Yangi sulola Ming - “yorqin” degan nom oldi.Ush vaqt o’laroq Chju Yuan Chjan qo’shinlari Dado shahrini egallashdi, mo’g’ullar esa dashtga qochishdi.
Hokimiyatni egallagan Chju Yuan Chjan o’z qo’lida mutlaq hokimiyatni egallab qoldi.U davlat ishlari bilan shaxsan shug’illandi.Amaldorlariga esa kuniga uch martdan audiensiya berdi.Avvalgi hukumat devonxonasining o’rniga imperatorning shaxsiy devonxonasi tashkil etildi.
12. Slavyan tillari — Hind-Yevropa tillari oilasi tarkibidagi qarindosh tillar guruhi. Asosan, Markaziy va Sharqiy Yevropada, Shim. Osiyoda va jahonning boshqa koʻplab mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 300 mln. kishiga yaqin. Slavyan tillarining birbiriga yuqori darajadagi yaqinligi soʻz oʻzaklari va affiks larda, soʻz strukturasida, grammatik kategoriyalar qoʻllanishida, ran qurilishi va maʼnolar tizimida, izchil tovush oʻzgarishlari tizimida va boshqalarda namoyon boʻladi. Bu yaqinlik Slavyan tillarining kelib chiqish manbai yagonaligi, shuningdek, ularning adabiy tillar va lahjalar darajasidagi uzok, yillik alokalari bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, 11 —15-asrlardan beri mustaqil tillar sifatida rivojlanib kelayotgani syababli ular orasida moddiy, funksional va tipologik harakterdagi bir qancha tafovutlar ham mavjud.
St. oʻzaro yaqinlik darajasiga koʻra, 3 guruhga ajratiladi: sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari), jan. slavyan (bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari) va garbiy slavyan (chex, slovak, polyak, yuqori va quyi lujitsa tillari) guruxlari. Mazkur guruxlardan har birining ichki boʻlinishlari ham oʻziga xosliklarga ega. Slavyan tillarining har biri adabiy til bilan birga oʻz hududiy lahjalarini qamrab oladi; bu unsurlarning oʻzaro nisbati Slavyan tillarida turlicha namoyon boʻladi.
14. Milodning ilk asrlarida Osiyodagi xunn, Yevropadagi german qabilalarida mulkiy tabaqalanish kuchayib, ular zaiflasha boshlagan Rim imperiyasiga bosqinlarini kuchaytirishgan.
Xalqlarning buyuk ko‘chishlari. Milodiy IV—VI asrlarda Yevropani xunn qabilalari boshlab bergan «Xalqlarning buyuk ko‘chishlari» jarayoni qamrab oladi. Ushbu jarayonning o‘ziga xos bir qancha sabablari bo‘lgan. Avvalo, german qabilalari da aholi sonining ko‘payib borishi natijasida yangi yerlarga bo‘lgan talabning oshishi, mulkiy tabaqalanish kuchayishi German qabilalarini yangi hududlarni egallashga undadi. Bundan tashqari, xunnlarning IV asrdan Sharqdan ko‘chishlari va hujumlari ko‘plab varvar qabilalarini o‘z yerlaridan siljishga majbur qilgan. Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi keyingi asrlarda ekinzorlarni qo‘riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantirdi. Ushbu omillar xalqlarning yashash va xo‘jalik yuritish uchun yangi qulay hududlarni izlashiga turtki bo‘lgan. IV—VI asrlar Yevropa xalqlari tarixi uchun buyuk ko’chishlar davri hisoblanadi.
German qabilalari va ularning mashg‘ulotlari. Rim imperiyasining shimoli-sharqiy chegaralari bo‘ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida ham urug‘chilik jamoasi daraj asida yashar edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |