Ro’yxatga olindi: №2021 yil “ ”


GLOBALLASHUV VA INTYEGRATSIYA JARAYONIDA MENTAL XUSUSIYATLARNING AHAMIYATI



Download 7,46 Mb.
bet129/215
Sana15.06.2022
Hajmi7,46 Mb.
#673216
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   215
Bog'liq
etno psixologiya

GLOBALLASHUV VA INTYEGRATSIYA JARAYONIDA MENTAL XUSUSIYATLARNING AHAMIYATI
1. Dunyo xalqlari globalizatsiya va intyegratsiya jarayonida
Ilmiy adabiyotlarda va ommaviy axborot vositalarida «Globallashuv», «Global dunyo», «Iqtisodiy moliyaviy globallashuv», «Aksilgloballashuv», «Madaniy globallashuv» kabi iboralar ko‘p qo‘llanilmoqda. Ayniqsa dunyo sotsial-iqtisodiy jarayonlarida ro‘y byerayotgan salbiy jarayonlar haqida so‘z borganda shubhasiz, muhokamalar globallashuv jarayoniga borib taqaladi.
XX asr oxiri XXI asr boshida jahon taraqqiyotida yangi umumsayyoraviy tartib, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o‘rtasidagi aloqalarning kyengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital tovar hamda ishchi kuchi bozoriga tamoman yangicha vaziyatning vujudga kyelishi, atrof muhitga tyexnogyen ta’sirning kuchayishi ommaviy madaniyat namunalarining kyeng tarqalishi informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstryemistik xurujlar xavfining ortib borishi, xullas jamiyat hayotining barcha sohalari-iqtisod, siyosat, mafkura, madaniyat hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog‘lanmoqda. Mazkur jarayon global kommunikatsiya tarmog‘ining vujudga kyelishiga imkon yaratgan informatsion inqilob, kapitalning intyernatsionallashuvi, jahon bozorida raqobatning kuchayishi, tabiiy zaxiralar va ularga egalik qilish uchun kurashning kyeskinlashuvi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, umumsayyoraviy falokat kabi omillar bilan byelgilanadi. Ana shu omillarning o‘zaro bog‘liqligi, bir-biri bilan tutashib kyetishida globallashuv jarayonining ziddiyatli hamda murakkab mohiyati namoyon bo‘ladi.
XX asrning 70-yillarigacha dunyo mamlakatlarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda siyosiy taraqqiyoti har bir davlatning o‘z hududi doirasidagi rivojlanish sur’atlari yohud ularning o‘zaro munosabatlari darajasidan iborat jarayon sifatida talqin etilar edi.
Globallashuv davriga kyelib esa taraqqiyot borasida o‘zgacha qarash voqyea-hodisalarni makon va zamondan ajratmagan holda sinxron tarzda talqin etish tamoyili ko‘zga tashlana boshladi. Shu ma’noda globallashuv jarayoni boshlanadigan aniq bir tarixiy davr va makonni ajratib ko‘rsatish qiyin. Nyegaki nazariy jihatdan qaraganda, tarixiy taraqqiyot xususiyatlaridan qat’iy nazar, xalqaro myehnat taqsimoti tizimiga uy g‘unlashib borayotgan, xorijiy sarmoyalarni o‘z iqtisodiyotiga izchil qilib jalb etayotgan hamda zamonaviy tyexnologiyalar sari intilayotgan har qanday mamlakat uchun globallashuv jarayoni tufayli vujudga kyelgan iqtisodiy afzalliklardan foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Ammo uning salbiy jihatlaridan ham qochib qutilib bo‘lmaydi.
«Globallashuv» atamasi dastlab amyerikalik olim T. Lyevittning 1983 yili «Garvard biznyes ryevyu» jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olgan edi. Bunda olim yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini nazarda tutgan edi.
Mazkur atamaning mazmun-mohiyati xususida bahs-munozara hamon davom etib yagona bir umumiy qarash shakllanmagan bo‘lsada, gumanitar ilmlarning turli sohalarida muayyan kontsyeptsiya va yondashuvlar mavjud. Jumladan, iqtisodiyot fani nazariyachilarining diqqat e’tibori asosan moliyaviy globallashuv, global transmilliy korporatsiyalarning shakllanishi iqtisodiyotning mintaqaviylashuvi, jahon miqyosida savdoning jadallashuvi kabi masalalar tahliliga qaratilgan. Tarixiy asarlarda bu jarayon kapitalizmning ko‘p asrlik taraqqiyot bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi. Siyosatshunoslar transmilliylashuv jarayonining tyezlashuvi, dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligining kuchayishi, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida yangi umumsayyoraviy tartibning shakllanishini har tomonlama chuqur tadqiq etmoqda. Sotsiologlar madaniyatning univyersallashuvi ta’sirida turli mamlakat va mintaqa xalqlari turmush tarzining yaqinlashuvi va birxillashuvini tasdiqlaydigan dalillarni izlamoqda. Faylasuflar esa, Kantning yaxlit abadiy dunyo hamda umumdunyoviy hukumat haqidagi g‘oyasiga tayanib turli millat va xalqlar qadriyatlarining uyg‘unlashuvini asoslashga intilmoqda. Bunday globallashuv jarayonining yagona ta’rifi, mazmun-mohiyatini aks ettiradigan yaxlit kontsyeptsiyasi ham yaratilmaganligi kyelib chiqadi. Umumiy jihatlariga e’tibor byersak, ular quyidagicha e’tirof etilishi mumkin:
Birinchidan, XX asr 2-yarmiga xos asosiy tyexnologiya-yadro qurolini ishlab chiqarish bilan bog‘liq edi. Global davr tyexnologiyalari esa tyelyevidyeniye, ryeaktiv samolyot, kosmik yo‘ldosh, kompyutyer, uyali tyelyefon, intyernyet kabi aloqa vositalari bilan byelgilanadi.
Ikkinchidan, insoniyatning globallashuv davriga qadam qo‘ygan kommunistik g‘oya, mafkura va siyosatning tanazuli va shuning natijasida libyeral-dyemokratik qadriyatlar g‘alabasini anglatadi. Ammo bu qadriyatlar jahonning ko‘pgina mamlakatlarida qaror topayotgan bo‘lsada ularning shakl-shamoyili va mohiyati ba’zan haqiqiy dyemokratik g‘oya hamda tamoyillardan farq qilayotgani ham sir emas. Muayyan mamlakatda dyemokratik institutlarning joriy etilishi hali jamiyatning tub manfaatlarini ifodalaydigan tuzum to‘la shakllanganligidan dalolat byermaydi. Byelorussiya yoki Turkmanistonda AQSh konstituttsiyasini targ‘ib etish bilangina dyemokratik tuzumni qaror toptirib bo‘lmaydi. Qolavyersa muayyan mamlakatga og‘ir shartlar asosida kryedit ajratish yoki boshqa taziyq usullarini qo‘llab, uning ichki siyosatiga aralashish ko‘pincha tyeskari natija byeradi. Shu bois Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlari iqtisodiyotining libyerallashuvi hamda xalqaro tashkilotlar (Yevropa Ittifoqi) bilan uyg‘unlashuvi ushbu davlatlarning tub milliy manfaatlari, o‘sha mamlakatlar alqlarining Mentaliteti va qadriyatlari bilan byelgilanadi.
Uchinchidan, ba’zan globallashuv bilan bir vaqtda unga tyeskari bo‘lgan mintaqaviylashuv jarayonining, jumladan, mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamda siyosiy tashkilotlar faoliyat doirasi va obro‘-e’tiborining kuchayishi jarayoni kuzatilmoqda. To‘rtinchidan, globallashuv jarayonining oldingi saflarida borayotgan (asosan yirik, taraqqiy etgan) mamlakatlar hamda rivojlanayotgan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutning kuchayib kyetayotgani ko‘zga tashlanmoqda. Jahon bankining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi vaqtda dunyo aholisi yarmining kunlik sarf-harajati ikki dollorga yaqin, 1200 mln kishiniki esa bir dollorga to‘g‘ri kyeladi.
Globallashuv xalqaro munosabatlarning an’anaviy ishtirokchisi, davlatlardan tashqari umumdunyoviy jarayonlarga byevosita ta’sir etuvchi yangi sub’yektlarni-xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yunyesko, Xalqaro myehnat tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, katta sakkizlik (AQSh, Gyermaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Frantsiya, Kanada, Italiya, Rossiya), mintaqaviy tashkilotlar (Yevropa hamjamiyati, ASYeAN, GUUAM va hokazo), transmilliy korporatsiyalar, nodavlat tashkilotlar (M: «yashillar» harakati), J. Soros va B. Gyeyts singari badavlat kishilarni siyosat maydoniga olib chiqadi.
Sovyet Ittifoqi barbod bo‘lgandan kyeyin AQSh dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi va o‘ziga xos inov lobaratoriyasiga aylanib qoldi. Parijdagi siyosiy tadqiqotlar institutining profyessori A. Valladao Frantsiyada chop etiladigan «Ijtimoiy fanlar» jurnalida ta’kidlashicha turli xalq va millatlar sintyezi nyegizida shakllangan amyerika jamiyatining madaniy qadriyatlari o‘zga mamlakatlar qabul qilishi uchun oson kyechadi.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish