Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta



Download 21,02 Kb.
Sana24.06.2021
Hajmi21,02 Kb.
#100618
Bog'liq
Ona tili 10


Ona tilidan « Qo'shma gap uslubiyati»,»Mashqlar ustida ishlash»,» Ko'chirma gaplar uslubiyati» Vazifani bajarib yuboring! Faolroq bo'ling! Ota-onalar! Nazoratga oling! O'quvchilar hali jonlanishmadi. Faollashamiz! Vazifani vaqtida bajaramiz! Savollar bo'lsa murojaat qiling!

Ko‘chirma gaplarning uslubiy-tasviriy imkoniyatlari juda katta.

O‘zganing hech bir o‘zgarishsiz, aynan beriladigan gapi, ayniqsa, badiiy

Asarda qahramon qiyofasini chizishda, to‘laqonli obraz yaratishda, turli

Ruhiy holatlarni tasvirlashda alohida o‘rin tutadi. Ko‘chirma gapning

Muallif gapi bilan xilma-xil munosabatlarida aniq va ifodali tasvir

Yuzaga keladi.

Ko‘chirma gap muallif gapi bilan birgalikda o‘ziga xos qo‘shma

Gap turini tashkil etadi. Badiiy uslubdagi tasvir maqsadiga uyg‘un

Ravishda bu qo‘shma gap sodda gapga aylantirilishi ham mumkin.



  1. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan

Olingan kasal so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi

Ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar

Tuzing.

KASAL, betob, notob, bemor, nosog‘, xasta, og‘riq. Organizmning

Normal faoliyati buzilgan, sog‘ning aksi.

Kasal keng tushunchaga ega. U odamga, hayvon yoki jonivorlarga,

Hatto jonsiz narsalarga nisbatan ham qo‘llanaveradi. Bu so‘z «organizm faoliyatining vaqtincha buzilgan»ligini ifodalash uchun ham, shuningdek, «sog‘ning aksi» ma’nosida ham qo‘llanaveradi. Betob, notob, bemor, xasta odamga nisbatangina qo‘llanadi. Betob, notob so‘zlari «vaqtincha deb tasavvur qilinadigan kasal» ma’nosini bildiradi. Notob kam qo‘llanadi. Bemor so‘zida ijobiy munosabat ifodalanadi. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvga nisbatan yozuvda ko‘p qo‘llanadi. Xasta nisbatan eskirgan. Nosog‘ juda kam qo‘llanadi. Og‘riq so‘zi ham bu ma’noda kam qo‘llanadi.

Topshiriq. Berilgan qo‘shma gaplarda qismlar o‘rtasidagi sabab munosabatining aniq, ochiq va mantiqan ifodalanishini qiyoslang.

Barchamiz kitobni sevishimiz kerak, chunki kitob bilim manbayi hisoblanadi – Biz kitobni sevamiz: kitob bilim manbayi hisoblanadi.

Kitob bilim manbayi hisoblanadi, shuning uchun biz kitob ni sevishimiz kerak – Kitob bilim manbayi hisoblanadi: biz kitobni sevishimiz kerak.

Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqeahodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi. Ularning bog‘lovchili turida voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabat aniq, ochiq va qabariq ifodalanadi, bog‘lovchisiz turida esa bunday emas. Masalan, quyidagi misolda sabab-oqibat munosabatining ifodalanishini qiyoslang: Til millatning bebaho mulki, shuning uchun uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan ochiq aks etgan) – Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq lozim (sabab-oqibat munosabati shaklan aks etmagan).

So‘zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralangan, bu uslub qo‘llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun so‘zlashuv uslubida qo‘shma gaplarning, asosan, bog‘lovchisiz turi ishlatiladi. JUDA, g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (xo‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday, o‘larcha, qattiq. Yuqori darajada, ortiq darajada.

G‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, benihoya, rosa, toza ma’noni yana ham kuchli bo‘yoqda ifodalaydi. Benihoya(t) nisbatan kam qo‘llanadi. Ashaddiy, o‘taketgan so‘zlari sifatiy belgiga nisbatan qo‘llanadi. Bularda belgi darajasi kuchli. Obdan, o‘bdan, rosa, chunon so‘zlari, asosan, harakatning belgisini bildiradi va bularda harakat darajasi juda so‘zidagidan pastr oq bo‘lishi ham mumkin. Xo‘p, rosa, biram, zap so‘zlari bu ma’noda, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos. O‘ta so‘zida belgi darajasi yana ham kuchli. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. Uvvalo faqat harakatga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘zda belgi darajasi kuchli. Lekin juda kam qo‘llanadi. Bis yor eski, kitobiy. Shunga ko‘ra hozir yozuvda juda kam qo‘llanadi. Yomon oddiy, jonli nutqqa xos.

1. Atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiluvchi so’z turkumini ko’rsating.

A) olmosh B) ko’makchi C) ravish D) yuklama

2. Qaysi qatordagi belgi bildiruvchi so’z ko’chma ma’noda qo’llangan?

A) gapni ulamoq B) sovuq shamol C) chuqur tekshirmoq D) istiqbol yo’li

3. Qaysi qatorda shakldosh so’zlar qatnashgan gaplar juftligi berilgan?

A) Shoir boshini birdan ko’tardi. – Ochilgan paxtani bir boshidan tering. B) Maktabda “o’tkir zehnlilar” musobaqasi bo’lib o’tdi. – O’tkir boltasi bo’lsa-yu, shart bir daraxtni kesib yelkasiga olib jo’nasa. C) Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi. – Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. D) O’zbekistonning Davlat tili – o’zbek tilidir. – Razvedkachilarga “til” tutib kelish topshirilgan edi.

4. So’zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo’lmagan atash ma’nosi…

A) ko’chma ma’no B) o’z ma’no C) lug’aviy ma’no D) grammatik ma’no

5. Go’za so’zi uyasiga birlashadigan so’zlarni aniqlang.

A) tola, moy, un B) paxta, gazmol, sovun C) kunjara, chigit, jun D) moy, ip, qorako’l terisi

6. So’z qo’llash bilan bog’liq xato mavjud gapni toping.

A) Mashina dovon tepasiga ko’tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi. B) Mirzakarimboyni Toshkentning to’rt dahasi biladi. C) Ot afzalin shayladi, o’q-anjomin boyladi. C) O’zbek xalqi ichidan o’nlab daholar yetishib chiqqan.

7. Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so’zlar…

A) ma’nodosh so’zlar B) paronimlar C) ko’p ma’noli so’zlar D) shakldosh so’zlar

8. So’zlamoq so’zining ma’nodoshlari berilgan qatorni toping.

A) gapirmoq, baqirmoq, vaysamoq B) to’ng’illamoq, bo’kirmoq, shivirlamoq C) ming’ilamoq, ingramoq, javramoq D) A, B

9. Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar qatori to’g’ri berilgan?

A) sovg’a, hadya, tortiq, armug’on B) tanqis, kamchil, maxfiy C) jinoyat, pinhon, gunoh D) bahs, tortishuv, zafar

10. Zid ma’noli so’zlar xato berilgan javobni toping.

A) urish – tinchlik B) yolg’onchi – rostgo’y C) kelmoq – ketmoq D) ilgari – hosir

11. Arxaik so’z berilgtan qatorni toping.

A) yuzboshi B) handasa C) rayon D) B, C

12. Ahd qilmoq, kirishmoq ma’nolarida qo’llanuvchi iborani toping.

A) yetti o’lchab, bir kesmoq B) belni bog’lamoq C) oyog’ini qo’liga olib kelmoq D) tilining uchida turmoq

13. Qaysi qatorda tasviriy ifoda noto’g’ri qo’llangan?

A) o’rmon podshosi – sher B) mo’yqalam sohibi – rassom C) hayotimiz qomusi – bayroq D) salomatlik posbonlari – shifokorlar

14. Qaysi qatordagi gapda tasviriy ifodalar berilmagan?

A) Dalalarga baraka urug’i ekib bo’lindi. B) Yurtimizga uzoq o’lkalardan qanotli do’stlarimiz uchib kela boshladi. C) Bilim insonni ko’kka ko’tarsa, jaholat uning qadrini yerga uradi. D) O’zbekiston qora oltini bilan ham dunyoga mashhur bo’lmoqda.

15. Umumxalq tilidagi so’zlardan ma’nosini maxsuslashtirish orqali hosil qilingan atamani ko’rsating.

A) manfiy B) ildiz C) tenglama D) ra’noguldoshlar

16. Xorazm shevasida mavjud qarindja so’zining adabiy tildagi muqobilini toping.

A) qaldirg’och B) chumoli C) tuxum D) o’rik



17. Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini o’rganuvchi lug’at…

A) izohli lug’at B) tarjima lug’ati C) imlo lug’ati D) A, B, C
Download 21,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish