Respublikasi oliy


Panja qanotlilar (Crossopterygii) kenja sinfi



Download 3,12 Mb.
bet74/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Panja qanotlilar (Crossopterygii) kenja sinfi. Panja qanotlilar paleozoyning devon va karbon davrlarida keng tarqalgan, hozir deyarli qirilib ketgan qadimgi baliqlar guruhi. Ular dastlab 1938 yilda Hind okeanida Afrikaning janubi — sharqiy qirg'oqlari yaqinida tutilgan bo'lib, latimeriya deb atalgan. Latimeriyalar faqat Komor orollari yaqinida suv tubida bir necha yuz metr chuqurlikda yashaydi, yorug'likdan qochadi. Bu baliq yirtqich bo'lib, og'zida o'tkir tishlari bor, uzunligi 125 — 180 sm, og'irligi 25 — 80 kg ga yetadi.
Panja qanotlilaming umurtqalari yaxshi rivojlanmagan, xordasi umr bo'yi saqlanib qoladi, bosh skeletining ko'p qismi tog'aydan iborat. Tana bo'shlig'ida yog' bilan to'lgan, digenerasiyalashgan o'pkasi bo'ladi, lekin ichki burun teshiklarining bo'lmasligi, ya'ni havo bilan nafas olmasligi bilan mezozoyda yashagan panja qanotlilardan farq qiladi. Qirilib ketgan panja qanotlilaming burun teshiklarining ochiqligi ulaming o'pka va jabra bilan nafas olishini ko'rsatadi.
Panja qanotlilaming suzgichlari asosan seret bo'lib, uning ichida skeleti joylashgan. Shunday qilib, ulaming muskullari boshqa baliqlar singari faqat tañada emas, balki quruqlikda yashovchi hayvonlardagi singari erkin harakat organlarida ham joylashgan. Ba'zi vakillarida suzgichlarining skeleti besh barmoqli oyoqlarga o'xshab ketadi. Suzgichi asosida saqlanib qolgan bitta bazaliya orqa suyagi, undan keying! ikkita bazaliya suyaklari bilak va tirsak suyaklariga, oxirgi qator nurlar (radialiyalar) kaft suyaklariga mos keladi.
Panja qanotlilar tanasi to'garak yoki romb shaklidagi yupqa emal qavati bilan qoplangan kosmoid (o'zgargan dentin) tangachalar bilan qoplangan. Bunday teri suyak elementlari dastlab paydo bo'lgan suyak kosali amfibiyalarda ham bo'lgan. Panja qanotlilaming visseral


110


www.ziyouz.com kutubxonasi




sachratqichidan (jabra yorig'i qoldig'i) amfibiyalaming o'rta quloq bo'shlig'i hosil bo'lgan.
Panja qanotlilar ikki xil nafas oluvchilar bilan birga bitta umumiy ajdoddan kelib chiqqan deb hisoblanadi. Ular yozda suvi kamayib, jabra bilan nafas olish qiyin bo'lgan suv havzalarida yashagan, kislorod tangís bo'lganida vaqti—vaqti bilan suv yuzasiga ko'tarilib, atmosfera havosidan nafas oigan. Etli suzgichlari esa suv tubiga, o'simliklarga tayanish uchun xizmat qilgan. Bu hol o'z navbatida besh barmoqli harakat organlarining paydo bo'lishiga olib kelgan. Panja qanotlilar chuchuk suv havzalarida bo'lgan, keyinroq dengiz suvida yashashga o'tgan bo'lishi kerak.

    1. Baliqlar ekologiyasi va ularning xo'jalikdagi ahamiyati

Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o'tadigan hayvonlardir.
Suv muhitida yashash sharoitiga qarab baliqlami 3 ta ekologik guruhga bo'lish mumkin: pelagik, abissal va litoral.

  1. Pelagik baliqlar suv bag'rida yashaydi. Ularning ba'zilari suvda osilgan mayda hayvon va o'simliklar, boshqalari esa hasharotlar bilan oziqlanadi. Bu zonada yashovchibaliqlaming ustki tomoni odatda qoramtir rangda bo'lsa, pastki tomoni oqish kumushsimon rangda bo'ladi. Pelagik baliqlaming tanasi uzunchoq duksimon bo'lib, juda yaxshi suzadi. Ko’pchilik akulalar, losos, seldlar, treskalar shu zonada yashaydi.

  2. Litoral baliqlar asosan suv qirg'oqlari va tubi bilan bog'langan. Bu baliqlar unchalik tez harakat qilmaydi. Guruhga skatlar, kambalalar, ikki xil nafas oluvchi baliqlar, buqa baliqlar va boshqalar kiradi.

  3. Abissal baliqlar suv tubida, katta chuqurlikda yashaydi. Katta chuqurliklarning asosiy xossalari bosimning g'oyat kuchli bo'lishi, yorug'likning mutlaqo yo'qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past bo'lishi hisoblanadi.

Bu aytilganlardan tashqari, baliqlar suvdagi tuzlarga bo'lgan munosabatiga qarab 3 ta guruhga bo'linadi: 1 .Butun umrini sho’r suvlarda o'tkazuvchi dengiz baliqlari (kambala, seld, treska); 2. Butun umri daryo, ko'l va hovuzlarda o'tadigan chuchuk suv baliqlari (laqqabaliq, guhnoy yoki forel, marinka); 3. O’tkinchi baliqlar, bular dengizda yashasa, ko'payish uchun daryoga chiqadi (lasos), daryolarda yashasa, ko'payish uchun dengizlarga chiqadi (ilonbaliq).


111


www.ziyouz.com kutubxonasi




Ekologik guruhlari va sistematik holatidan qat'iy nazar, baliqlaming hayoti bir —biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o'zgarib turishiga bog'liq. Biologik yoki hayot sikli semirish, qishlash va ko'payish davrlariga bo'linadi.
Ko'pchilik baliqlaming yillik hayot siklining eng muhimi "migrasiya" (yashash joylardan ko'chish) hisoblanadi. Migrasiya passiv va aktiv bo'ladi. Passiv migrasiyada baliqlar suvning oqimidan foydalanadi. Bu usul bilan kamharakat pelagik baliqlar, ko'pchilik baliqlar (seid, ilonbaliq, losos) lichinkalari migrasiya qiladi. Aktiv migrasiyada baliqlar tanlab olgan yo'nalishiga qarab harakat qiladi, ba'zan kuchli oqim va hatto, sharsharalarga qarshi yuradi (losos).
Aktiv migrasiya urchish, oziqlanish va qishlash migrasiyalariga bo'linadi.
Urchishyoki nerest migrasiyasi, ayniqsa, o'tkinchibaliqlarda xilma — xil va murakkab bo'ladi. Urchish migrasiyasi dengizdan (sho'r suvdan) daryoga (chuchuk suvga) kirishi anadrom migrasiyasiga va aksincha, daryodan dengizga kirish katadrom migrasiyasiga bo'linadi. Ko'pchilik dengiz baliqlari ochiq dengizdan urug' tashlash uchun qirg'oqlarga va aksincha, qirg'oqlardan ochiq dengizga qarab migrasiya qiladi (seldlar, treska, piksha va boshqalar).
Oziqlanish migrasiyasi treska balig'i uchun xos. Treska urug’ tashlab bo'lgandan keyin ozib qoladi va Norvegiyaning g'arbiy qirg'oqlaridan Murman qirg'oqlari bo'ylab sharqqa tomon harakat qiladi, so'ngra yana urchish joyiga qaytadi.

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish