Rim imperiyasining qulashining 10 sababi



Download 83,41 Kb.
bet11/26
Sana23.04.2022
Hajmi83,41 Kb.
#577396
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
rebuilt.Bobur tarix oraliq

2 topshiriq.
Test javoblari.
1C; 2B; 3A; 4D; 5B; 6B; 7D; 8B; 9A; 10A; 11C; 12B; 13 B; 14A; 15D; 16 B; 17B; 18A; 19B; 20C; 21B; 22C; 23C; 24C; 25B
3.Topshiriq. 1.Xalqlarning buyuk ko’chishlari. Xalqlarning buyuk koʻchishi - Yevropada mil. 4—7-asrlarda germanlar, slavyanlar, sarmatlar va boshqa kabilalarning Rim imperiyasi xududiga oʻtishidan iborat yalpi etnik koʻchishlarning shartli nomi. 4-asrning 70-yillaridan boshlab gunnlar ning ommaviy ravishda gʻarbga siljishlari Xalqlarning buyuk koʻchishik.ga bevosita turtki boʻlgan. Gunnlar Uralboʻyidan yurish boshlab taxminan 370 y. Volgani kechib oʻtganlar, soʻngra boʻysundirilgan alanlar bilan birga Shim. Qora dengiz sohillarida yashovchi gotlarta hujum qilganlar (375). 376 yil kuzida gunnlar tazyiqiga bardosh berolmagan vestgotlarning bir qismi Rimning ruxsati bilan imperiyaga tegishli Dunayning jan. dagi hududga joylashganlar. Biroq hukumat amaldorlarining zoʻravonligi natijasida vestgotlar 377 yil qoʻzgʻolon koʻtarganlar. 378 yil 9 avgustda Rim qoʻshini Adrianopol yaqinida qoʻzgʻolonchilar tomonidan tormor keltirilgan. Gotlar, alanlar va gunnlarning imperiyaga tazyiqi toʻxtatilgan, lekin gotlar Dunay daryosi va Bolqon togʻlari orasidagi hududda Rim federati sifatida yashay boshlagan, Rim armiyasida varvarlashuv jarayoni kuchaygan. 4-asr oxiridan varvarlar tazyiqi yangidan avjga chiqqan. 394—395 yillar qishida gunnlar Suriya va Kappadokiyada chopkun uyushtirganlar. Vestgotlar Alarix I boshchiligida Yunonistonni talontoroj etib, Illirikada muqim oʻrnashganlar. 410 y. 24 avgustda ular Rimni egallab, uni talaganlar. Garchi gotlar 27 avgustda yoq Rimdan ketgan boʻlsalarda, "abadiy shahar"ning kulashi ulkan maʼnaviy ahamiyatga ega boʻlgan. 5-asr mobaynida german qabilalari Gʻarbiy Rim imperiyasining butun hududi boʻylab joylashib, bu yerda bir necha varvar qirolliklarini barpo etganlar. Xususan, Galliyaning jan.gʻarbida markazi Tuluza sh. boʻlgan Vestgot qirolligi (418 yil; u keyinchalik Ispaniyaga ham tarqalgan), Shim. Afrikada Vandallar qirolligi (429—439), Italiyada Ostgotlar kirolligi (493), Shim. Galliyada Franklar qirolligi (476 yil; keyinchalik u koʻplab varvar kirolliklarini tobe etgan, qarang Frank davlati), Galliyaning jan.sharqida markazi Lion sh. boʻlgan Burgundlar kirolligi (taxminan 457 yil); angllar, sakslar, yutlar 5-asr oʻrtalaridan boshlab Britaniyani bosib ola boshlaganlar va 6-asr oxiri — 7-asrda bu yerda oʻzlarining bir qancha qirolliklarini barpo etganlar. 5-asr boshida Oʻrta Dunay (Pannoniya)da oʻrnashib olgan gunnlar Attila davrida (434—453) Galliya va Italiyani egallashga harakat qilganlar. Biroq Katalaun jangi (451)dan soʻng ularning ittifoqi parchalanib ketgan. Imperator Yustinian I davrida Sharkiy Rim imperiyasi (Vizantiya) varvarlardan Shim. Afrika, Italiya va Ispaniyaning bir qismini qaytarib olib, bu yerlarda Rim tartibotlarini qisman tiklashga erishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning soʻnggi bosqichi 6-asr oxiri — 7-asrlarga toʻgʻri kelgan. 568 yil langobardlar Shim. va Oʻrta Italiyada muqim oʻrnashganlar. Slavyanlar — avarlar va protobolgarlar (bulgʻorlar) koʻmagida Bolqon ya.o.da mustahkam joylasha boshlashgan, natijada 7-asr ga kelib bu hudud aholisi, asosan, slavyanlardan iborat boʻlib, ular oʻz knyazliklarini tuzganlar, Slavyanlarning bir qismi Kichik Osiyoga, Vizantiya imperiyasi hududiga borib joylashgan. Slavyanlar gʻarbga — alemannlar va sakslar egallagan hududlarga qadar tarqalishgan. Xalqlarning buyuk koʻchishik.ning ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy oqibatlari juda ulkan boʻlgan. U Gʻarbiy Rim imperiyasining qulashiga olib kelgan

Download 83,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish