!)».
«Sharq Yo`ldo`zi» majallasidagi Qur’on tarjimasi muallifinint bu oyatlarga bergan quyidagi izohi diqqatga sazovordir: «Ushbu ikki oyatda ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabat xususida so’z boradi. Avvalo, islom barcha mo’min-musulmon farzandlar uchun ota-onaga yaxshilikni yolg’iz Olloh taollogo ibodatdan keyin ikkinchi vazifa qilib qo’yadi. Bu ta’limotga binoan, ota-ona mo’minmi, kofirmi, baribir farzand, ularga nisbatan hurmat saqlashi, so’zlarini qaytarmaslik va haqlariga yaxshi duolar qilish vojibdir. Lekin bu oyatda zarur bir nuqta borki, biz undan g’ofil bo’lmasligimiz lozim. Ota-onalik huquqini qozonish uchun bola tug’ishning o’zi kifoya qilmay, balki ularga ta’lim-tarbiya berish ham muhim shartlardan ekan»1).
| Ota-onaga bo’lgan muhabbat e’tiqodga zid bo’lmasligiga bag’ishlangan hadislar ham oz emas. «Ota-onalarining har ikkisi yoki birini keksa holda topsada, ularni rozi qilib, jannatiy bo’lib olmagan farzand xo`r bo’lsin, xo`r bo’lsin va yana xo`r bo’lsin», «Ota-onasini qarg’aganni tangri qarg’aydi».
Islom ma’hadi mudiri shayx Zohidjon Abdulqodir o’zining «Islomning insonlar hayotidagi ahamiyati» maqolasida keltirgan hadis ham diqqatga sazovordir. «Bir kishi kelib payg’ambardan meni yaxshi muomalada bo’lib hurmat qilishimga loyiq inson kimdur? deb so’raganda, onangdur, deb javob berganda, u kishi undan keyin husni muomala qilishga kim haqliroq? — deb so’raganida yana onang deb, shu tariqa uch bora takror so’raganda ham «onang» deb javob berib va to’rtinchi bor so’raganida «otang» deb javob bo’lgan.
Islom musulmonlarni o’zaro ittifoq, birdam, yaxshi muomalada bo’lib, bir-birovlariga aziyat yetkazmaslikka da’vat qiladi. «Komil musulmon shunday odamki, islom arkonlarini to’la bajarib na tilidan va na qo’lidan musulmonlarga izo bermaydi).
Xullas, islomning ilohiy ta’limoti jamiyatdaga odamlarga yaxshi amallarni buyurib, yomon amaldan qaytarib, yaxshilik, tinchlik, do’stlik, ittifoqlik, hurmat va ehtiromga undaydi.
Islom axloqi munosabatlarda mavjud bo’lgan takkabburluk, kibr qabilarga zid bo’lgan kamtarlik, kamsuqumlik va mo’minlik, yuvoshlik, beozorlikni talab qiladi. «Ol-i Imron» surasidagi 134-oyat bunga dalildir. «(U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g’azablarini ichlariga yo`tadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) avf etadigan kishilardir, Olloq bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi». Ammo «Olloh zolim kimsalarni sevmaydi».
«Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hyech bo’lmasa) o’sha iborani qaytaringlar, Albatta Olloh hamma narsani hisobga oluvchi bo’lgan zotdir». (4 : 86). Tarixdan ma’lumki, har qanday din, shu jumladan islom ham o’z hayotining boshlang’ich davrida xalq o’rtasida mustahkamlanib olish uchun shu dinga e’tisod qi-luvchi odamlar orasida foydali tartib va hatti-harakatlarnii muqaddaslashtiradi. Shu sababli dinga e’tiqod qiluvchi xalqlarning bir necha avlodlari hayoti davomida mustahkamlangan rasm-rusmlar va udumlarga zid bo’lgan barcha axloqiy tartiblar ular tomonidan qabul qilinmagan. Aks holda xalq o’rtasida tayanch topolmay, uning ma’naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etolmas va xalq tomonidan ijtimoiy ong shakli sifatida o’zlashtirib olinmas edi.
Jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali bo’lgan axloqiy tartib-qoidalar, garchi diniy aqida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir. Qur’onning yaratilishi inson hayoti qadr-qimmatining o’sishiga asosiy zamin bo’ldi, muqaddas diniy qoidalar sifatida, o’z joniga qasd qilish va o’z bolasini o’ldirishni ta’qiqlash ijobiy hodisa edi. Boshqacha aytganda, Qur’onda odamlar hayotidagi yangicha iqtisodiy munosabatlarga asoslangan axloqiy va huquqiy tartib-qoidalar, muayyan intilishlar o’z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Biroq jamiyatdagi munosabatlarning yangi tartibini mustahkamlovchi bu aqidalar faqatgina dinning mohiyatini ifodalaydi, deb hisoblamaslik kerak. Ularning mazmuni umuminsoniy bo’lib, bashariyat va insoniyat jamiyatining yashovchanligi qanchalik doimiy bo’lsa shunchalik abadiy bo’ladigan, hatto barcha dinlar keyin ham mavjud bo’ladigan umuminsoniy axloqning adabiy yo’l-yo’riqlari sifatida mavjuddir. Bo`lar oddiy axloqiy tartib-qoidalar bo’lib. ularsiz bashariyat — keng mavjudligini tasavvur qilish qiyin. Ular yo’qolsa, insoniyat jamiyati ham yo’qoladi, odamzod ham o’z insoniyligini yo’qotadi.
Islom Mafkurachilarining fikriga ko’ra, axloq o’z mohiyati jihatidan sof diniy tushunchadir, shunday ekan, dindan ajratilgan hyech qanday axloqning bo’lishi mumkin emas. Axloq abadiy, demak din ham abadiydir. Agar din yo’qolsa, axloq ham yo’qoladi, bashariyat ham yashashdan to’xtaydi.
Bunday nuqtai nazarni tushunish qiyin. Ilm-fan axloqqqa tarixiy hodisa sifatida qaraydi. Chunki axloqiy tartib-qoidalar minglab yillar davomida insoniyat jamiyatining rivojlanishi, insoniy munosabatlarning taraqqiyoti jarayonida yaratildi. Shu bilan birga jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida tarixiy hodisa sifatida paydo bo’lgan din jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy tartib-qoidalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Axloqiy tartib-qoida va xatti-harakatlarning shakllanishi, rivojlanishiga dinning ta’siri va munosabati masalasi hozirgi vaqtda ham dindorlar o’rtasida katta qiziqish uyg’otmoqda. Dindorlar musulmon aidalarining bir qancha jihatlari va koidalari ijobiy ahamiyatga ega, jumladan, musulmon dinida qabul qilingan axloq tartib-qoidalariga amal qilish foydalidir, deb hisoblaydilar. Ulardan «Ijobiy tomonlari ko’p bo’lgan Qur’on nima uchun hammaga bir xil dastur hisoblanmaydi?» degan savolni tez-tez eshitish mumkin.
Bir jihatdan qaraganda bu savol to’la asosli to`yo`ladi. Axir Qur’onda e’lon qilingan «tug’ri so’z bo’lish», «o’z ota-onalari va kattalarni hurmat qilish», «bolalar va keksalar haqida g’amho’rlik qilish» va boshqa shu qabi tartib qoidalar hamma davrlarda axloqiy qiymatga ega bo’lgan, shuning uchun bu qoidalarning asosliligini inkor qilgan jamiyatlar o’z hayotining ichki tayanchlarini yo’qotgan va tanazzulga duchor bo’lgan. Bo`larning hammasi to’g’ri. Shunga qaramasdan, Qur’on yoki boshqa bir dinning muqaddas kitobini in-soniyat uchun yagona dasturilamal deb hisoblash mumkin-mi?
Gap shundaki, turli xil dinlarning muqaddas kitoblaridagi umuminsoniy axloqiy—qoidalar birmuncha mutlaq tusga ega bo’lib, ma’naviyatning ijobiy saboqlari va axloqiy o’gitlari bu qoidalar bilan faqat tashqi tomondan o’xshashdir.
Masalan, miloddan avvalgi IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» (asli «Ovasto») diniy mazmunda bo’lishiga qaramay, axloqiy (shu bilan bir qatorda falsafiy, siyosiy, hayotiy, masalalarni ham) o’git va tartib-qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb e’lon qiladi. Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida bayon qilinadi. Ko’pincha yovo`z ruhlar — dev, jin, iblis va boshqalar gunohlar, adashishlar, illatlar va hokazolarning obrazli shaklda berilishi, professor I. Jumaboyevning fikricha: «Hayot haqidagi kishilar tasavvurini butun koinotga ko’chirish bilan aloqador bo’lib, kuchlar muttasil ravishda qutblarga ajralib turadi, ya’ni ezgulik tangrilari va ruhlar yovo`zlik tangrilari va ruhlar bilan ziddiyatli munosabatda bo’ladi»).
Axir, muqaddas kitoblarda odamlarning real hayotini va insoniyat jamiyatini bir tomonlama aks ettirish, axloqning umuminsoniy tartib-qoidalarini faqat dinga bog’lash, hatto yksak axloqiy qoidalar va pand-nasihatlar hukmron sinf manfaatlariga xizmat qilishiga moslash ham bor-ku! Bunday axloqda insonparvarlik tushunchasining doirasi ancha cheklangan. Shuning uchun ham «axloqiy qadriyat»larni jamiyatimizdagi kishilar ongiga singdirish jarayonida biroz o’ylab ish tutishimiz zarur emasmikan?
Turli xil ta’limotlarda odamlar fe’l-atvori va ongida mustaqkamlangan axloq qoidalari o’z ifodasini topgan. Shubhasiz, bo`lar bo’lmaganida hukmron sinflar va ruhoniylarnipg keng xalq ommasiga dinni qabul qildirishi va unga ergashtirish yo’lidagi harakatlari nihoyatda qiyin kechar edi. Biroq bu qoidalarni o’zlashtirgan har qanday din, uni o’z manfaati uchun o’zgartiradi va moslashtiradi. Eng asosiysi, ularni turmush sharoitidan vujudga kelgan emas, balki yuqoridan tushgan va ilohiy (vahiy) deb e’lon qilib, ularning asl kelib chiqishini inkor qiladi.
Shu bilan birgalikda din arboblari odob-axloq qoidalarini hukmron sinf manfaatlariga bo’ysundirib va jamiyatdagi ziddiyatlarni bartaraf etish uchun odob-axloq qoidalarini abadiy va tarixiylikdan tashqari deb e’lon qildilar. Ishlab chiqarishning ibtidoiy jamoa usuli va to`zumi bosqichida, hali ezuvchilar va ezuvchilik bo’lmagan davrda odob-axloqning oddiy tartib-qoidalari o’z mazmuniga ko’ra sodda va oddiy bo’lsa hamki, umuminsoniy xarakterga ega. Ishlab chiqarish vositalari va qurollariga xususiy mulkchilik munosabatlarining yuzaga kelishi bilan esa ibtidoiy jamiyat sinfsiz bo’lishdan to’xtaydi, uning ichida hoqim va tobe sinflar shakllana boradi va ibtidoiy jamoa munosabatlarida shakllangan umuminsoniy axloq tartib-qoidalarida ajralish jarayoni boshlanadi. Jamiyatda hukmronlik qiluvchi axloqning ko’pgina namunalari umuminsoniy xususiyatlarini yo’qotadi va alohida guruhlargagina xizmat etadi.
Biroq, antogonistik jamiyatda axloqning sinfiy xarakterdaligi, unda jamiyatning hamma a’zolari uchun majburiy tarzdagi umuminsoniy tartib-qoidalari bo’lmagan, degan ma’no kelib chiqmaydi. Barcha xalqlar hayotida, ularnint dinidan yoki hyech qanday dinga e’tiqod qilmasligidan qat’iy nazar, axloqqa zid hatti-harakatlar ta’qiqlangan. Demak, axloqiy muomalalar mazmuni jamiyatning ijtimoiy mazmuni bilan chambarchas bog’langanligiga qaramay, har kungi axloq chegarasi yengillashuvini ham unutmaslik kerak. Masalan, salomlashuv va xayrlashuv, to’y-ma’rakalardagi izzat-hurmat odobi, dafn marosimida qayg’uga sherik bo’lish, hamdardlik qabilar qariyb hamma xalqlar uchun barobardir.
Jamiyatda qabul qilingan oddiy insoniy axloq odamlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solib boruvchi qoidalarning ular ongidagi ifodasidir, shu bilan birga bunday tartib-qoidalar minglab yillar va asrlar davomida muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda shakllandi. Turli xil sinflar tomonidan axloq qoidalari sifatida tan olindi. Biroq, hukmron sinflar mehnatkash xalq ommasi ustidan iqtisodiy jihatdan hukmronlik qilish bilan cheklanmasdan, ularga o’z mafkura va axloqiy qarashlarini ham o’tqazishga, ularni nafaqat iqtisodiy tomondan, balki ma’naviy tomondan ham bo’ysundirishga intildilar. Hukmron sinf bu maqsadlarga erishish uchun mehnatkashlar ongiga o’z manfaatlariga javob beradigan axloq tartib va qoidalarini singdirishga urindilar. Bu axloqiy, qoidalar hukmron sinf tomonidan quyi tabaqalarga majburan qabul qildirilgan bo’lsada, ular mehnatkashlarning o’ziga ham mutlaqo begona yoki nomuvofiq bo’lgan emas. Chunki quyi tabaqalar ham dinning umuminsoniy axloq-qoidalaridan foydalanganlar. 1917 yildan oldin boy ham, hunarmand ham, dehqon ham, din peshvolari ham bir, yagona islom ummati sifatida jips yashar edi. Ollox oldida boy ham, kambag’al ham, mulla-mudarris ham barobar edi. Agar dehqon uyida quvonchli hodisa yoki musibat, faloqat ro’y bersa, u holda uning uyiga nafaqat dehqonlar, balki boy ham, mulla ham tabrik yoxud hamdardlik izhor etib kelar edi. Aksincha oddiy kambag’al dehqon ham ularning to’y-ma’rakalari va musibatida qatnashardi. Bunday tenglik, ikkinchi tomondan tengsizlikning niqobi ham bo’lib kelgan. Kerak bo’lganda umuminsoniy, har kungi axloq — odobdan (boylarning foydasiga, albatta) mehnatkash ommaning fikrini o`zoqlashtirishga erishganlar. Shu tarzda diniy axloq hukmron, ezuvchi sinf o’zi uchun o’rnatgan axloq tartiblariga xizmat qilgan. Natijada ezuvchi sinf manfaatlariga xizmat qilishda qatnashgan oddiy umuminsoniy odob-axloq qoidalari noto’g’ri talqin qilinadi. Bu tartib va qoidalar hukmron sinflar tomonidan «hamma uchun» axloq qoidalari sifatida taqdim qilingan diniy axloq majmui tarkibiga kirganda, ba’zan o’zining haqiqiy umuminsoniy qiyofasini yo’qotadi. Bunday diniy axloq tartib-qoidalari, odatda, juda ham umumiy tarzda, mavhum sifat kasb etadi va ularni turlicha izohlashga yo’l qo’yiladi.
Masalan, Qur’onda yozilgan «Adolatsizlik va nojo’ya harakatlar qilma» degan ko’rsatma faqat umimiy tarzda bo’lib, ba’zi sinflarga safsata uchun imkoniyat ochib berishi mumkin. Shunga o’xshash mavhum, umumiy, shartli ifodalar bilan islom axloqqa umuminsoniy tus ham berishi mumkin.
Natijada, dinning zamonaviy tarafdorlari uni umuminsoniy axloqning yagona va asosiy davom ettiruvchisi deb tushunadilar.
Islom axloqida yana bir jiddiy masalani ko’rish mumkin. Bu rasmiy axloq tomonidan axloqiy qonun darajasiga ko’tarilgan munosabatlarning o’zaro mos kelmasligidir. Chunonchi, boshqa dinlar kabi islom ham odamlarning Olloh oldida ojizligini e’tirof etadi.
Inson hayoti va faoliyatini hamda islomdagi barcha hadislarni Ollohga bog’lovchi tasavvur, tushuncha, ya’ni taqdir yoki qismat islom tarixida o’ziga xos o’rin olgan. Shuning uchun bu masalaga dahriylarning munosabatini ochib o’tirmay, islom ilohiyotchilarining taqdir haqidagi nuqtai nazarini qisqacha ko’rib chiqamiz. Birinchidan, taqdir, qismat islomda rasman e’tirof etilgan aqidalardan biri. Ikkinchidan, islomda taqdir masalasida tortishuvlar mavjud. Masalan, jabariylar (arab-jabr majbur qilish) inson taqdirini Ollohning o’zi azaldan belgilab qo’ygan; odamlar faqat Olloh xohlaganini xohlaydilar, peshanaga yozilganini ko`radnlar, ularning o’zlarida hyech qanday iroda va faoliyat bo’lishi mumkin emas, degan ta’limotni asoslaganlar.
Islomda bunday ta’limot kelib chiqishining sabablaridan biri: taqdir tushunchasi jihod urushlari uchun, Muhammadning nabiyligi hamda xalifalarning payg’ambarga haqiqiy o’rinbosar ekanligini qonuniylashtirish uchun xizmat qilar edi. Keyinchalik esa taqdirga ishonish (fatalizm)ga xos ziddiyatlarni qodiriylar" (arab.—taqdir) o’zlarining ta’limotlarida izhor etib insonda iroda erkinligi mavjud bo’lganligini yoqladilar va jabariylarga qarshi ko`rash boshladilar. Ularning fikricha, odillik Olloxning asosiy sifatlaridan biri, binobarin, inson taqdirida faqat adolatli ishlar yozilgan. Ammo, Olloh gunohni oldindan belgilamaydi; gunoh faqatgina inson irodasi va erkinlingining natijasi, shuning uchun u gunoh qiladi, degan fikrni ilgari suradilar. Keyinchalik bu ta’limot mo’taziliylar tarixida izchil tarzda davom ettirildi. Bunday tortishuvlarni islom tarixida ilohiyotning ilk shakllaridan biri — kalom (arab. — so’z, nutq) tarafdorlari, ya’ni mutakallimlar yumshatishga harakat qilganlar.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish