Rivojlangan darslik lotin tayyor doc



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

6.1.1.-jadval 
 Malakatlarning YAIM yaratish bo`yicha reyting tablitsasi
(2009 yil) 
O`rni 
Iqtisodiyoti 
Xajmi (mln.) 
 
Barcha mamlakatlar 
60,587,016 

AQSH 
14,204,322 

Yaponiya 
4,909,272 

Xitoy 
4,326,187 

Germaniya 
3,652,824 

Fransiya 
2,853,062 
Germaniya keyinroq industriya yo`liga o`tgan bo`lsa ham juda tez birinchilar 
qatoriga yetdi. Hozir u o`rta industriyalashtirilgan mamlakat hisoblanadi. Milliy 
xo`jalikda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat hissasi katta – u YAIMda 39 foizga 
teng. U juda tez tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshiradi. Sanoatda yetakchi sohalar 
asosni tashkil etadi. Ilm sig`imli tarmoqlar, an’anaviy tarmoqlarni yangi texnologiya 
asosida qayta yangilash, texnik rivojlantirishda raqobatdan keng foydalanish 
Germaniya sanoati uchun xos xususiyatdir. 
Hozirgi vaqtda investitsiya yo`nalishi asosan texnologik yangilanish va 
jixozlarni yangilashga qaratilib, deyarli 80 foizni tashkil etadi va 20 foizginasi ishlab 
chiqarish quvvatini oshirishga ishlatiladi.
O`tkir raqobat sharoitida Germaniya oldida ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish 
muammosi 
turibdi. 
Germaniya 
raqobatbardoshligining 
muhim 
tomonlaridan biri – mahsulotning yangilanib turishidir. Bu sohada ham Germaniya 
ilg`or o`rinlarni egallaydi. Umuman olganda Germaniya sanoati: ishlab chiqarishning 


159
yuqori sifatli darajadaligi va keng assortimentli buyumlar ishlab chiqarishi; xalqaro 
standartlardan foydalanish va ayni vaqtda individual, unikal buyurtmalarni bajarishi; 
mahsulot yetkazib berishni o`z vaqtida bajarish; mahsulotlar sotishning keng 
tarmog`iga egaligi va savdodan keyin xizmat ko`rsatish, umuman yuqori darajali 
raqobat talablariga mos kelish xususiyatlariga to`la ega.
Germaniya qishloq xo`jaligi ham ilg`orligi bilan tavsiflanadi. Bunda industrial 
usullarni keng qo`llash, qishloq xo`jalik amaliyotida ilmiy-texnik rivojning 
qo`llanilishi 
yuqori 
darajadaligi, 
intensivlikni 
yuqorilashuvi, 
agrosanoat 
kompleksining shakllanishi katta o`rin egallaydi. Bunda ham YAIMda qishloq 
mahsuloti ko`p emas, faqat 1,5 foizga teng. Lekin xalq iste’molini to`la ta’minlaydi. 
Ammo chorvachilik ustunlik qiladi. 
Qishloq xo`jaligi texnik ta’minlanganligi bilan farqlanadi. Shu bilan birga 
zamonaviy, yuqori unumli texnika ortib bormoqda. Kimyoviy usullar, mineral 
o`g`itlar ishlata olish kengaymoqda. Qishloq xo`jaligida yiriklashuv tezlashmoqda. 
Shuning uchun ham xo`jaliklar son jixatidan kamaymoqda.
Germaniya o`rta industrial davlat bo`lishiga qaramay, keyingi yillarda xizmat 
ko`rsatish kengayib, uning YAIMdagi hissasi ortib bormoqda va bu sohadagi bandlik 
ham ko`paymoqda. YAIMda xizmat ko`rsatish 37 foizga yetgan. Bunga texnik 
taraqqiyot tezlashuvi va xizmat ko`rsatishga talabning ortishi sabab bo`lsa, shu bilan 
birga davlatning ijtimoiy siyosatini ham ta’siri katta. Hozir bandlikning 53 foizi 
xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi.
Germaniya bozor iqtisodiyotida kichik biznesning o`rni katta. Mayda biznes 
10 kishigacha bandlik bilan belgilansa, o`rta biznes 500 kishigacha belgilanadi. Hozir 
Germaniyada firmalar umumiy sonining 99,8 foizi shu mayda biznesga to`g`ri keladi. 
YAIMda esa bularning hissasi 46 foizga to`g`ri keladi. Sanoatda esa mahsulotning 
½
qismi, yalpi investitsiyaning 44 foiz va tovar eksportining 40 foizi shu kichik 
biznesnikidir. 
Kichik biznes davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlanadi. Bu 
yiriklarning raqobat ta’siri, xo`jalik qiyinchiliklarini yengish, kredit qo`llash, 
soliqdagi rag`batlantirish, davlat buyurtmalarini joylashtirish, axborot xizmatlarini 


160
tashkil etish, marketing xizmati ko`rsatish, kadrlar bilan ta’minlash kabilarda o`z 
ifodasini topadi. Bu innovatsiya sohasida ham qo`llaniladi. 
Davlat qo`llashi kichik va katta, yirik ishlab chiqarishlar o`rtasidagi 
mutanosiblikda ham katta ahamiyatga ega. 
Moliya bozorining ishlab chiqarish ustidan nazorati mavjudligi Germaniyaga 
xos xususiyatlardan hisoblanadi. Bu banklarning aksiyaga egaliklari orqali amalga 
oshiriladi va muhim moliyaviy yechim va innovatsiya qarorlariga taalluqlidir. Bank 
nazorati mexanizmi firmalar ichki ma’lumoti, ishlab chiqarish, moliyaviy, 
innovatsion faoliyatlariga to`g`ridan-to`g`ri qatnashuvga asoslangan. 
Mamlakat ichida chet tadbirkorlik kapitalining hissasi katta. Ayniqsa AQSH 
TMK (trans milliy korporatsiyalar)ining ta’siri sezilarli. Hozir qo`shni mamlakatlar 
va Yaponiya kapitali qatnashuvi ham salmog`li bo`lib bormoqda. 
Germaniya iqtisodiyotida sanoat, bank va boshqa kompaniyalar birlashuvidan 
iborat moliya kapitalining o`rni katta. Bunda biznes strategiyasini aniqlash muhimdir. 
Tadbirkor Ittifoqi mavjud bo`lib, ularning boshida yirik konsern va banklar turadi. 
Nemis ish beruvchilar Federal birlashmasi tashkil etilgan, bu xususiy ish beruvchilar 
– tadbirkorlarning bosh tashkiloti bo`lib, muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal 
qilish asosiy vazifa hisoblanadi. Buning miqyosi tarmoq, federal yerlar chegarasidan 
chiqib ketadi va mamlakatga taalluqli tadbirkorlar manfaatini ko`zlab, hukumat, 
parlament, siyosiy partiya, jamoatchilik oldida himoyalaydi.
Germaniya iqtisodiyotida bank tizimining o`rni katta. Iqtisodiy samaradorlik 
pul mustahkamligi va valyuta tizimiga asoslangandir. Mamlakat ijtimoiy tuzumida 
kredit muassasalari juda mustaxkam o`rinni egallaydi. Hammasi bo`lib 49 mingga 
yaqin bank bo`limlari mavjud bo`lib, buning ichida 4 mingi mustaqil ish yuritadi. 
Bank xizmatchilari barcha bandlikning 3 foizini tashkil etadi. Bank tizimi ikki 
pog`onali bo`lib, bir tomonda Markaziy Bank va ikkinchi tomonda, xususiy 
banklardir. Bularning vazifalari qat’iy chegaralangan. Markaziy Bank xududiy 
bo`limlarga ega va bular 200 dan ortiqdir. Markaziy Bank (Bundesbank) Federal 
hukumatga qaraydi va faoliyatida hukumat qatnashadi. Bank direktorlar Kengashi 
a’zolari hukumat tavsiyasi bo`yicha Prezident tomonidan tasdiqlanadi. 


161
Bundesbankning eng muhim vazifalaridan biri pul siyosatini amalga 
oshirishdir, avvalo uning qadrini saqlash, qiymatini ta’minlashdir. Bu haqiqatdan 
ham banklar banki, davlat bankidir. Bunda pul massasini tartiblashtirish va buning 
iqtisodiy salohiyatdan kelib chiqishini ta’minlashdir. Halqaro taqqoslashda nemis 
markasi eng mustaxkam valyutalardan bo`lib, jahonda o`z mohiyati bilan 2 – pul 
rezervi hisoblanadi. 
Bank tizimining ikkinchi darajadagilari tijorat banklaridir. Bular asosan 
universal kredit muassasalaridir. Banklar markazlashuvi davom etib, yirik banklar 
qo`lida kapital ko`payib bormoqda.
Germaniya hukumatining iqtisodiy siyosatida tashqi aloqaga alohida e’tibor 
qaratiladi. Asosiy tashqi iqtisodiy aloqada yeI, AQSH va Yaponiyaning o`rni katta. 
Shu bilan birga boshqa hudud va mamlakatlar bilan aloqa olib borishga harakat 
qilinadi. Albatta asosiy diqqat yeI mamlakatlariga qaratiladi. Tashqi savdo 
Germaniya iqtisodiyotining stimulyatori hisoblanadi. Shuning uchun ham YAIMda 
katta o`rin egallaydi va 90 – yillarga kelib, 33 foizga yaqin bo`ladi. Lekin 
konsolidatsiya natijasida bu ko`rsatkich biroz pasaydi.
Germaniya tashqi savdoda doimo ijobiy balansga ega bo`lib keladi. Eksportda 
sanoat mahsulotlari asos bo`lib, mashina va jihozlar ko`pchilikni tashkil etadi, ya’ni 
½
qismdan iborat, sanoat xomashyosi, yarimfabrikatlar 
¼
ni tashkil etadi. Iste’mol 
buyumlari esa 1/10 atrofidadir. Kimyo mahsulotlari va avtomobil bo`yicha dunyoda 
liderlik qiladi. Qishloq xo`jalik tovarlari eksporti bo`yicha AQSH, Fransiya va 
Niderlandiyadan keyin 4-o`rinda turadi.
Germaniya eksportini rivojlangan moliyalashtirish va tashqi iqtisodiy 
faoliyatni sug`urtalash tizimi rag`batlantiradi. Importda esa asosiy qism tayyor sanoat 
mahsulotlari va yarimfabrikatga to`g`ri keladi. Bunda asosiy o`rinni yeI egallaydi – 
55 foiz. 
Kapital eksportida ham Germaniya eng yetakchilardan hisoblanadi va 
dunyoda uchinchi o`rinda turadi. 90 – yillarda chet nemis investitsiyasi 1564 mlrd. 
markani tashkil etgan. Kapital importi xajmi katta emas. Bu soliqning yuqoriligi, 
mehnat haqi yuqoriligi kabilar bilan bog`langan. 


162
Germaniyaning investitsiya sheriklari AQSH va yevropa mamlakatlaridir. 
Lekin boshqa mamlakatlar, ayniqsa Janubiy-Osiyodagilarning hissasi ham ortib 
bormoqda.
 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish