O‘ZBEK MENTALITETI O‘ZGARISHLARI
1. O‘zbek mentalityeti shakllanishidagi tabiiy omillar
Tabiat va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlar birinchi navbatda inson fye’l atvori, ruhiyati, Mentalitetida o‘z aksini topadi. Mentalitet o‘zgarishlari esa, davlat tizimi, tuzilmalari va hatto jamiyat qiyofasini ham o‘zgartirib yuborishga qodir ekanligi ayon bo‘lmoqda.
Ma’lumki, dunyo hozirgi kunda umumiy ahloq, muayyan mazmundagi ma’naviy qiyofa, global mohiyatga ega tamoyillar uchun kurash fazasiga kiradi. Rivojlangan mamlakatlar nafaqat sanoat mahsulotlari, informatsion va mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish omillari orqali kyeng ko‘lamlardagi gyeopolitik siyosat yurgizishmoqda, balki o‘z xalqi, tabiati, fye’l-atvori, Mentalitet o‘ziga xosliklarini muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, hayotining barcha jabhalariga izchil singdirishga intilmoqda. Dunyo xalqlari uchun umumiy etikyet, umumiy fye’l-atvor, umumiy Mentalitet maxsus va izchil ravishda tarkib toptirilmoqda. Siyosiy, iqtisodiy va informatsion globallashuv Mentalitetlar, ruhiy o‘ziga xosliklar, fye’l-atvorning standartlashuviga ham turtki byermoqda.
Garchi dunyo xalqlari Mentalitetlarining standartlashuvi muayyan ijobiy jihatlarni ifoda etsa ham o‘z navbatida bir qator salbiy oqibatlarga ham olib kyeladi. Xususan, bu xalqning milliy o‘zligidan chyekinishga, madaniyatning vorisiylik an’analariga, milliy xarakter bir butunligiga putur yetkazadi.
XVI asr boshlaridan e’tiboran davom etgan siyosiy-ijtimoiy tanazzul va bir yarim asrlik mustamlaka davrlari mobaynida o‘zbyek xalqi o‘zligini asrash, milliy birligini ma’naviy hamda axloqiy yaxlitligini saqlab qolish borasida mislsiz matonat ko‘rsata bildi. Milliy birlikni muhofaza etish jarayonlari zaiflashgan davlat homiyligida emas, balki asosan aholi turli tabaqalariga mansub oddiy insonlar, ziyolilar, hunarmandlar, dyehqonlar, umuman olganda jamiyat kuchi vositasida amalga oshirilib kyelindi va quyidagilarda o‘z ifodasini topti:
O‘zbyek xalqi tanazzul va mustamlaka davrlaridan o‘zining etnik yaxlitligini saqlagan holda chiqa bildi;
Xalqimiz ma’naviyatining yorqin ifodasi bo‘lgan urf-odatlar,
An’analar, rasm-rusumlar, marosim va ma’rakalar tizimi saqlab qolindi;
O‘tmish madaniyatimizning o‘lmas obidalari, buyuk mutafakkirlarimiz qalamiga mansub byebaho asarlarning katta qismi, vahshiylarcha talon-tarojlarga qaramay turli tadbirlarni qo‘llash orqali asrab-avaylandi va avlodlarga yetkazildi;
Til birligi va tozaligini uzoq yillar davomida maxsus o‘tkazilgan ta’sir va tazyiqlarga qaramay saqlashga erishildi;
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, turli xil millat ma’naviyatiga yod bo‘lgan axloqiy kodyekslar, turmush tarzining o‘zgacha uslublarini singdirish borasidagi uzluksiz tazyiqlarga qaramay xalqimiz o‘zining ba g‘rikyengligi, saxovatpyeshaligi, myehmondo‘stligi, sabr-bardoshliligi singari chin insoniy fazilatlarini yo‘qotmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |