Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 G`arbiy va Sharqiy Germaniyaning qo`shilishi bilan bog`liq iqtisodiy



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

6.4. G`arbiy va Sharqiy Germaniyaning qo`shilishi bilan bog`liq iqtisodiy 
muammolarning xal qilinishi 
Germaniya yerlarining qo`shilishi tarixiy voqea bo`lib, yagona Germaniya 
milliy iqtisodiyotining shakllanishi yangi bosqichdan iboratdir. Bu jarayon shu bilan 
birga katta qiyinchiliklarni yengish va yirik-yirik sarf-xarajatlarni amalga oshirish 
bilan bog`langan edi. 
Barcha og`irlik G`arbiy Germaniya gardaniga tushib, xarajatlar va butun 
o`zgarishlarni asosan o`z bo`yniga olgan edi. O`zgarishlarning asosiy qismi G`arbiy 
Germaniyadagi iqtisodiy tizimni qo`llash va iqtisodiy taraqqiyot darajasiga 
tenglashtirish bilan belgilanadi. Birlashish bilan bog`liq xarajatlar 2 trln. markani 
tashkil etgan. 
Asosiy vazifalar Sharqiy yerlarning qoloqlikdan chiqarish, iqtisodiy shakliy 
tuzilmalarni o`zgartirish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat unumdorligini ko`tarish, 
G`arbiy standartlarga tenglashtirish, xususiylashtirishni amalga oshirish kabilardan 
iborat edi. Sharqda G`arbga nisbatan mehnat unumdorligi uch barobar past bo`lgan.
Sharqiy Germaniyadagi iqtisodiy o`zgarish va uning islohoti quyidagi 
jarayonlarni o`z ichiga oladi: 
- xususiy mulkni kiritish; 
- ishlab chiqarish vositalarini xususiylashtirish; 
- o`tish jarayonlarini qisqa vaqt ichida amalga oshirish; 
- yangi davlat institutlarini joriy qilish; 
- bozor iqtisodiyoti o`zgarishlarini amalga oshirish; 
- katta xajmda kapital xarajatlarni bajarish. 
Qo`shilish vazifalari 1990 – yilda boshlandi. GFR Konstituttsiyasi GDRda 
ham kuchga kirdi. Valyuta, iqtisodiy-ijtimoiy ittifoqlar tuzildi. Shu bilan birga 
institusional tashkiliy tuzilmalar kuchga kirdi. Nemis markasi, rivojlangan bank 
tizimi, moliyaviy boshqaruv tadbiq etildi. Xususiylashtirish 1994 – yilda yakunlandi. 
Shu bilan birga xo`jalik tuzumi ham o`zgartirila boshladi.
Boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy o`zgarishlar ancha qisqa vaqt ichida 
bajarilib, iqtisodiy tushkunlikni oldi olinib va bundagi ko`p ishlar muvaffaqiyatli 


171
bajarilib, muntazam iqtisodiy o`sishga o`tilgan edi. Lekin keskin o`zgarishlar bir 
qancha muammolarni yaratib, bularning ichida eng muhimlari ijtimoiy soha bilan 
bog`langan edi. Ta’sirlisi ko`pchilik korxonalarning yopilishi va ishsizlikning o`sishi 
edi. Buning asosiy sababi g`arbiy ishlab chiqaruvchilar bilan bo`lgan raqobatga 
chiday olmasligi edi. Bu to`g`ridan-to`g`ri sharqiy yerlarga moliyaviy sarmoyalarni 
jo`natishni talab etib, 1991 – yili 140 mlrd., 1992 – yili 152 mlrd, 1993 – yili 182 
mlrd. markani va qisqa vaqt ichida hammasi bo`lib 1,4 trln. nemis markasi miqdorida 
davlat moliyaviy sarmoyalari yuborilgan. Bu Rossiya, Markaziy va Sharqiy yevropa 
mamlakatlariga nisbatan GDRning ustunligi mavjudligiga qaramay yuz bergan edi. 
Sharqiy Germaniya iqtisodiyotining o`zgarishi bir qancha qiyinchiliklarni 
tug`dirib, bularning ichida eng asosiysi o`sishning doimiyligini ta’minlash edi. 
Buning uchun o`sishning davomiyligi, o`zidan-o`zi chetki turtkisiz o`sish iqtisodiy 
mexanizmini yaratish va singdirish talab etilar edi. Bu albatta birdaniga bo`ladigan va 
oson masala emas edi. Ancha murakkab va kompleks muammo ekanligi ma’lum edi. 
Chunki Sharqiy Germaniya korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini ko`tarib, 
G`arbiy darajaga yetkazish talab etilardi. Buning uchun ish haqi xarajatlarining 
mahsulot birligiga to`g`ri kelishini ko`tarish va innovatsion faoliyatni rag`batlantirish 
talab etilar edi. Bunday vazifa juda qimmatga tushar va ko`p kompleks ishlarning 
amalga oshirilishi bilan bog`langandir. Ishlab chiqarish quvvatlarini ilg`or texnika va 
exnologiya asosida yangilash, ish usullarini takomillashtirish talab etilib, bularning 
hammasi yuqori malakali ishchi, xizmatchilarni talab etardi. Ma’lumki, muammo 
yuqori texnika bilan birga inson resursiga borib taqaladi. 
Bundan tashqari ishlab chiqarish tashkiliy tuzumini tubdan o`zgartirish talab 
etilib, ichki va tashqi bozor talabiga moslashtirish zaruriyati tug`iladi. Bu ham 
ma’lum vaqt va katta sarmoyani talab qiladi. 
Shu bilan birga xizmat ko`rsatish sohasi, transport va aloqa, axborot, 
boshqarish kabilar ham tub o`zgarishlarni talab qilib, ularni zamonaviylashtirish va 
G`arb standarti darajasida qayta tuzish ham juda dolzarb vazifa hisoblanar edi. Eng 
muhimi turmush darajasi va turmush sifatini ko`tarish va G`arbiy zona darajasiga 
yetkazish ham juda zarur va katta xajmli ish hamda sormoya talab qilar edi.


172
Germaniya yerlarining qo`shilishi va yagona davlatning shakllanishi, bitta 
milliy iqtisodiyotning yuzaga kelishi bilan birga boshqa muammolarni ham yuzaga 
keltirdi. Qoloq Sharqiy iqtisodiyotning qo`shilishi umumiy pasayishga olib keldi va 
yagona Germaniya iqtisodiyoti buning natijasida boshqa rivojlangan mamlkatlarga 
nisbatan past ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Bu ayniqsa aholi jon boshiga 
hisoblanadigan ko`rsatkichlar, mehnat unumdorligi darajasi, turmush sifati, daromad 
ko`rsatkichlari kabilarga taalluqlidir.
Bundan tashqari katta xajmdagi sarmoyalarning sharqiy yerlar uchun sarf 
etilishi, bunda katta kapital quyilmlarning amalga oshuvi va diqqat e’tiborni 
qoloqlikdan chiqarish va g`arbiy darajaga yetkazishga qaratish g`arbiy qismdagi 
iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi. 
Bu byudjetdagi og`irlikning yuzaga kelishi, soliqlarning ko`tarilishi, g`arbiy 
qism korxonalaridagi kapital xarajatlarning kamayishi kabilarga olib kelgan. 
Lekin o`zgarishlarga qaratilgan tadbirlar tez o`z natijasini berib, Sharqda 
qoloqlik borgan sari yo`q bo`lib, umumiy o`sish ham boshlanadi. GFR sotsialistik 
lagerda eng ilg`or mamlakat hisoblanardi. Shunga qaramay qo`shilish oldidan uning 
YAIM jon boshiga hisoblaganda G`arbiy Germaniyaga nisbatan 1/3 qismga teng edi. 
1996 – yilga kelib 57 foizga ko`tariladi. Sharqiy zonada 1994 – yildanoq jonlanish 
boshlanib, YAIM 8 foizga o`sadi. G`arbiy qismda bu 2,5 foizga teng bo`lib, umuman 
GFRda 3 foizni tashkil etadi. Ishsizlik ancha pasayib, davlat xarajatlari va soliq 
to`lovlari darajasi pasaya boshladi. 

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish