Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

6.2.Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli 
Germaniyada ijtimoiy bozor xo`jaligi shakllangan bo`lib, Ikkinchi Jahon 
urushidan keyin qisqa vaqt ichida xonavayron bo`lgan iqtisodiyotni tiklab, tezda 
rivojlanishni ta’minlash bilan birga yangi milliy bozor iqtisodiyoti modelini yuzaga 
keltirishga muvaffaq bo`lingan edi. 
Ijtimoiy bozor xo`jaligi modeli markazlashtirilgan ma’muriy milliy 
sotsialistik usuliga qarshi, shuningdek sotsializm iqtisodiy modeliga qarma-qarshi 
xolda yuzaga keladi. Ma’lumki, bu usullarda xo`jalikning boshqarilishini to`la 
markazlashtirgan xolda ma’muriy yo`llar bilan xo`jalik yuritish, deyarli barcha 
xolatlarni oldindan belgilashga asoslangan edi. Albatta bunda tashabbuskorlik, 
shaxsiy manfaat ustuvorligi inkor etilar va xo`jalik yuritish sharoitlari to`la e’tiborga 
olinmas va iqtisodiy erkin faoliyat amaliy chegaralangan edi. 
Bu bozor iqtisodiyoti mexanizmlarining harakatini to`xtatar, erkin faoliyatga 
yo`l bermagan xolda taraqqiyotga katta 
zarar keltirilar va asosiy diqqat harbiy 
iqtisodiyotni kuchaytirishga qaratilgan edi. 
Yangi model esa umuman boshqacha 
usuldagi xo`jalik yuritishni boshqarish edi. 
Bunda ijtimoiy yo`nalish iqtisodiyotga 
yangicha mazmun etib, xalq manfaatiga 
e’tibor asos hisoblanadi. Bu hozirgacha 
davom 
etib, 
davr 
talablariga 
ko`ra 
takomillashtirib kelinadi.
Germaniyacha ijtimoiy bozor xo`jaligi erkinlikka asoslangan va individual 
mustaqillikka qaratilgan. Lekin kuchli davlat ta’sirini ko`zda tutadi. Asosiy maqsad 
Ijtim
о
iy 
b
о
z
о

х
o’j
а
ligining 
n
е
misch
а
 
milliy 
m
о
d
е
li
iqtis
о
diy 
t
а
r
а
qqiyot uchun z
а
rur bo’lg
а
n milliy 
birli
к
, d
а
vl
а
t bil
а

а
h
о
li o’rt
а
sid
а
gi 
muv
о
z
а
n
а

must
ах
k
а
mligi, 
iqtis
о
diy 
o’sishd
а
gi 
z
а
rur 
r
е
sursl
а
rni 
to’g’ri 
t
а
qsiml
а
b, 
ul
а
rd
а

s
а
m
а
r
а
li 
f
о
yd
а
l
а
nishd
а
gi eng m
а
’qul usul bo’lib, 
o’zining h
а
yotiyligini o’tg
а
n d
а
vr ichid
а
isb
о
tl
а
b b
е
rdi. H
а
qiq
а
td
а
n b
у
m
о
d
е

t
ах
sing
а
s
а
z
о
v
о
r v
а
uni o’rg
а
nish 
f
о
yd
а
d
а

хо
li em
а
s.


163
shuki, davlat avvalo raqobatni ta’minlash bilan birga kuchli ijtimoiy siyosatni 
qo`llaydi. Bu esa iqtisodiy turg`unlik va odillikni qat’iy ta’minlashni talab etadi. 
Ijtimoiy bozor xo`jaligi shunday tartibni o`rnatadiki, bunda davlat huquqiy 
tartibni va jamiyat farovonligini o`rnatish bilan birga qo`shimcha bir qancha 
vazifalarni ham bajaradi, qaysiki mavjud shart-sharoit, vaqt talabi, iqtisodiy zaruriyat 
tufayli o`zgarib moslashib boradi. 
Ijtimoiy bozor xo`jaligidagi eng asosiy xususiyatlardan biri, davlatning 
iqtisodiyotdagi katta o`rni mavjud ekanligi hamda iqtisodiy taraqqiyot va faoliyatdagi 
ta’sirining kuchliligidir. Bu davlatning xo`jalik yuritishga bevosita aralashuvi emas, 
balki vosita usullari bilan ta’sir etish va bu yo`l bilan iqtisodiyot taraqqiyotini 
ta’minlashdir. Bu qonunlar, tartib-qoidalarni belgilash va taqsimotda faol ishtirok 
etishni o`z ichiga oladi. Iqtisodiy o`sish bilan boylikni, tenglikni ta’minlash yo`lida, 
taqsimlash o`rtasida kelishuvni ta’minlash usullarini keng qo`llaniladi. Masalan, 
taqsimlanmagan foydadan olinadigan soliq 65 foizni tashkil etadi. Agar taqqoslasak 
bu ko`rsatkich AQSHda – 32 foiz, Angliyada – 45 foizga tengdir.
Milliy daromadni taqsimlashda davlat ishtiroki juda yuqori darajadadir. Bu 50 
foizni tashkil etadi. Davlatning ijtimoiy kafolatlik roli ham katta va bu sohadagi ko`p 
yukni o`ziga oladi, ijtimoiy ta’minot va boshqa inson bilan bog`liq iqtisodiy 
muammolarni davlat o`z gardaniga oladi va amalga oshiradi. Ko`p narsalar to`ppa-
to`g`ri davlat ijrosida amalga oshirilsa, qolgan tomonlar bu sohada ish o`rni bahosi 
orqali bajariladi. Shunga ko`ra Germaniyaga xos narsalardan yana biri ish joyining 
dunyoda qimmatligidir. Buning ichida ijtimoiy xarajatlar ham mavjuddir. 90 – yillar 
o`rtasiga kelib bir soatlik ish vaqti 45 marka bo`lib, bu AQSHga nisbatan uch barobar 
ko`p bo`lgan. Bunda albatta mehnat unumdorligi yuqoriligining ta’siri ham katta. 
Ijtimoiy bozor xo`jaligida ishsizlikning juda pastligi va bandlikning yuqori 
darajada bo`lishi ham o`z ifodasini topadi. Chunki bunga oid ko`p ishlar, usullar 
qo`llanilib turadi. Eng muhimi iqtisodiy taraqqiyot, ishlshab chiqarishning o`sib 
borishi, ish joylarining tashkil etilishi va xizmat ko`rstaish sohasining o`sishidir.
Farovonlikka qaratilgan ijtimoiy bozor xo`jaligidagi natijalardan yana biri 
kichik biznes rivoji va uning keng salmoqligi, ommaviy darajada bo`lishi, bunga 


164
davlatning e’tibori hamda uning har tomonlama qo`llab-quvvatlanishidir. O`tgan asr 
50 – yillardayoq bandlikning yarmidan ko`pi shunga to`g`ri kelgan va umuman 
aholining farovonligi asosi deb qaralgan. O`sha vaqtdayoq sanoat mahsulotining 
yarmi kichik va o`rta biznesga to`g`ri kelgan. 
Bu modelning yana bir muhim tomonlaridan biri ichki bozorni to`la 
ta’minlashga harakat qilish bo`lib, avvalo eng ommaviy iste’mol tovarlari bilan 
bozorni to`ldirish va bu sohada yetishmovchilikka yo`l qo`ymaslikdir. Shu bilan birga 
haqiqiy bozorbop moliya tizimini shakllantirish va marketing qadrini oshirib borish, 
uning xaridlik quvvatini ko`tarib borish uchun zarur tadbirlarni doimo qo`llab borish 
hamma vaqt davlat diqqatida bo`lib, markaning dunyoda eng kuchli valyutalar 
qatorida ushlab turish, uning halqaro obro`sini ko`tarib borish muhim hisoblanib 
keladi. 
Ijtimoiy bozor xo`jaligining nemischa milliy modeli iqtisodiy taraqqiyot 
uchun zarur bo`lgan milliy birlik, davlat bilan aholi o`rtasidagi muvozanat 
mustaxkamligi, iqtisodiy o`sishdagi zarur resurslarni to`g`ri taqsimlab, ulardan 
samarali foydalanishdagi eng ma’qul usul bo`lib, o`zining hayotiyligini o`tgan davr 
ichida isbotlab berdi. Haqiqatdan bu model taxsinga sazovor va uni o`rganish 
foydadan xoli emas.

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish