MATEMATIKA FANIDAN DAVLAT TAHLIM STANDARTLARINI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI TALABLARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYaTLARI
N.Xushmatova
Qashqadaryo viloyat XTXQTMOHM
XTXQTMO hududiy Mamlakatimiz 2021 yilda ilk bor PISA (The Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning tahlim sohasidagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi tadqiqotlarida qatnashadi va bu tadqiqotlarda matematik savodxonlikka asosiy urg’u beriladi. O’zbekiston Respubikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida esa O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingi bo’yicha jahoning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo’yilgan. Bu ikki holat – mamlakatimiz xalq tahlimi tizimida matematik tahlimning mazmun va mohiyatini xalqaro andozalar asosida qayta ko’rib chiqish va takomillashtirishni taqoza etadi. Shundan kelib chiqib, quyida matematika fanidan yangi davlat tahlim standarti mazmunini aniqlashga ba’zi bir yondashuvlar xususida fikr yuritiladi.
Matematika olamni bilishning asosi bo’lib, tevarak-atrofda kechayotgan voqea va hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Matematikadan amaldagi davlat tahlim standarti shu maqsadlarni ko’zlab, kompetentsiyaviy yondashuv asosida tuzilgan bo’lsada, unda keltirilgan talablar mazmunan va shaklan noaniq hamda chalkash belgilangan hamda uning mazmuni zamonaviy talablarga to’liq javob bermaydi. Matematika faniga doir amaldagi kompetentsiyalar: matematika fani mazmuniga oid umumiy kompetentsiyalar va kognitiv (mustaqil ijodiy fikrlash) kompetentsiyalaridan tashkil topgan. Bu kompetentsiyalardan birinchisining mazmunini ko’zdan kechirar ekansiz, uning nomlanishi umuman tushunarsiz va talablarining kompetentsiya tushunchasi bilan hech qanday aloqasi yo’q ekanligini ko’rish mumkin. U aslida matematika fanidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalardan iborat bo’lib qolgan. Shu bois, uni o’z oti bilan “bilim va ko’nikmalar” deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ikkinchi – “kognitiv kompetentsiyalar”ga ehtibor qaratadigan bo’lsak, bu yerda ham hamma narsa o’z o’rnida emasligini ko’rish mumkin. Birinchidan, “kognitiv” so’zining lug’aviy mahnosi “o’rganish” ekanligini nazarda tutsak, kompetentsiyaning nomi “kognitiv” emas, balki “kreativ” yahni “ijodiy fikrlash” bo’lishi kerakligi oydinlashadi. Chunki, uning mazmuni yuqorida aytilganidek mustaqil ijodiy fikrlash talablaridan iborat. Ikkinchidan, bu talablar matematikaning hayotiy vaziyatlarda qo’llash imkoniyatlarini to’liq ochib bermaydi. Shulardan kelib chiqib, “kognitiv kompetentsiyalar”ni “matematik savodxonlik kompetentsiyalari” deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu bilan matematika faniga doir eng muhim kompetentsiyalar doirasini kengaytirgan bo’lamiz.
SHunday qilib, matematikadan davlat tahlim standarlari talablari fan bo’yicha o’zlashtirilishi lozim bo’lgan minimal bilim, ko’nikma va matematik savodxonlik kompetentsiyalaridan iborat bo’lishi taklif qilinadi. Shu bilan birga, fan bo’yicha bilim va ko’nikmalar ko’lami amaldagisidan ancha ixchamlashtirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi talablar darajasi juda yuqori qilib belgilangan bo’lib, tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, ularni barcha o’quvchilarning o’zlashtirish imkoniyatlari juda past. Yangi standartga kirtiladigan matematika fanidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarga doir minimal talablar, quyida keltiriladigan matematik savodxonlik kompetentsiyalari mazmunidan kelib chiqib, ularning shakllantirilishini tahmilaydigan qilib belgilanishi lozim bo’ladi.
“Matematik savodxonlik kompetentsiyalari” talqiniga yahni matematikadan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda qo’llash imkoniyatlariga kelsak, uni butun dunyoda tan olingan, XXI asr ko’nikmalari asosida PISA – o’quvchilar yutuqlarini xalqaro baholash tadqiqotlarida qabul qilingan tushuncha asosida belgilash taklif qilinadi.
O’quvchilarning fanlar bo’yicha minimal tayyorgarlik darajasi – bu fandan egallashi lozim bo’lgan minimal bilim va ko’nikmalar hamda matematik savodxonlik kompetentsiyalari bilan aniqlanadi. Tayyorgarlik darajasining bu uch jihati o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, o’zlashtirilishi talab qilinayotgan bilim va ko’nikmalar oxiroqibat savodxonlik kompetentsiyalarining shakllanishiga zamin yaratishi, xizmat qilishi hamda ularga erishishni tahminlashi lozim. Matematika fanidan egallash lozim bo’lgan minimal bilim va ko’nikmalar matematikaning quyidagi: “Sonlar, amallar va o’lchashlar”, “Algebra (o’zgarish va bog’lanishlar)”, “Geometriya (fazo va shakl)”, “Mahlumotlar bilan ishlash va aniqmasliklar” bo’limlari bo’yicha alohida-alohida keltiriladi.
Matematik savodxonlik — bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlarda matematik mulohaza yuritib, muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo’llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini tushuntirishda foydalana olish qobiliyatidir. U tabiat va jamiyatda duch kelinadigan hodisalarni matematik belgi va timsollar yordamida, yahni matematika tilida ifodalash, hodisalarni tushuntirish va oldindan aytib berishda matematik mulohaza yuritish, matematikaga oid bilim, tushuncha, algoritm, fakt va uskunalardan foydalanishni o’z ichiga oladi. Matematik savodxonlik har bir kishiga matematikaning olamni tushunishda tutgan o’rnini va ahamiyatini anglashga, faol, mulohazali va ishning ko’zini biladigan (konstruktiv) fuqaro uchun zarur bo’lgan asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish qobiliyatlarini o’zida shakllantirishga yordam beradi.
Matematik savodxonlikni shartli ravishda “Matematik masala qo’yish (matematik modellashtirish)”, “Matematikani qo’llash”, “Munosabatlarni o’rnatish”, “Matematik talqin qilish”, “Muloqot qilish” kabi kompetentsiya elementlariga ajratib qarash lozim bo’ladi.
Matematika fanidan tegishli bilim, amaliy ko’nikmalar va matematik savodxonlik asosiga quriladigan yangi davlat tahlim standarti – fanning yangi o’quv dasturi va yangi avlod darsliklarini yaratishga hamda matematikani o’qitishning zamonaviy metodologiyasini ishlab chiqishga munosib asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |