Bahs-munozara. Taqdimot asosida tinglovchilar o‘rtasida bahs-munozara tashkil qilinadi.
Baholash. Tinglovchilarning taqdimoti ishlab chiqilgan mezonlar asosida baholanadi.
Ijodiy loyiha topshiriqlari tinglovchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi va rivojlantiradi:
ilmiy-tadqiqotchilik kompetensiyasi: ma’lumotlarni izlash, uni baholash, tahlil qilish, taqqoslash, hodisalarni o‘zaro bog‘lab tekshirish, fikriy tadqiqot qilish;
kasbiy kompetensiya: pedagogik faoliyati davomida o‘quv jarayonida innovatsion texnologiyalarni samarali qo‘llash metodikasiga ega bo‘lish;
kommunikativ kompetensiya: o‘z fikrini aytish, taqdimot qilish, isbotlash, o‘zgalar fikrini tinglash, tahlil qilish, munosabat bildirish;
ijtimoiy kompetensiya: jamoada ishlash, birgalikdagi faoliyatni tashkil etish, kichik guruhlarda ishlash.
Xulosa shuki, agar о‘qituvchida shaxs sifatida yangiliklarni yaratishga ichki moslashuv va fikrlash usullari shakllangan bо‘lsa, u barcha о‘zgarishlarga о‘z munosabatini oson bildiradi, ularni tо‘g‘ri baholaydi, boshqaradi va о‘z kasbiy sohasida ularni amalga oshiradi. Bu borada olib borilgan tadqiqot natijalariga kо‘ra, yuqoridagi kabi vazifalarni amalga oshirish malaka oshirish tizimida pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga tayyorlash bilan belgilanadi. Ta’lim muassasasi о‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion faoliyatga ularni motivlashtirish (undash) vositalari sifatida xizmat qiladi. Bunda о‘qituvchining pedagogik imkoniyatlarini tо‘liq qamrab olgan, kasbiy salohiyatini namoyon eta oladigan, psixologik va individual imkoniyatlari hisobga olingan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilish va о‘tkazish о‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra, tinglovchilarning malaka oshirish jarayonida egallagan nazariy ma’lumotlari asosida ularning amaliy tayyorgarlikka ega bо‘lishlariga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Artikboyeva Z.A. Malaka oshirish tizimida maktab matematika о‘qituvchilarining kasbiy-metodik kо‘nikmalarini takomillashtirish: Ped. fan. nom. ... diss. –T, 2004. –163 b.
Shodiyeva M.J. Boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining о‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish: ped. fan. bo‘yicha fals. dok. (PhD) …diss. – Т.: 2019. – 162 b.
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash / U.N.Tashkenbayevning umumiy tahriri ostida. –T.: Sarq, 2019. –91 b.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-sayti: www.tdi.uz.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi veb-sayti: www.markaz.tdi.uz.
Do'stlaringiz bilan baham: |