Rivojlangan darslik lotin tayyor doc


 Hozirgi davr Germaniya iqtisodiyoti o`sishining



Download 2,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/162
Sana22.03.2023
Hajmi2,4 Mb.
#920552
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Bog'liq
3563-Текст статьи-8964-1-10-20201026

6.5. Hozirgi davr Germaniya iqtisodiyoti o`sishining
muammolari va Shryoder dasturi 
Hozirgi davrga kelib Germaniya iqtisodiyotida o`sish sekinlasha boshladi va 
buning oldini olish uchun hukumat o`zining chora-tadbirlarini belgilay boshlaydi.
Iqtisodiy islohotlar “Shryoder dasturi” nomini olib, bundagi asosiy 
yo`nalishlar shu dasturda o`z o`rnini olgan. Shryoder dasturidagi asosiy urg`u tub 
mazmuni bilan bozor iqtisodiyoti tomon bo`lgan harakat bozor munosabatlariga to`la 
yo`l ochish va uning mexanizmlari harakatiga to`la erkinlik berish bilan bog`liqdir. 


173
Ta’kidlaganimizdek, Germaniya iqtisodiyoida davlatning o`rni katta bo`lib, 
uning bozorni tartiblashtirish vazifalari keng xajmli edi. Bu esa o`z navbatida raqobat 
sharoitlarini toraytirib, uning to`laqonli harkatiga to`sqinlik qilar hamda davlatning 
aralashuvi yuqori darajada edi. Hozirgi vaqtga kelib bunday xolat o`zgarishni talab 
etadi. 
Qo`ldan berilgan raqobatbardoshlik darajasini qaytarish va bu sohada yuqori 
cho`qqilarni egallashga harakat qilinayotgan edi. Iqtisodiyotdagi davlat ishtiroki 
darajasini qayta ko`rib chiqish, to`la erkin bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tish bilan 
bog`liq tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati tug`ilgan edi. Albatta bu barcha soha va 
tarmoqlardagi davlat iqtisodiyoti siyosatini qayta ko`rib chiqish va iqtisodiy o`sishni 
tezlashtirishga mos siyosatga o`tish yo`llari axtariladi. 
Bunda liberallik siyosati, tadbirkorldikka to`la erkinlik berish, soliqlarni 
pasaytirish, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish, davlat sarflarini qisqartirish kabi nozik 
masalalarni xal qilish yo`llarini belgilash ko`zda tutiladi. Shu bilan birga ijtimoiy 
muammolarga e’tiborni qaratish zaruriyati ham tug`ilmoqda edi. Asosiy ijtimoiy 
muammolar quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
-
ish joyining qimmatligi va ijtimoiy yukning og`irligi; 
-
xalq qarib borishining o`sishi 1997 – yilda 100 ishlovchiga 96 ta 
mehnatga layoqatsiz to`g`ri kelgan; 
-
globallik darajasining o`sishi chetdan keluvchilarning ko`payishi va 
ularni maxalliylar bilan tenglashtirish muammosining o`tkirlashuvi. 
Ijtimoiy muammolarni yechishdagi eng ma’qul usul o`zini ta’minlay olish 
yo`llarini qo`llashdir. Eng yaxshi ijtimoiy tartibli joy jamiyat mahsulotini qayta 
taqsimlash yo`li bilan maksimal keng xajmdagi ijtimoiy qo`llaniladigan joy emas, 
balki qo`llashga muxtoj fuqarorlar eng kam bo`lgan joy hisoblanadi. 
Asosiy maqsad bevosita ta’minlash emas, balki muxtojlikni yo`q qilishdir. 
Shryoder dasturi bo`yicha davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini 
imkoni boricha kamaytirib, erkin harakatini sharoitini kengaytirish, ayniqsa mayda va 
o`rta biznesni maksimal qo`llash siyosatini oldinga suriladi. Bu sohada ayniqsa davlat 
tartiblashtirishi, chegaralashga qarshi kurash olib borish talab etiladi va bu burinchi 


174
darajali ish deb bilinadi. Mayda va o`rta biznesmenlarni xalq taniqli ashulachi va 
futbolchilardek ardoqlab, hurmat qilishi kerak deb bilinadi. Agar davlat harakati 
raqobatni susaytirsa, u bozorga qarshi qaratilgan bo`ladi, deb bilinadi. Davlat tub 
mazmunan vatan ishlab chiqaruvchilarini ichki bozorda himoya qilish emas, balki 
raqobatga qarshi kuchlar, monopoliyaga qarshi kurashni ta’minlashi kerak va 
samarali xo`jalik yuritish usullarini keng qo`llash sharoitlarini yaratishi zarur. 
Asosiy e’tibor yuqori texnikali tarmoqlarga, yangi innovatsiyali firmalarga 
qaratiladi. Industrial jamiyatdan bilim, axborot, xizmat ko`rsatishga asoslangan 
iqtisodiyotga o`tish amalga oshirila boshlandi. Buning uchun ta’lim sifatini ko`tarish, 
ilmiy texnologik siyosatni kuchaytirish, infratuzilmalarni qayta qurish yo`llari 
qo`llaniladi. Bungacha esa dalvat tarmoq shakli tuzilmalariga va ayrim ishlab 
chiqarishlarga investitsiyani tartiblashtirish usulini qo`llar edi. 
Globallik va texnologik siljishlar tezligi davrida hukumat birinchi o`ringa 
bevosita mehnatkashlar daromadining o`sishini tezlashtirish, qashshoqlikka barham 
berish, ishsizlikni kamaytirish emas, balki daromadlar, bandlik masalalarini xal qila 
oladigan va yangi firmalarni tashkil etish va korxonalarning ravnaqini ta’minlashga 
o`z diqqat – e’tiborini qaratishi talab etiladi. 
Soliqlar 2001 yilga kelib 45 foizdan 35 foizga tushurilib, nafaqa xarajatlari 
kamaytirildi hamda xususiy nafaqa jamg`armalarga soliq imtiyozlari qo`llanila 
boshladi. Davlat xarajatlari pasaytirilib, umumiy davlat sarmoyalari tejami 16,7 
mlrd. dollarni tashkil etadi. Angliyadek bozor liberallashuviga o`tila boshlanadi va 
ijtimoiy mo`ljalli iqtisodiyotdan to`laqonli bozor iqtisodiyotiga o`tish asta-sekin 
kuchga kira boshlaydi. Davlat mulkini xususiylashtirish bo`yicha ancha ishlar qilindi. 
Shu bilan birga davlatning bozorni tartiblashtirish faoliyati ancha qisqartirilib, 
iqtisodiy aralashuv susaya bordi. 
Shryoder dasturining amalga oshirilishi va unda belgilangan tadbirlarning 
tadbiq etilishi, o`z natijalarini berib Germaniya iqtisodiyotining bozor munosabatlari 
asosida rivojlanishini tezlashtirdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyoti salohiyatini 
ko`tarib, jahon xo`jaligidagi o`rnini mustahkamlaydi va o`ziga xos e’tiborni jalb 
etadi. 


175

Download 2,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish