11. Xitoyning o’rta asrlardagi tarixi va unda Sun, Tan, Min va Sin sulolari boshqaruvi Suy va Tan markazlashgan imperiyalari (VI oxiri - VIII o’rtalari).Suy sulolasining taxti kelishi bilan Xitoy tarixida yangidan markazlashgan imperiyalar davri boshlandi. Sulola asoschisi bo’lgan Yan Tzyan (imperator Ven-di) soliqlarni miqdorini kamaytirib, tartibga soldi, tuz va vino monopoliyasini bekor qildi, yagona pul birligi bo’lgan tanga chiqazdi va qishloq xo’jaligini rivojlantirishga katta hizmat qildi. U III asrdan boshlab davom etib kelayotganva amaldorlar tabaqasining imtiyozlarini mustahkamlagan davlat xizmatiga shaxsning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab qabul qilish tizimini bekor qildi. Endi ko’proq imtihonlarga etibor beriladigan bo’ldi.
Suy sulolasi o’z g’alabasini imperiya ko’lamidagi tadbirlar bir necha tadbirlar uyishtirishlar bilan nishonladi. Imperiya poytaxti Chanan yangidan qurildi, buyuk devor qayta tiklandi va mashxur kanali o’tkazildi, u mamlakatning shimoli va janubini bog’lab turadi. Ammo haddan tashqari qattiq markazlashtirish siyosati va imperator Yan Di vorisi bo’lgan imperator Ven Dining qondirib bo’lmas manmanligi tufayli sulola zavolga yuz tutdi. Imperiyaning turli viloyatlarida qo’zg’alonlar ko’tarildi. Bu urushlarda imperator Yan Dining yaqinlaridan biri hisoblangan va Xunlarning Tan oilasidan bo’lgan Li Yuan ga’laba qozandi. 618-yilning bahorida Li Yuan mamlakat poytaxtini egalladi va o’zini Tan sulolasining imperatori deb elon qildi. Mamlakatda siyosiy kuchlarni donolik bilan muvozanatga solib turgan holda Li Yuan Undan oldingi imeratorlari tomonidan tanlangan madaniy unifikatsiya siyosatini davom ettirdi. Amaldorlar faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunlar o’z davri uchun juda to’liq va mukammal qilib yozilgandi. Hukumat yig’ilayotgan soliqlarni puxtalik bilan to’g’ri hisoblanishini ta’minladi va dehqon xo’jaliginig holatiga e’tibor qaratdi. Mo’g’ulistanda va Sharqiy Turkistonda hukumronlik qilayotgan turk qabilalari ustidan g’alaba qozonishi Tan sulolasi uchun O’rta Osiyoga yo’l ochib berdi. Shimollik sulolalar hukmronlik qilgan davrlardan qolgan ko’chmanchi hayot ko’nikmalari esa hitoyning chet el ta’siriga oson berilishiga olib keldi.Buyuk ipak yo’li bo’yicha savdo sotiq qayta tiklandi, Tan imperiyasi poyatxti Chananning butun kvartallarda chet elliklar yashay boshlashdi, ularning ko’pchiligi O’rta Osiyodan edi.Hitoyning o’sha davrdagi shoirlari g’arb ayollari go’zalligidan maftun bo’lishardi. Xitoy savdogarlari “g’arb o’lkalari”dan bo’lgan hamkasblarining zexniga qoyil qolishardi, Tan imperiyasi shaxarlarida Osiyoning g’arbiy qismida ta’qibga uchragan moniy, zardo’shdiy va nestoriyan kabi turli hil din vakillari bosh pana topishardi.
Tan imperiyasining gullab yashnashi imperator Suyan Tzun (713-756) davriga to’g’ri keladi. Bu saroy hoyotining misli ko’rilmagan boyligi va sheriyatning ajoyib yutuqlari davri bo’ldi. Suyan-Tzun mudofa ishini yirik professional armiyaga topshirdi va Si Chjuanda Manchjuriyaga bo’lgan hududda general gubernator Tze-dushi boshqaruvida bo’lgan provinsiyalarini tashkil etdi.
755-yilda imperiyaning shimoli-sharqiy gubernatori An-lushan qo’zg’alon ko’tardi va Tan sulolasinini bosib oldi. imperator Syuan Tzun vorisi bo’lgan Su Tzun (756-762) katta qo’zg’alonni katta qiyinchilik bilan bostira oldi, ammo Tan oilasining avvalgi shuxratini qayta tiklay olmadi. Sulola ko’pgina provinsiyalar ustidan boshqaruvini qo’ldan boy berdi va faqatgina tuz, vino va choyga bo’lgan solliqlar hukumronligini saqlab qoldi. Endi imperatorlar ko’proq o’z devoniga va daroy hizmatchilaridan bo’lgan yaqinlariga tayana boshlashdi. Amaldorlar o’rtasidagi bo’linish shunchalik kuchaydiki nufuzli shaxs yordamisiz nadavlat amaldorlik lovozimi uchun imtihon topshirib bo’lardi na hizmatga olinardi.
847-yilda Xenan viloyatida qo’zg’alon ko’tarildi, tez orada u dexqonlar urishiga aylanib ketdi.Olti yildan so’ng qo’zg’alonchilarning boshlig’i Xuan Chao Chanan shahriga kirdi. Tan olilasi Si Chuan shahriga qochdi. Ammo imperator bo’lgan Xuan Chao qochib ketgan sulolaning barcha zaif tomonlarini meros qilib oldi va u gubernatorlar bilan kelisha olmadi. XII asrnig boshida Xitoyning shimolida mo’g’ullar paydo bo’lishdi.1224-yilda ularning boshlig’i Chingizxon Tangun qirolligi bo’lgan g’arbiy Siyanni mag’lub etdi, sakkiz yildan so’ng Tzing davlati zavolga yuz tutdi, keying qirq yil ichida mo’g’ullar janubiy Xitoyni butunlay egallashdi.
Mo’gul hukumronligi.1279-yilda yakunlangan janubiy Sun sulolasining mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi Xitoyni ulkan Mo’g’ul imperiyasining bir qismiga atlantirdi. Uning chegaralari sharqda tinch okeanida, g’arbda yaqin sharq va Dnepr bo’ylarigacha cho’zildi. Xitoy Endi chet el ta’siriga har qachongidan ham ko’proq ochildi.Xitoyning birinchi boshlig’i Xubilay o’z sulolasini Yuan deb atadi.Bu Xitoy urf odatlariga ko’ra “dunyoning kelib chiqishi” degan ma’noni anglatardi.Shunday qilib mo’g’ul bosqinchilari hatto sulola nomida ham o’z hukmronliklarini ko’lamini ko’z ko’z qilishdi.Yuan saroyida chet el sulolasi boshqaruviga an’anaviy, konfutsiyaviy dekorum berishga intilgan xitoylik maslahatchilarga zarurat bo’lmagan.Ammo Xitoydagi mo’g’ul hukmdorlari xitoy xalqining siyosiy donoligini qabul qilishga intilishmagan. Buning o’rniga ular Xitoyliklarning turmush tarzini va xitoy madaniyatini yoqtirishmasdi. Ular xattoki ilmiy daraja olish uchun o’tkaziladigan imtihonlarni ham bekor qilishdi, davlat ta’minotidan ayrilgan konfutsiy ta’limoti katta qiyinchiliklarga duchor bo’ldi. Biroq oddiy xalq adabiyoti va teatr san’ati tezda rivojlanib borishdi.
Rasmiy jihatdan Yuan imperiyasida hizmatkorlar to’rt ta turga bo’lingan. Eng katta imtiyozlar mo’g’ullarga tegishli bo’ib, ular nafaqat qo’shinni boshqarish va yana boshqa barcha mamuriy devonlarni ham boshqarish huquqiga ega edi. Mo’g’ullarga semu jen - “har xil irq odamlari” deb atalmish tabaqa vakillari ya’ni chet elliklar qo’shilardi.Uchinchi pog’anani xan jen (xan odamlari) egallardi.
Ushbu kategoriyaga shimoliy xitoyliklar shuningdek assimiliyatsiyaga uchragan Kidan, Chjurchjin va koreyslar kirar edi. Eng quyi pog’anani nanjen “janubliklar” ya’ni janubiy Xitoy aholisi tashkil etardi.Xitoyliklar davlat hizmatida faqatgina kotib yoki yordamchi sifatida qabul qilinardi. Ularga tunda yurish, har qanday yig’ilishlar o’tkazish, chet tillari va harbiy san’atni o’rganish taqiqlanardi.
Yuan imperiyasida markaziy hukumat boshqaruvida faqatgina poytaxt - Pekindan oldingi shahar Dadu shahri va uning atrofidagi hududlar qolardi. Qolgan huduq esa sakkizta viloyatga bo’lingan bo’lib ularning hukumdorlari katta mustaqillikka ega edi.Markaziy hukumatga shuningdek kuchli harbiy quvvatga ega bo’lgan mo’g’ul amaldorlari ham tahdid solardi.
Mo’g’ullar shunday qilib Xitoyda mustahkam va samarali rejimni tashkil etishaolishmadi. XII asr oxiridan katta harajatli harbiy yurishlar va boshqaruvdagi odamlarning shaxsiy harajatlari budjetni boshab qolishiga olib keldi, ammo yuam hukumdorlari doimiy soliqqa tordish tizimini yarata olishmadi, uning o’rniga ular har hil sotib oluvchi moliyaviy agentlar hizmatlar agentidan foydalanishdi. Ma’muriyat va moliyaning zavoli hukumatdagi barqarorlikni zaiflashishi bilan birga davom etdi. Dadu shahridagi imperator saroyi taxt uchun bo’lgan tinimsiz kurashlar maydoniga yalandi.XIV asring o’rtalarida mo’g’illarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon tez orada Yuan tizimining zaif tomonlarini yuzaga chiqardi.Qo’zg’alonchilarning ichida Yuan saroyi uchun eng katta havfni qizil qo’shin yuzga keltirardi.Ularning boshlig’i Xan Liner o’zini buddaviylik mahdiyi Maydreyi deb e’lon qildi.Xan Linerning o’limidan so’ng uning vorisi Chju Yuan Chjan Nankin shahrida o’z hukumronlikini o’rnatdi, Xubilay misoliga rioya qilib o’z sulolasiga nom berdi.