Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


Ташкилотчилик қобилияти -



Download 27,87 Mb.
bet85/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

5. Ташкилотчилик қобилияти - бу типга мансуб ўқувчиларда лидерликка интилиш кучли бўлади. Лидерлик қобилияти бор ўқувчиларда ички сезгирлик яхши ривожланган бўлиб, бошқалар талаб ва эҳтиёжларини ҳис этиш, ҳар хил вазиятларни бартараф этиш хусусиятларига эга.
Лидерлик қобилияти мавжуд ўқувчилар кўпчилик учун лозим бўлган қарорлар қабул қилиш, мақсадли ишларни амалга ошириш, мустақил иш юритиш қобилиятига эга. Афсуски, лидерлик қобилиятига эга ўқувчиларда ўқиш, ўрганишга иштиёқ кам бўлади, одатий лидерлик имкониятлари уларнинг фаолиятида кўринади.
Лидерларда мактабдаги ўқув фаолияти туртки бўла олмайди, эркинлик ҳисларининг устунлиги сабабли мактаб ҳаётига кўникиши қийин, шунинг учун бундай болаларга ўқитувчилар эътиборли бўлиб, ўз вақтида фойдали ишларга жалб қилиши лозим. Акс ҳолда, лидерлик ҳолатини эгаллай олмаса, жамият учун фойдасиз гуруҳларга бошчилик қилиш учун мактабдан ташқарига чиқишга ҳаракат қилади.
6. Спортга оид иқтидорлилар- кичик мактаб ёшидан бошлаб болаларни спортга бўлган қизиқишларини аниқлаб маслаҳат ва тавсиялар ишлаб чиқиш лозим. Бу тип вакилларини баъзилари ўқишга қизиқиши паст бўлиши мумкин, лекин улардаги ўқишга бўлган мойилликларини таркиб топтириш учун ўқитувчилар астойдил шуғулланишлари зарур.
Иқтидорли болаларни уч гуруҳга бўлиб ўрганиш мумкин:
- тенг шароитларда оддий бўлмаган, юқори ақлий даражада ривожланган болалар;
- фаннинг қайсидир бир соҳасида махсус ақлий қобилият белгилари бор болалар;
- қайсидир бир сабаб билан ўқишда муваффақиятга эришмаган, лекин ёрқин билиш психик жараёнлари билан беҳисоб ақлий заҳирага эга бўлган болалар.
Хулоса қилиб айтганда, кўзланган мақсадга эришиш учун узлуксиз таълим тизими тубдан ислоҳ қилиниши, таълим жараёнига табақалаштирилган ёндашув, ўқувчиларни турли қобилиятларини ривожлантиришни таъминлаш замонавий педагогика фани олдига юксак вазифаларни қўймоқда


BOSHLANG`ICH SINFLARDA GAP BO`LAKLARINI O`RGANISHDA TUSHUNCHALAR TAHLILI METODIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI.
Qarshiyeva Feruza Berdiqulovna Mirzaobod tumani
5-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari,xususan, so'z birikmasi haqidagi tasawur aniqlanadi.Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.
2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar.Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O'quvchilar gapni amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo`laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi.Bu sinfda gapda so'zlaming bog'lanishiga katta e’tibor beriladi.O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo`laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so`z (hokim va tobe so`z)ni, so'zlaming grammatik jihatdan, ya’ni qo'shimchalar orqali bog'lanishini bilib oladilar. 4-sinfda gapning uyushiq bo'laklarini o'rganish bilan gap bo'laklari haqidagi bilim kengaytiriladi. Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan,boshlang'ich sinf o'quvchilari gap bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini o'zlashtiradilar.Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi.Ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyatini ochish uchun o'quvchilar
gapni tahlil qiladilar va ular qaysi gap bo'lagiga bog'lanib, uni izohlab kelayotganini aniqlaydilar. Ikkinchi darajali bo'laklarnxususiyatlari gapni yoyish (yig'iq gapni yoyiq gapga aylantirish) jarayonida yaqqol ko'rinadi. Masalan, o'quvchilar ,,Qaldirg`ochlar uchib keldi“ gapini yozadilar. Fikrni to'liq ifodalash uchun gapga qayerga? Va qachon? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni qo'yish topshiriladi. O'quvchilar bu vazifani bajarib, qaysi gap bo'lagi (ikkinchi darajali bo'lak) fikrni yana aniqroq ifodalaganiga ishonch hosil qiladilar.O'quvchilarda gapda so'zlaming bog'lanishini aniqlash ko'nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutqiy ko'nikmalar qatoriga kiradi.
Tushunchalar tahlili”metodi. Ushbu uslub o`tilgan ( chorak yoki o`quv yili tugagan) o`quv prеdmеti yoki bo`lim barcha mavzularini o`quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir mavzu bo`yicha o`qituvchi tomonidan bеrilgan tushunchalarga mustaqil ravishda o`z izohlarini bеrish orqali o`z bilimlarini tеkshirib, baholashga imkoniyat yaratish va o`qituvchi tomonidan qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilarni baholay olishga yo`naltirilgan. Masalan, „Daraxtlar gullaydi" gapini tahlil qilish uchun berilgan ega va kesim (gapning asosi) ajratiladi.
— Daraxtlar qachon gullashini aytish uchun gapga qaysi so'zni qo'shish kerak?
— Qachon gullaydi? (bahorda gullaydi)
— Bu so'z gapning qaysi bo'lagi bo'ladi? (Ikkinchi darajali bo'lak)
— U gapning qaysi bo'lagiga bog'lanadi, ya’ni tobelanadi? (Kesimga bog'lanadi)
— Gapga egani izohlaydigan yana bitta so'z qo'ying. Qanday gap hosil bo'ldi? (Mevali daraxtlar bahorda gullaydi).




Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish