Адабиётлар:
Бим-Бад Б. М. Педагогические течения в начале двадцатого века //М.: РОУ. – 1994. – 144 Б.
Толипов Ў.Қ, Усмонбоева М. Педагогик технологиянинг татбиқий асослари - Т.“Фан”- 2006. –286 Б.
Educational Technology Definition // https://unevoc.unesco.org/go.php?q=tvetipedia+glossary+a-z&filt=all&id=647
Anderson J., Du Mez J., Peter M. G. Portfolio presentations in teacher education: Rites of passage for the emerging professional //Professional portfolio models: Applications in education. – 1998. – С. 77-156.
Barton J., Collins A. Portfolios in teacher education //Journal of teacher education. – 1993. – Т. 44. – №. 3. – С. 200-210.
Bird T. The schoolteacher's portfolio: An essay on possibilities. – School of Education, Stanford University, 1988. – C. 232.
McLaughlin M. W., Vogt M. E. Portfolio assessment for in-service teachers: a collaborative model //Professional portfolio models: Applications in education. – 1998.
Paulson F. L., Paulson P. R., Meyer C. A. What makes a portfolio a portfolio //Educational leadership. – 1991. – Т. 48. – №. 5.
MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA O`QITUVCHILARNI O`QUVCHILARNING O`QISH SAVODXONLIGINI BAHOLASH SOHASIDAGI XALQARO LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHGA YO`NALTIRISH
Shodiyeva M.J.- pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM
Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta`lim kafedrasi mudiri,
O`qituvchilarning pedagogik faoliyatini rivojlantirish, ularda mustaqil malaka oshirish istagini tarkib toptirish eng dolzarb muammolardan biridir. Chunki o`qituvchilarning ongli faolligi, yangi bilimlarni о‘zlashtirish va yangilashga mustaqil hamda ijodiy yondashuvi ularning о‘quv-bilish faoliyati natijasining sifatini xarakterlaydi. Turli ilmiy adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot ishi ta’lim oluvchilarning pedagogik faoliyatini faollashtirishga bag‘ishlangan, natijada, juda kо‘plab faollashtirish usullari va omillari qayd etilgan.
Biz quyida malaka oshirish tizimida o‘qituvchining intellektual, ijodiy, tadqiqotchilik imkoniyatlarini, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish orqali ularni xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlashga yo`naltirilgan ijodiy loyiha topshiriqlari haqida batafsil bayon etamiz.
Ijodiy loyiha topshiriqlari – o‘qituvchi tomonidan loyihalash ko‘rinishiga ega, ta’lim muammolarini izlash, uni tadqiq etish va yechimini topish, muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega natijaga erishish, uni taqdim etish hamda amaliyotga joriy etishni anglatuvchi mustaqil o‘quv faoliyatidir.
Malaka oshirish jarayonida ijodiy loyiha topshiriqlarini qo‘llash tinglovchilarga o‘z faoliyatiga umumta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonini tashkil etishga doir kompetensiyaviy yondashuv asosidagi topshiriqlarni bajarganliklari sababli mashg‘ulotlarga muntazam va to‘liq ishtirok etish, o‘z faoliyatini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilishga doir axborot manbalari bilan mustaqil ishlash, o‘quv materialini mukammal o‘zlashtirish uchun xohish-istak va qiziqish hosil bo‘lishi kabi imkoniyatlarni beradi.
Loyiha topshirig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |