Zenkovkalash-bolt, vint va parchin mixlar uchun maxsus asboblar yordamida tsilindsimon, konussimon o’yiqlar yoki raxlar yo’nish jarayonidir.
Kesuvchi qismining shakliga ko’ra zenkovkaning tsilindrsimon, konussimon va toretsli xillari mavjud.
TSilindrsimon zenkovkaning ishchi qismi 4 tadan 8 tagacha torets tishlar va quyruqdan tuzilgan. Uning yo’naltiruvchi tsapfasi parmalangan teshikka kiradi. Zenkovkaning o’zgarmas yo’naltirgichi va tsilindrsimon quyrug’i R6M5 po’latdan yasaladi.
Konussimon zenkovka ham ishchi va quyruq qismlardan iborat, konus shaklidagi ishchi qismining burchagi 2 ga teng. Uchlari 30, 60, 90 va 120 bo’lgan konussimon zenkovkalar ko’prok qo’llaniladi.
Teshiklarni razvertkalash. Razvertkalash-teshiklarga 7-9 kvalitet bo’yicha ishlov berish jarayoni bo’lib, unda sirtning g’adir-budirligi Ra 1,25-0,63 oralig’ida bo’lishi mumkin. Teshiklarni razvertkalash ishlari parmalash, tokarlik dastgohlarida yoki qo’lda dastakli usulda bajariladi
Razvertkalar. Qo’l bilan razvertkalashda dastakli razvertka, dastgohda ishlov berishda
esa mashina rezvertkasidan foydalaniladi. Mashina razvertkalarini ishchi qismini kalta qilib tayyorlanadi. Ishlov beriladigan teshikning shakliga ko’ra, razvertka tsilindrsimon va konussimon shakllarda bo’lishi mumkin.
Dastakli va mashina razvertkalari uch qismdan-ishchi, bo’yin hamda quyruqdan iborat. Ishchi qismida aylana bo’ylab kesuvchi va yig’uvchi tishlar joylashgan. Yig’uvchi qismining uchida yo’naltiruvchi konus (45) bo’lib, u kesuvchi qirralarni qirindilardan to’sadi. Kesuvchi qirralar razvertka o’qi bilan burchak hosil qiladi (dastaklisi uchun 0,5-1,5, mashina razvertkasi uchun 3-5 ga teng).
Razvertkaning kalibrlash qismi ish jarayonida teshikni kalibrlash va razvertkani teshikka yo’naltirish uchun xizmat qiladi. Har bir kesuvchi tish ishchi qismi bo’ylab ariqcha bilan tugallanadi, u qirindini teshikdan chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Teskari konus kalibrlash qismiga yaqin quyruqda joylashgan bo’lib, ish jarayonida ishqalanishni kamaytirish. Razvertkani teshikdan chiqarishda ishlov berilgan sirt sifatini saqlashga yordam beradi. Dastakli razvertkalarda teskari konus 0,05-0,1 mm gacha, mashina razvertkalarida esa 0,04-0,3
mm gacha bo’lishi mumkin. Razvertkaning bo’yni teskari konusning orqasida bo’lib, u frezalashda frezani hamda charxlashda silliqlash asbobni chiqarib olishga xizmat qiladi.
Dastakli razvertkalarning kvadrat shakldagi quyrug’i parmadasta bilan ishlashga mo’ljallangan. Mashina razvertkalarining quyrug’i 10-12 mm li tsilindrsimon shaklda, yiriklari esa konus shaklida yasaladi.
Razvertkaning tishlari uning kesuvchi elementi hisoblanadi (rasm, a, b). Tishning orqa burchagi 6-15, o’tkirlik burchagi 0-10. Tishlar aylana bo’ylab bir tekis yoki tartibsiz joylashishi mumkin. Qo’l bilan ishlashda tishlari bir tekis joylashmagan razvertkalardan foydalaniladi, masalan, 8 tishli razvertkadagi burchaklar 42, 44, 46 va 48 ni tashkil etadi (rasm, v). Tishlarning bunday tartibda joylashishi teshik sirtining toza bo’lishini ta’minlaydi.
Mashina razvertkalarining kesuvchi tishlari aylana bo’ylab bir xil burchak ostida taqsimlanadi (rasm, g). Ular juft sonlardan (6, 8. 10 va h.k) iboratdir. Binobarin, tishlar qancha ko’p bo’lsa, ishlov shuncha sifatli bo’ladi.
Dastakli va mashina razvertkalari to’g’ri, spiral va ariqcha tishli shaklda tayyorlanadi. Vint ariqchalarining yo’nalishi bo’yicha ular o’ng va chap turlarga bo’linadi (rasm, a, b). Ammo bunday razvertkalarni tayyorlash, ayniqsa, charxlash juda murakkab jarayon bo’lgani uchun ular faqat ariqchali teshiklarni razvertkalashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |