Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet75/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Qishlash migrasiyasiga ko'pgina baliqlaming (zog'ora— sazan, leshch, sudak, laqqa) Volga, Ural, Kura va boshqa katta daryolar deltasiga kirishini misol qilib ko'rsatish mumkin. Kech kuzda o'sha yerlarda suv tagidagi chuqur joylarga bu baliqlar nihoyatda ko'p to'planadi va shu yerda qishni o'tkazadi.
Baliqlar deyarli hamma tirik mayjudotlar bilan oziqlanadi. Baliqlaming ovqati suv havzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning yoshiga qarab ancha o'zgarib turadi. O'simliklar bilan ovqatlanishga moslashgan baliqlarga xumbosh baliq (tolstolobik), oq amur, qizil qanot, qora baliqlar (marinka) va xramulyalar kiradi; cho'rtanbaliqlar, laqqabaliqlar, okunlar yirtqich bo'lib, boshqa baliqlar va umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko'pchilik baliqlar qish faslida umuman ovqatlanmaydi va karaxt holga o'tadi.
Suyakli baliqning deyarli hammasi ayrim jinsli va urug'lanishi tashqi bo'ladi. Bu baliqlar boshqa umurtqali hayvonlarga nisbatan nihoyatda


112


www.ziyouz.com kutubxonasi


serpusht bo'ladi. Ko'pchilik baliqlar yuz minglab, oy baliq esa hatto 30 mln gacha tuxum qo'yadi. Bu tuxumlar yumshoq bo'lib, yaxshi himoya qilinmagan va ko'pchiligi urug'lanmaydi. Shu sababli ularning ko'pchiligi halok bo'ladi. Urug'langan tuxumning voyaga yetgan baliqqa aylanishi nihoyatda qiyin bo'lib, sevryuga balig'ida 0,13 — 0,58 foizni tashkil qiladi.


Baliqlarboshqa ko'pgina umurtqalilardan aniq ko'payish mavsumiga ega emasligi bilan farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab 3 guruhga bo'linadi: 1. Bahor va erta yozda ko'payuvchi baliqlar: osyotrlar, zog'orabaliqlar, laqqabaliqlar, seldlar, cho'rtanbaliqlar, olabug'a baliqlar. 2. Kuzda va qishda ko'payuvchi baliqlar: losos, gulmoy (forel), treska va boshqalar. 3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar yil davomida ko'payadigan baliqlardir.
Ba'zi baliqlarda nasl uchun qayg'urish holati hosil bo'ladi, natijada ular juda kam tuxum qo'yadi. Masalan, tikanbaliqlarning erkagi suv tagida, yerda chuqurcha qaziydi va shar shaklida uya quradi. Urg'ochisi 20—100 ta tuxum qo'yadi. Erkagi 10—15 kun uyani qo'riqlaydi. Dengiz toychasi va ignabaliqlar erkagining qorin tomonida teri burmasi bo'ladi. Shu burmada urug'langan ikralarini olib yuradi. Amerika laqqabalig'i esa 50— 100 ta tuxumlarini og'ziga solib yuradi. Ba'zi baliqlarda esa (boykul golomyankasi) tirik tug'ish jarayoni kuzatiladi. Tilyapiya balig'ining erkagi ham urg'ochisi qo'ygan tuxumini og'zida olib yuradi.
Hozirgi vaqtda inson baliqlardan 40 foizgacha hayvon oqsilini olmoqda. Ular asosan qimmatbaho ozuqa mahsuloti uchun ovlanadi. Baliqlardan oziq —ovqat mahsulotlaridan tashqari vitaminlar, baliq uni, baliq yog'i va boshqa mahsulotlar olinadi. Ovlanadigan baliqlarning 90 foizga yaqini dengiz va okeanlardan tutiladi. Tinch okeanidan 40 foiz, Atlantika okeanidan 45 foiz, Hind okeanidan 10 foizga yaqin va Shimoliy Muz okeanidan 5 foiz baliq tutiladi.
Oxirgi yillarda O'zbekistonning suvhavzalarida Amur daryosidan Amur xumboshi, oq amur baliqlari iqlimlashtirildi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda bir qancha baliqchilik xo'jaliklarida zog'orabaliq, laqqabaliq, mo'ylovlibaliq, oqcha (leshch), tovonbaliq (karas), qorabaliq (marinka), xramulya, oqqayroq (jerex), qizil ko’z (plotva), ilonbosh, olabug'a, sudak, cho'rtanbaliq va boshqalar ovlanadi. O'zbekistonning "Qizil kitobi"ga baliqlarning 18 ta turi kiritilgan. Bular qatoriga Orol bakrasi, Sirdaryo kurakburuni, Orol qorako'zi, Orol tikanagi, Turkiston laqqachasi va boshqalar kiradi.


8-№ 53


113


www.ziyouz.com kutubxonasi


Test topshiriqlariga javob bering



  1. Ko'pchilik suyakli baliqlar qanday tuzilgan?

a —skeleti suyakdan yoki suyak tog'aydan iborat, b — skeleti suyak yoki tog'aydan iborat, d —suzgich pufagi bo'lmaydi, e — ko'pchiligida havo pufagi bor, f —dum suzgichi teng bo'lakli, g —terisi plakoid tangachalar bilan qoplangan, h —terisi suyak tangachalar bilan qoplangan.
A — a,e,f,h; D — a,d,f,g;
B — b,d,e,f; E — b,e,f,g; F — a,b,d,f.

  1. Zog'ora baliqning suvda yashashga moslanish belgilarini ko'rsating.

a — tanasi suyak tangachalar bilan qoplangan, b — terisida shilimshiq bezlari ko'p bo'ladi, d —tanasi ikki yon tomondan yassilashgan, e — og'iz bo'shlig'ida konussimon tishlari bo'ladi, f —gavdasi ikki yonida yon chiziqlari bor, g—juft suzgichlari ikki juft, toq suzgichlari uchta.
A — a,b,e,g; D — b,d,f,g;
B — b,d,e,g; E — a,d,e,f; F — a,d,f,g.

  1. Zog'ora baliqning terisi qanday tuzilgan?

a —suyak tangachalar bilan qoplangan, b— tangachalar piramida shaklda, d— tangachalar tananing qorin qismida bo'lmaydi, e — tangachalar sirti shilimshiq modda bilan qoplangan.
A — a,b; B — a,e; D — b,d; E — d,e; F — a,d.

  1. Zog'ora baliq jabralari qanday tuzilgan?

a — jabra yoriqlari besh juft, b — jabra yoriqlari to'rt juft, d — jabralar qopqoq bilan yopilgan, e—jabralar ochiq, qopqoq bo'lmaydi.
A — a,b; B — a,d; D — b,e; E — a,e; F — b,d.

  1. Havo pufagi qanday vazifani bajaradi?

A — suzish; D — tana muvozanatini boshqarish;
B — nafas olish; E — gaz almashinish;
F — tana solishtirma og'irligini boshqarish.

  1. Yon chiziqlar qanday vazifani bajaradi?

A — eshitish, ko'rish; B — ko'rish, tuyg'u; D — ta'm bilish, ko'rish; E — tuyg'u, eshitish; F — suv oqimi va bosimini aniqlash.


114


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. Suyak — tog'ayli baliqlar qanday tuzilgan?

a —boshi uchi o'tkir tumshuqqa aylangan, b —og'iz teshigi ko'ndalang joylashgan, d — terisi yassi tangachalar bilan qoplangan,
e —o'q skeleti tog’aydan iborat, f —terisida besh qator rombsimon tangachalari bor, g —o'q skeleti asosi, miya qutisi tog'aydan iborat,
h —o'q skeleti asosi suyakdan iborat.
A — a,d,f,h; B — a,d,g,h; D — a,b,f,g; E — b,e,f,g; F — b,d,e,f.

  1. Suyak — tog'ayli baliqlami ko'rsating.

A — kilka, losos, keta, garbusha, gulmoy; B — osyotr, sevryuga, soxta kurakburun, béluga; D — kayman, treska, kambala, latimeriya;
E — mo'ylov baliq, zog'ora, vobla, qora baliq, moy baliq; F — oq sla, yersh, skumbriya, ilonbosh, oq amur.

  1. Olabug’a baliqlami ko'rsating? (8 —topshiriqqa qarang).

  2. Karpsimon baliqlami ko'rsating? (8 —topshiriqqa qarang).

  3. Seldsimon baliqlami ko'rsating? (8 — topshiriqqa qarang).


115


www.ziyouz.com kutubxonasi


  1. TO'RTOYOQLILAR (TETRAPODA) KATTA SINFI. SUVDA VA QURUQLIKDA YASHOVCHILAR (AMPHIBIA) SINFI

To'rtoyoqlilar qisman (suvda ham quruqlikda yashovchilar) yoki butunlay (sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) quruqlikda hayot kechirishga o'tgan umurtqali hayvonlardir. Ayrim to'rtoyoqlilar qaytadan suvda yashashga o'tgan (ko’pchilik dumli amfibiyalar, timsohlar, ayrim toshbaqalar, ilonlar, pingvinlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlar va boshqalar). Barcha to'rtoyoqlilar o'pka bilan nafas oladi. Ikkita qon aylanish doirasiga ega bo'lib, ikki juft harakat organlari ko'p richaglar shaklida besh barmoqli bo'ladi. Richaglar oyoqlami faqat tanaga nisbatan emas, balki oyoqlaming ayrim qismlariga nisbatan harakat qilishga imkon beradi.
To'rtoyoqlilaming katta sinfi suvda ham quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinfiga bo'linadi.

    1. Suvda ham quruqlikda yashovchilar (Amphibia)ning tuzilishi


Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish